Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Anqara jangi. Temur va Boyazid Yildirim o`rtasida hal qiluvchi jang 1402 
yil 20 iyulda Anqara yaqinida Chubuq mavzeida bo`ldi. 3 kun davom etgan bu 
jang tarixda «Anqara jangi» deb ataladi. Bu jangda har ikki tomondan jami 360 
ming nafar askar: Temurning 200 ming askari, Boyazidning 160 ming askari 
qatnashdi. Temur qo`shinning markaziy qismiga qo`mondonlik qiladi; turk 
qo`shini tor-mor etilib, Boyazid va o`g’li Muso Chalabiy asirga olinadi. Temur 


117 
rumlik askarlarni ta’qib etib Bursa va Izmir shahrini zabt etadi va salibchilarning 
Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgohiga barham beradi. Misr Temurga o`z 
itoatkorligini izhor etadi. Vizantiya va xristian olamidan Boyazidga beriladigan 
bojlar endi Temurga to`lanadi.
Boyazid ustidan qozongan g’alaba bilan Fransiya qiroli Karl VI (1380-
1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399-1413), Kastiliya va Leon qiroli Genrix III 
(1390-1407) Temurni tabriklab, muboraknomalarini yuboradi. Chunki Temur 
endigina uyg’onayotgan Evropaga xavf solib turgan Turklarga zarba berib 
Evropaning xaloskoriga aylangan edi. Amir Temur 1404 yil 27 noyabrda Xitoy 
yurishiga 200 ming qo`shin bilan chiqdi. Amir Temurning vafoti tufayli (1405, 18 
fevral) yurish amalga oshmadi.
Amir Temurning tarixda tutgan o`rni. Amir Temur 35 yil mamlakatni 
boshqardi. Uning saltanati Hindiston va Xitoydan Qora dengizgacha, Orol 
dengizidan Fors qo`ltig’iga qadar hududlarni qamrab olgan edi. Temur yana Kichik 
Osiyo, Suriya, Misr va Quyi Volga, Don bo`ylari, Balxash ko`li va Elisuv daryosi, 
Shimoliy Hindistongacha bo`lgan mamlakatlarni ham bo`ysundirdi.
Amir Temur Movarounnahr va Turkistondan tashqari Bag’dod, Darband, 
Baylakon shaharlarini ham obod qilib, qayta qurdirdi. Eng muhimi Eron, 
Ozarbayjon va Iroqdagi tarqoqlikka barham berib, Sharq bilan G’arbni bog’lovchi 
qadimiy karvon yo`llarini tikladi.
Amir Temur Evropaning Fransiya, Angliya va Kastiliya kabi yirik 
qirolliklari bilan savdo va diplomatik aloqalar o`rnatdi. Temur tarixiy manbalarda 
«Sohibqiron» nomi bilan bir qatorda «Sohibi jahon» hamda «Sohibi adl» (adolat 
sohibi) kabi nomlar bilan ulug’lanadi. YUNESKO tashabbusi bilan 1996 yil “Amir 
Temur yili” deb e’lon qilindi. 
Tayanch so`zlar:
Amir Tarag’ay, Takina xotun, Turmush Og’o, Uljoy 
Turkon Og’o, Amir Husayn, Ilyosxo`ja, To`xtamish, Boyazid Yildirim, Muso 
CHalabiy, Fransiya, Angliya, Kastiliya, dorug’a,
qoraqo`yunlilar, muzaffariylar, 
jaloyiriylar.


118 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling