Psixodiagnostika


Tabiiy va laboratoriya (klinik) metodlar


Download 1.89 Mb.
bet87/151
Sana09.03.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1255803
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   151
Bog'liq
PSIXODIAGNOSTIKA

11.6. Tabiiy va laboratoriya (klinik) metodlar


Psixodiagnostik eksperiment – bu ijtimoiy hodisalarni o’rganish maqsadida tekshiruvchi bilan tekshiriluvi o’rtasida maqsadga yo’naltirilgan muloqotdir. Uning ikki xil shakli qo’llaniladi: tabiiy va laboratoriya eksperimenti.
Tabiiy metod psixologik-pedagogik masalalarni hal qilishda qo’llaniladi. Metodning ilmiy asosi 1910 yilda F.Lazurskiy tomonidan ishlab chiqilgan. Tabiiy sharoitda inson psixikasini o’rganishda sinaluvchilar esperimentdan bexabar bo’lishi, tadqiqot dasturi shart-sharoit bilan muvofiqlashtirilishi hamda kundalik hayot tarzidan chetga og’ishlar bo’lmasiligi lozimdir.
Laboratoriya (klinika) metodi ko’pincha individual (goho guruh va jamoa) shaklida sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asboblar, yo’l-yo’riqlar, tavsiyalar, ko’rsatma va ilovalardan foydalanib olib boriladi. Hozir inson psixikasidagi o’zgarishlarni aniqlaydigan asboblar, murakkab elektron hisoblash mashinalari (dispoleylar), qurilmalar, moslama va jihozlar mavjud. Ular odamdagi psixologik jarayonlar, holatlar, funksiyalar, vujudga kelayotgan yangi sifatlarni qayd qilish va o’lchashda qo’llannadi. Ko’pincha detektorlar, elektron va radio o’lchagichlar, sekundomer, refleksometr, xronorefleksometr, lyuksmetr, anomaloskop, tahistoskop, audiometr, esteziometr, elektromiogramma, elektroensefalogramma kabilardan foydalaniladi.
Laboratoriya metodi yordami bilan diqqatning sifatlari, sezgi, idrok, xotira va tafakkurning xususiyatlari, emosional hamda irodaviy va aqliy zo’riqish singari murakkab psixik holatlar tekshiriladi. Ko’pincha laboratoriya sharoitida kishilar (uchuvchi, shofyor, operator, elektronchilar) va kutilmagan tasodifiy vaziyatlar (halokat, portlash, izdan chiqish, shovqin ko’tarish)ning modellari yaratiladi. Asboblarning ko’rsatishi bo’yicha o’zgarishlar, rivojlanish dinamikasi, jismoniy va aqliy toliqish, hissiy-irodaviy, asabiy zo’riqish, jiddiylik, tanglik qanday sodir bo’layotganini ifodalovchi ma’lumotlar olinadi.
Laboratoriya eksperimenti odatda maxsus sharoitlarda, alohida xonalarda, zarur asbob-uskunalar yordamida o’tkaziladi. Xorijda birinchi marta laboratoriya sharoitida ijtimoiy-psixologik hodisalar va jarayonlarning namoyon bo’lishini aniqlashni G.Olport, V.Mede, Mayer, K.Levin va boshqalar o’rgangan bo’lsa, Rossiyada V.Bextirov faoliyat yuritgan.
Keyinchalik B.Ananyev, Ye.Kuzmin, V.Merlin, V.Myasishyev, L.Umanskiylar tomonidan bu metodning yangi qirralari ishlab chiqildi va psixodiagnostikada apparatura uslubi keng qo’llanila boshlandi. R.Eshbi tomonidan kashf qilinib, F.Gorbov tomonidan takomillashtirilgan gomeostat metodi, L.Umanskiy tomonidan yaratilgan guruh uchun integratorlar paydo bo’ladi.



Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling