Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Madaniy hayot jonlanib shaharsozlik bilan bog’liq bo`lgan binokorlik va 
me’morchilik yo`lga qo`yildi: koshinpazlik, ganchkorlik, parchinsozlik, me’moriy 
g’isht o`ymakorligi, me’moriy xattatlik asriy an’ana va tajribalar asosida tiklanib, 
birmuncha taraqqiy qiladi. Buxoroda Boxarziy va Bayonqulixon maqbaralari, 
Samarqandda Qusam ibn Abbos maqbarasining ziyoratxonasi, Ko`hna Urganchda 
62 metrli minora, Najmiddin Kubro va To`rabekxonim maqbaralari bunyod 
etilgan. Buxoroda XIII asr o`rtalarida Ma’sudiya va Xoniya madrasalari bino 
qilinadi, har birida mintagacha talaba tahsil olgan.
She’riyatning buyuk siymolari Jaloliddin Rumiy, Sa’diy Sheroziy, Amir 
Xusrav Dehlaviy XIII asr ikkinchi yarmi va XIV asr boshida ijod qilgan. Tasavvuf 
shoiri Jaloliddin Rumiy (1207-1273) 36 ming baytdan iborat «Masnaviy 
ma’naviy» asarida tasavvuf falsafasining asoslarini talqin etadi. Sa’diy Sheroziy 
(1219-1293) «Guliston» va «Bo`ston» asarlari muallifi, u asarlarida ona erga 
muhabbat va insonparvarlik g’oyalarini bayon etadi. Shoir va musiqashunos Amir 
Xusrav Dehlaviy (1253-1325) Nizomiydan so`ng «Xamsa» yozgan hamda 
«Zafarlar kaliti», «Falakning 9 gumbazi» asarlarini yozgan.
Tarixnavislik ham XIII asr ikkinchi yarmida taraqqiy qilib Juzjoniy 
«Tabaqoti Nosiriy» (Nosir turkumlari), Juvayniy «Tarixi Jahonkushoy» (Jaxon 
fotixi tarixi), Rashiduddin Fazlulloh «Jome at-tavorix» (Tarixlar to`plami) asarini 
yozgan. Bu davrda turkiy tildagi adabiyot ham rivoj topib, keyinchalik Chig’otay 
tili va Chig’atoy adabiyoti nomini oladi. (Mahmud Qoshg’ariy «Dunyo xaritasini 
yaratgan edi). 


111 
Tayanch so`zlarlar: Qoraqurum, Chig’otoy Ulusi,
Elsuvi (Ili), Oltin O`rda, 
Hulokiylar,
Tug’luq Temur, Munke, Kebekxon, Mahmud Yalovich, Mas’udbek, 
Maxmud Torobiy,
kalon, qopchur, shulen.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling