Kurs ishining metodologik va nazariy asoslari. Kurs ishida mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimovning asarlarida, nutqlarida oilaning ma’naviy jihatdan tarbiyalovchi rolini oshirish, unig ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag’ishlangan fikrlari, tavsiyalari va xulosalari metodologik asos sifatida xizmat qiladi.
Bundan tashqari L.S.Vigotskiyning shaxs konkret ijtimoiy-madaniy sharoitlarda shakllanishini, tarixiy-madaniy vaziyatlarning rolini asoslovchi nazariyasi; A.N.Leontyevning bola rivojlanishining har bir bosqichida uning ruhiy hayotidagi o’zgarishlar o’rtasida ichki bog’lanishlar mavjudligi haqidagi konsepsiyasi xizmat qiladi. Bundan tashqari, psixologlari M.G.Davletshin, G’.B.Shoumarov, V.M.Karimova, R.I.Sunnatova, E.G’.G’oziyev, B.R.Qodirov, Sh.R.Baratov, Z.T.Nishonova va boshqalarning shaxs ijtimoiylashuvi va bunda oilaviy ijtimoiylashuvining o’rniga bag’ishlangan tatqiqotlarning konseptual xulosalari, shuningdek, bitiruv malakaviy ishida bola ongida “Men” tushunchasining ijtimoiy tasavvurlari konsepsiyasidagi nazariy qoidalariga bog’liq tomonlari ijtimoiy psixologik nuqtayi nazardan metodologik manba sifatida foydalanildi. Biz ishimizda professor V.M.Karimovaning “Dastlabki muloqot va mehrli munosabat – shaxs shakllanishining asosiy omili” degan konseptual fikridan tayanch metodologik asos sifatida foydalandik.
Muammoning o’rganilganlik darajasi. Hozirgi zamon psixologiyasida ilk bolalik va maktabgacha yoshdagi psixik taraqqiyot davri bola o’zligini anglash va “Men” konsepsiyasi shakllanishining muhim bosqichlaridan biri sifatida qaraladi. (B.G.Ananyev, L.S.Vigotskiy, M.I.Lisina, V.S.Muxina, K.Rojers, Z.Freyd, K.Xorni, E.Erekson va boshqalar). Biroq bola “Men” konsepsiyasining mazmun- mohiyati, uning ayrim unsurlari, ularning o’zaro nisbati va antogenizning turli bosqichlarida namoyon bo’lishining mohiyati shuningdek ularning shakllanishiga ta’sir ko’rsatuvchi oiladagi munosabatlari ota-ona bilan bola o’rtasidagi munosabatlarga ota va onaning o’zaro munosabatlariga bog’liq o’rganishni hozirgi zamon psixologiyasining muhim va dolzarb, nazariy va amaliy muammosi, deb hisoblaymiz.
Ishning maqsadi. Ilk bolalik va maktabgacha yoshdavridagi bolalarning o’zini-o’zi anglashi mazmuniga ta’sir ko’rsatuvchi oilaviy munosabatlarning o’zaro bog’liqligini va ota-ona farzandlar o‘rtasidagi shaxslararo munosabatlarni o’rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |