Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Amir Temurning siyosiy kurashga kirishi


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Amir Temurning siyosiy kurashga kirishi. Movarounnahrda XIV asr 50-
yillari oxirida amirlarning o`zaro kurashi kuchayib, siyosiy parokandalik avjiga 
chiqadi. Movarounnahrdagi og’ir siyosiy vaziyatdan foydalanib Mo`g’uliston 
xonlari o`z hokimiyatini o`rnatishga harakat qiladi. Mo`g’iliston xoni Tug’luq 
Temur 1360-1361 yy. ikki marta Movarounnahrga bostirib kiradi. Movarounnahr 
beklari birlasha olmay xalqni tashlab ketadi. Temurning amakisi Kesh viloyati 
hukmdori Amir Hoji Barlos Xurosonga qochadi.
Temur 24 yoshda bo`lib, boshqacha yo`l tutadi, u Tug’luq Temur huzuriga 
boradi va Tug’luq Temur yorlig’i bilan Kesh viloyatining dorug’asi (hokimi) etib 
tayinlanadi. Temur siyosiy kurash maydoniga kirib keldi. U keyinchalik bu 
harakatini mo`g’ullardan aholini himoya qilishda 100 ming kishilik qo`shindan 
kuchli reja edi deb, izohlaydi.
Dorug’a – mo`g’ulcha “nazoratchi”, “shahar boshlig’i” degani. Mahalliy 
hokimlar huzuridagi Ulug’ qoon vakili, noibi. Dorug’a zimmasiga: aholini 
ro`yxatga olish, mahalliy xalqdan qo`shin to`plash, pochta aloqalarini yo`lga 
qo`yish, soliqlar yig’ish, soliq-to`lovlarni Ulug’ qoon saroyiga etkazish vazifasi 
yuklatilgan. 
Tug’luq Temur Movarounnahrga hukmdor qilib qoldirgan o`g’li Ilyosxo`ja 
bilan Temurning murosasi to`g’ri kelmaydi. Shundan so`ng Temur Balx hokimi 
Amir Xusayn bilan ittifoq tuzib, mo`g’ullarga qarshi kurash olib boradi. Temur va 
Husayn 1363 yil Amudaryoning chap sohilida Qunduz shahri yonida mo`g’ullar 
ustidan g’alaba qozonadilar. Ular 1364 yil oxirida mo`g’ullarni Mavoraunnaxrdan 
quvib chiqardi.
Movarunnahrni qo`ldan chiqarishni istamagan Ilyosxo`ja 1365 yil bahorida 
yana hujum qiladi. Jang 1365 y. 22 mayda Toshkent va Chinoz o`rtasidagi 
Chirchiq daryosi bo`yida bo`ladi, u tarixda «Loy jangi « nomi bilan mashhur. 
Temur jangda dushmanning o`ng qanotiga zarba bersada chekinishga majbur 
bo`ladi, chunki Husayn dushmanning so`l qanotiga hujum qilmay, jangni tark 
etadi. Ilyosxo`ja bu g’alabadan so`ng hech qarshilikka uchramay Xo`jand va Jizzax 


113 
shaharlarini egallaydi; keyin Samarqandga yuradi. Ilyosxo`jaga qarshi 
Samarqanddagi xalq harakati Sarbadorlar harakati deb nomlanadi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling