Progress volume 3 ǀ issue 4
Download 16.53 Kb.
|
dars-ta-limni-tashkil-etishning-asosiy-shakli
- Bu sahifa navigatsiya:
- DARS - TA`LIMNI TASHKIL ETISHNING ASOSIY SHAKLI
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 DARS - TA`LIMNI TASHKIL ETISHNING ASOSIY SHAKLIDurdona Anvar qizi Amirova Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi ANNOTATSIYAUshbu maqolada sinf-dars tizimining xususiyatlari aks etadi, o`quvchilarni ommaviy qamrab olish, tashkiliy tartib va o`quv ishlarining muntazamligi haqida ma`lumot beriladi. Tayanch so`zlar. Dars, darsning shakllari ,didaktik talablar , sinf-dars tizimi. Dars- bevosita o`qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o`quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta`lim jarayonining asosiy shakli hisoblanadi. Darsda har bir o`quvchi xususiyatlarini hisobga olish , barcha o`quvchilarning mashg`ulot jarayonida o`rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari ularning idrok etish qobiliyatlari va ma`naviy- axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratib beriladi. Sinf-dars tizimiga garchi 350 yil avval asos solingan bo`lsa-da, bugungi kunda ham keng ko`lamda foydlanilmoqda . Uning asosiy mazmuni o`quv ishlarini tashkil etishning o`ziga xos shakli sifatida quyidagilarni o`z ichiga oladi: - bir xil yoshdagi va taxminan bir xildagi tayyorgarlik darajasiga ega bo`lgan ta`lim oluvchilar ,ya`ni o`quvchilar sinfni tashkil etadi. -sinf faoliyati yagona yillik reja va dastur asosida doimiy dars jadvali bo`yicha tashkil etiladi, buning natijasida bolalar maktabga yilning bir vaqti va oldindan belgilangan kun soatlarida kelishlari kerak bo`ladi. -mashg`ulotlarning asosiy birligi dars hisoblanadi. -dars odatda bir fan yoki mavzuga bag`ishlangan bo`ladi, shu bois , ta`lim oluvchilar sinfda bitta material ustida ishlaydilar. -darsda ta`lim oluvchilarning ishiga ta`lim beruvchi rahbarlik qiladi , u o`z fani bo`yicha o`qish natijalarini , har bir ta`lim oluvchining alohida bilimini baholaydi . O`quv yili oxirida pedagogik jamoa , ya`ni ta`lim beruvchilar xulosalari bo`yicha ta`lim oluvchini keyingi sinfga o`tishi haqida qaror qabul qilinadi. Alohida o`quv fanlarini o`qitish metodikasi va didakrikasiga oid asarlarda ta`limning sinf-dars tizimining afzalliklari va kamchiliklari ko`rsatib beriladi. Ular quyidagilar: Afzalliklari: Download 16.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling