Psixodiagnostika


Psixodiagnostik metodlari klassifikasiyasining mezonlari va asoslari


Download 1.89 Mb.
bet49/151
Sana09.03.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1255803
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   151
Bog'liq
PSIXODIAGNOSTIKA

6.2. Psixodiagnostik metodlari klassifikasiyasining mezonlari va asoslari


Yuqorida tasvirlangan psixodiagnostik metodikalar guruhiga asoslanib, ularning yanada kengroq yoritilgan klassifikasiyasini umumiy kriteria (mezon)larini ajratish mumkin. Bu esa quyidagi mezonlarga bo’linadi:

Test vazifalarining qo’llanilish tiplariga qarab psixodiagnostik metodikalar:

  • so’rovnomali (sinaluvchilarga qaratilgan savollar);

  • ta’kidlovchi (sinaluvchiga berilgan hukm va xulosalardan o’z fikriga mosini tanlash bilan bog’liq bo’lgan);

  • mahsuldorli (sinaluvchining ijodiy mahsuldorligini biror-bir ko’rinishi: verbal, obrazli, materialli);

  • harakatli (sinaluvchining bir qancha harakatlarni bajarishi bilan bog’liq topshiriqlar);

  • fiziologik (psixodiagnostika kishining ixtiyorsiz fiziologik va fizik reaksiyalarga ta’siri asosida amalga oshadi) kabi tiplarning farqlanishi.;

Test materiallarining adresati asosida psixodiagnostik metodlar:

  • anglangan (kishi ongini tekshirib boradigan);

  • anglanmagan (kishining anglanmagan ta’sir reaksiyalari)ga bo’linadi.

Birinchi tipdagi metodikalarga so’rovnomalarni, ikkinchi tipdagisini esa, proyektiv metodlarni kiritish mumkin.
Sinaluvchi kishilarning test materiallarini tasavvur etish shakliga ko’ra:

  • blankali (test materiallarini ifodalanishi yozma yoki biror belgili shakllar bilan: rasm, chizma va hokazo);

  • texnik (audio, video, kino, proyektor va shu singari texnik anjomlardan foydalanish yo’li bilan);

  • sensor (sezish organlariga taalluqli fizik stimullar shaklida taqdim etiladigan materiallar) turlaridan tashkil topadi.


Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling