«Психология» маъруза матни
Download 460.5 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Grafologiya – (
- Xarakter aktsentuattsiyasi
Xarakter murakkabligi - bu turli-tuman qiziqishlarni ong va faoliyatga faol ta’sir ko`rsatishdir.
Orginallik – individual o`ziga xoslik bo`lib, u juda kam hollarda uchraydi. Xarakterning dinamik holati xarakterni mavhum o`zgaruvchanligi bu tashqi va ichki sabablar hamda o`z-o`ziga bo`lgan munosabatni o`zgarganligida namoyon bo`ladi. Hayotiy voqealarga bog`liq holda xarakter insonlarni ongida va faoliyatida tashqi ko`rinishda namoyon bo`ladi. Xarakter butun kuchi bilan inson foliyatining xulq-atvorida ifodalanadi. Xulq-atvor deganda ahloqiy va yuridik bahoga ega bo`lgan xatti-harakat tushuniladi. Xarakter mimika, pontamimika, qo`l harakatlarida ham namoyon bo`lib, masalan, yuzdagi ajinlar yosh bilangina emas, balki jahli chiqqanda kulganda ham paydo bo`ladi. Xatto insonning kiyimi, uning rangi, kiyimlarning ayrim qismlari uning xarakteri haqida nimalardir deyishi mumkin. Insonning tashqi belgilaridan xarakterini aniqlash – grafologiya, xiromantiya kabi yo`nalishlarda harakat qilindi. Grafologiya – (yunoncha grapho – yozaman, logos – ta’limot) yozuv shakli haqidagi ta’limot, u orqali psixik holatni aniqlash mumkin deb hisoblaydi. Xiromantiya – (yunoncha chel - qo`l, manlcia – fol ochmoq) qo`lning chiziqlari, qadoqlari orqali inson xarakterini aniqlash, taqdir haqda fol ochish. 4. Xarakter aktsentuattsiyasi (urg`u berish) – bu xarakter sifatlarini birortasini kuchaytirish, urg`u berish bo`lib, buning natijasida ma’lum psixogenlik nozik tanlovganlikni namoyon qiladi va shu vaqtning o`zida xarakter sifatlari barqaror bo`lib qolaveradi. Xarakterning u yoki oz xususiyati mikdori irodaliligi oxirgi marraga etib va normaning eng oxirgi chegarasiga borib qolganda xarakterning aktsentuatsiyasi (ortiqcha urg`u berilishi) deb atalmish vaziyati tug`iladi. Xarakterga ortiqcha urg`u berilishi ayrim xarakter xususiyatlarining kuchayishi natijasi sifatida normaning oxirgi variantlaridir. Bunda individda boshqalarga nisbatan barqarorlik bo`lgani holda bir xil strosogen (qattiq hayajonlanuvchi) omillarga zaiflik ortishi kuzatiladi. Xarakterning aktsentuatsiyasi o`ta noqulay vaziyatlarda potologik buzilishlarga va shaxs xulq - atvorining o`zgarishlariga, psixopotiyaga olib borilishi mumkin. Xarakterga urg`u berishning quyidagi eng muhim turlari ajralib ko`rsatiladi. 1. Xarakterning introvert tipi: odamovilik, atrofdagilar bilan aloqa o`rnatishda qiynalish, o`zi bilan o`zi bo`lib qolish xos. 2. Xarakterning ekstrovert tipi: his-hayajonga tamomila berilganlik ko`p gapirish, qiziqishlarning doimiy emasligi, maqtonchoqlik, yuzakichilik xos. 3. Boshqarib bo`lmaydigan tip: g`ayritabiiylik, munozaralik, shubhalanib qarashlar xosdir. 4. Negativizm tip: qo`rqoqlik, odamovilik, tortinchoqlik xosdir. 5. Namoyishkorona tip: xudbinlik, o`ziga nisbatan doimiy e’tibor, hamdardlik bildirish xosdir. 6. Gipertim tur – ushbu turdagi o`smirlar harakatchan, sho`x bo`ladilar, ular bor joyda jovqur-suron bo`ladilar. Ushbu turdagi bolalar o`z qobiliyatlariga ortiqcha baho beradilar. O`zlarini ko`rsatishga intiladilar. 7. Psixoastenik tur – ushbu yoshlarga ilk intelektual rivojlanish, o`ylovchanlik, o`z-o`zini tahlil qilish, boshqa odamlarga, ularning xatti-harakatlariga baho berish xosdir. Ular ishdan ko`ra so`zda o`tkirlar. Ulardagi o`z-o`ziga bo`lgan ishonch qobiliyatsizlik bilan, asosiz fikrlar tezkorlik harakatlar bilan namoyon bo`ladi. 8. Beqaror tur – ko`pincha ular irodasiz oqim bilan yuruvchi deb xarakterlaydilar. Bunday o`smirlar o`yin – kulgiga, bayramlarga ishtiyoqmandirlar. Ularda jiddiy kasbiy qiziqishlar mavjud emas. Masalan: o`smir xarakteridagi aktsentuatsiyaning asosiy xususiyatlari o`zini yomon his qilishi jizzakilik, ortiqcha charchash, gumonsirash. Tarbiyaviy ish to`g`ri yo`lga qo`yilganda xarakter aktsentuatsiyasining ko`rinishiga chek qo`yish mumkin. Pedogoglar va ota onalar stressogen vaziyatlar bolaning xarakteridagi zaif joylariga og`ir botmasligi uchun harakat qiladilar. Kishiga xarakter tabiatdan berilmagan. O`zgartirib va qaytadan tiklantirib bo`lmaydigan xarakter bo`lmaydi. Har qanday kishi ham o`z xarakterini ko`rinishlari uchun javobgardir, har bir kishi o`zini - o`zi tarbiyalash bilan shug`ullanish imkoniga egadir. Xarakterning shakllanishi ma’lum ijtimoiy muhitda yuz beradi. Xarakter jamiyatdagi tarbiyaning aks etishidir. Avvalom bor bola xarakteri oila, ota-onaga bog`liqdir. Maktabdagi ta’lim-tarbiya etakchi ahamiyatga egadir. Xarakterda o`z-o`zini tarbiyalsh ham muhimdir. Xarakterni tarbiyalash yo`llari bu odat va taqlidni shakllantirishdir. Download 460.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling