Psixalogiya fannidan javoblar


-savol.Boshqaruv psixologiyasi haqida tushuncha


Download 1.35 Mb.
bet27/70
Sana08.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#242254
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   70
Bog'liq
PSIXOLOGIYA YAKUNIY JAVOBLAR

2-savol.Boshqaruv psixologiyasi haqida tushuncha.

Boshqaruv psixologiyasi - asli “Insoniy munosabatlar” oynasi ekanligi. Bu boradagi Garb va Sharq nuktai nazaridagi yondashuvlar. Boshqaruv psixologiyasining asosiy tamoyillari. Hozirgi davrda boshqaruvning psixologik talqini, moxiyati va maqsadi. Boshqaruv psixologiyasining asosiy tamoyillari: boshqaruvning rejaliligi, ommaning boshqaruvdagi ishtiroki, psixodiagnostik tizim, ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish. Ilmiy boshqaruv maktabi yoki mehnatni ilmiy tashqil etish maktabi. Ma’muriy bosh-karuv maktabi. Insoniy munosabatlar maktabi. Mikdoriy yondashuv. Boshqaruvga jarayon sifatida yondashish. Tizimli va vaziyatli yondashuvlar. Inson kapitali nazariyasi. Inson resurslarini rivojlantirish konsepsiyasi. Boshqaruv vazifasining tuzilishi. Boshqaruv vazifalarining turkumlari. Boshqaruvda ob’ekt bilan sub’ekt munosabatlari. Boshqaruv psixologiyasidagi asosiy tamoyillar: mehnatga nisbatan ehtiyoj, mas’uliyat va javobgarlik, tartib-intizom, boshqaruvda yakkaboshlilik, shaxs va tashqilot manfaatlarining o‘zaro uyg‘unligi, xamkorlilik,qarorlar qabul qilishda va munosabat bildirishda adolatlilik.Boshqaruv psixologiyasidagi asosiy tamoyillar. Xujjatlarni tahlil qilish metodi.Biografik metod. Rahbarning ish sharoitini bayon etish metodi. Kuzatish metodi.Kayd qilish metodi. Vokelik va xodisani okilona hal etish metodi. Turli vositalar:fotoapparat, videokamera, magnitofon va boshqalar. Muhandis bilan individual suxbat metodi. Intervyu: standart, nostandart. Muhandis xisoboti metodi: monologik va dialogik. Anketa metodi.Boshqaruv ilmining nazariy tarixiy asoslari. Teylor, Jilbert nazariyalarining tahlili. Linda Joulning superliderlik to‘g‘risidagi nazariyasi. Ma’muriy boshqaruv maktabi. Insoniy munosabatlar maktabi. Xarizmatik, vaziyatga bog‘liqlik va sintetik nazariyalar. Psixologiyada rahbar shaxsi va boshqaruv muammolarining kuyilishi.Boshqaruv faoliyatiga ob’ektiv yondashuv. Xorij mamlakatlari va Rossiyada



3-savol.Didaktika nima?

Didaktika (yun. didaktikos — oʻrga-tuvchi, taʼlim beruvchi) — pedagogikaning tarmogʻi. Taʼlim nazariyasi bilan shugʻullanadi. "D." atamasi ilk bor Yevropada 17-asrda oʻqitish va taʼlim jarayoni haqida asarlar yaratgan olimlar tomonidan qoʻllanila boshlagan. Chex pedagogi Ya. A. Komenskiy oʻzining "Buyuk didaktika" asari (1657)da bolalar va oʻsmirlarni maʼlumotli qilish va ularga taʼlim berishning didaktik jihatlarini ishlab chikdi. Nemis pedagogi A. Disterveg oʻzining "Nemis oʻqituvchilarini maʼlumotli qilishga rahbarlik" (1834—35) asarida D.ning ped.da taʼlim nazariyasini bayon etuvchi alohida qism ekanligini taʼkidlagan. Shundan keyin D.ga taʼlim nazariyasi haqidagi fan sifatida qarash keng yoyildi. 19-asrning oxiri va 20-asrning boshlarida D.ga oid maxsus monografiyalar paydo boʻla boshladi.

Hoz. zamon ped.sida D.ga taʼlim va maʼrifat berish nazariyasi bilan shugʻullanadigan alohida soha sifatida qaraladi. Taʼlim mazmunini aniklash, taʼlim jarayoni qonuniyatlarini ochish hamda oʻqitishning eng samarador usul va yoʻllarini topish D.ning asosiy muammolaridir. D.ning mohiyatini belgilash, yoʻnalishini aniqlashda falsafiy-nazariy asosning oʻrni katta. Uzoq vaqt mobaynida marksizm-leninizm D.ning taraqqiyot yoʻnalishini belgilab beruvchi metodologik asos deb qarab kelindi. Lekin mazkur taʼlimotning ilmiy asoslari puch, jamiyat va tabiat taraqqiyoti qonuniyatlarini toʻgʻri hamda xolis koʻrsatish imkoniyatidan mahrum boʻlgan tarafkash (tendensioz) qarash ekanligi maʼlum boʻlgach, unga tayanish mumkin boʻlmay qoldi. Keyingi vaqtda, kalom falsafasiga milliy D.ning metodologik asosi sifatida qaralmoqda. Chunki olamning yaralish, rivojlanish qonuniyatlari, insonning bilish imkoniyatlari, maʼrifatning shaxs kamolotidagi, oʻzini anglash borasidagi oʻrni singari jihatlar ana shu falsafiy asosga tayanilgandagina tushunarli tarzda izohlanishi mumkinligi anglab yetildi. Kalom falsafasi taʼlim olamni bilishning vositasi ekanligini, bilish jarayonining cheki yoʻq, ammo inson bilishi mumkin boʻlgan bilimlar cheklanganligini koʻrsatishi bilan diqqatga sazovordir.

4-savol.Yan Omons Kamenskiyning "Buyuk didaktika,, asaring mohiyati .

Yan Amos Komenskiy (1592.28.3, Jan. Moraviya, Nivnitse — 1670.15.11, Amsterdam) — chex gumanist-pedagogi, zamonaviy oʻqitish jarayoni asoschisi. Faoliyati nemis dvoryanlari va katolik cherkovi zulmiga qarshi qaratilgan "Chex qardoshlari" diniy uyushmasiga mansub oilada tugʻilgan. Mazkur uyushma aʼzosi sifatida taʼqibga uchrab, togʻ va oʻrmonlarda yashirinib yurishga majbur boʻlgan. Dastlabki maʼlumotni qardoshlik maktabida olgan. 1608—10 yillarda lotin maktabida, keyinchalik Xerborn akademiyasi va Geydelberg universitetida oʻqigan. Katolik cherkov taʼqibi natijasida Polshaning Leshko shahriga kelgan va u yerda gimnaziya tashkil etgan. 1631 yil "Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi", 1632 yil "Buyuk didaktika", "Onalar maktabi" daryolik va qoʻllanmalarini yaratgan. K.ning "hamma narsani bilish, hammaga bilim berish" shiori ostida yozilgan asarlari ilgʻor fikrli inglizlarda zoʻr qiziqish uygʻotgan. U lotin tili daryoligi va til oʻqitish metodikasi boʻyicha qoʻllanma yaratgan. 1650 yil Vengriyaga keldi va ped. nazariyasi taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega boʻlgan "Pansofiya maktabi" (1651), "Yaxshi tashkil etilgan maktab qonunlari" (1653) kitoblarini, oʻquv jarayonida rasmlardan foydalanishning samarali natijalari aks etgan "Hislar vositasida idrok qilinadigan narsalar tasviri" (1658) asarini yozdi.

K. har bir bola taʼlim olishi lozimligini uqtiradi, umumtaʼlim deganda xotin qizlarning ham tahsil olishini koʻzdatutadi. K. fikricha, tarbiyaning maqsadi kishini mangulik dunyosiga tayyorlashdan iborat boʻlib, uni aqliy, axloqiy va diniy tarbiya bilan amalga oshirish mumkin. U bolaga samarali pedagogik taʼsir koʻrsatish uchun yosh xususiyatini hisobga olish lozimligini taʼkidlaydi. K. bolalarning oʻqish yoshini ona maktabi (tugʻilgandan 6 yoshgacha), xalq, maktabi (6—12 yosh), gimnaziya (12—18 yosh), akademiya (18—24 yosh) kabi bosqichlarga boʻladi. K. ped.si mohiyati oʻqitishni bola yoshi, bilim darajasi, ruhiy holatiga uygʻun holda tashkil etishdan iborat. Uning bu karashlari "Buyuk didaktika" asarida oʻz ifodasini topgan boʻlib, unda koʻrsatmalilik, onglilik, izchillik kabi didaktik tamoyillar ahamiyati nazariy jihatdan asoslab berilgan.

K. jahon taʼlimi tarixida birinchi boʻlib taʼlimning sinf-dars tizimini ishlab chikdi, taʼlim beriladigan vaqtning davomiyligini, bilim oladigan oʻquvchilar sonini, yoshini belgiladi. Darsning rejalashtirish, maqsadga muvofiq olib borish, taʼlim beriladigan vaqtni oʻquv yili, choraqlar hamda oʻqish kunlariga ajratish yoʻllarini koʻrsatdi. Taʼtillar va ularning davomiyligi, kundalik va yillik oʻquv soatlari miqdorini belgilab berdi. Uning pedagogik karashlari hozirgi kunda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotgan emas.




Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling