«psixodiagnostika» fanidan «mtm yoshidagi bola shaxsi va shaxslararo munosabatlarini o‘rganish» mavzusidagi kurs ishi bajaruvchi: ii-bosqich talabasi


Download 67.52 Kb.
bet5/14
Sana20.01.2023
Hajmi67.52 Kb.
#1103518
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
bola shaxsi

Ishning vazifalari. Maktabgacha yoshdavridagi bolalarda o’zini-o’zi anglashning psixologikxususiyatlari va “Men” konsepsiyasining shakllanganlik darajasini aniqlash. Maktabgacha yoshdagi bolalarda o’zini-o’zi anglashiga taalluqli bo’lgan asosiy psixologik komponentlarni aniqlash.
Ishning ilmiy farazi. Taxminimizcha, maktabgacha yoshdagi bola “Men” konsepsiyasining asosiy kongnitiv mazmunida uning muhim tarkibiy qismlari o’zlikni anglash bilan belgilanadigan komponenti yetakchi rol o’ynaydiki, bu jihat oiladagi ota-ona va farzandlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning xarakteridan kelib chiqishi ehtimol.
Ish obyekti. Kurs ishining obyekti bo’lib, to’liq yosh oilaning vakillari bo’lmish 15 nafar ona va 15 nafar ota hamda ularning 15 nafar maktabgacha yoshli farzandlari xizmat qildi,ishda jami 45 kishi qatnashdi.
Ishning predmeti. Maktabgacha yoshdagi bola “Men” konsepsiyasi turli jihatlarining rivojlanish darajasi va oiladagi munosabatlar xususiyatlarining o’zaro aloqasi hisoblanadi.
Ishning metodlari:

  1. Mavzuga oid ilmiy va uslubiy adabiyotlarni tahlil qilib chiqish.

  2. Bog’cha bolalarini turli faoliyat jarayonida kuzatish.

  3. Olingan ma’lumotlarni analiz va sintez qilish.

  4. Tabiiy eksperiment, suhbat metodlarini qo’llash va ularni miqdoriy va sifat tahlilini o’tkazish.

Ish natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Amaliy jihatdan olib qaralganda tadqiqot materiallaridan oliy o’quv yurtlarida, milliytarbiya, davlat mustaqilligini mustahkamlashda oilalarning roli va boshqa bir qator mavzulari bo’yicha mashg’ulotlar olib borishda foydalanish mumkin. Shuningdek, turli davlat va jamoatchilik tashkilotlari tadqiqotlari materiallaridan yoshlarni vatanparvarlik va millatparvarlik ruhida tarbiyalashga, ularda milliy g’urur, iftixor tuyg’ularini va mustaqil tafakkur tarzini shakllantirishda foydalanish mumkin.
Kurs ishimiz mazmuni uning rejasida ko’rsatilgan tuzilishga ega. U to’liq ikki bob, to’rt bo’limdan iborat bo’lib, unda kirish, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.



Download 67.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling