Psixodiagnostika
Tarjimai hol (biografiya) metodi
Download 1.89 Mb.
|
PSIXODIAGNOSTIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12.6. Modellashtirish
12.5. Tarjimai hol (biografiya) metodi
Inson psixikasini tadqiq qilish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to’g’risidagi og’zaki va yozma ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega. Bu borada kishilarning tarjimai holi, kundaligi, xatlari, esdaliklari, o’zgalar ijodiga bergan baholari, tanbehlari, taqrizlari alohida o’rin egallaydi. Shu bilan birga o’zgalar tomonidan to’plangan iarjimai hol haqidagi materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, baholar, audio va videokassetalar, CD, DVD, MR3 disklar, multimedialar, hujjatli filmlar, taqrizlar o’rganilayotgan shaxsni to’laroq tasavvur etishga xizmat qiladi. Tarjimai hol ma’lumotlari inson psixikasidagi o’zgarishlarni kuzatishda, uning suhbat va tajriba metodlari bilan o’rganib bo’lmaydigan jihatlarini ochib berishda yordam beradi. Masalan, mazkur ma’lumotlar orqali ijodiy xayol bilan bog’liq jarayonlar: she’riyat, musiqa, nafosat, tasviriy san’at, texnik ijodiyotning nozik turlari va kashfiyotdagi tafakkurning o’ziga xosligini, shaxsning ma’naviyat, qadriyat, qobiliyat, iqtidor, iste’dod singari fazilatlarini o’rganish mumkin. Inson ongining xossasi, namoyon bo’lishi, rivojlanishi, o’ziga xos va ijtimoiy xususiyatlari atoqli shaxslar bildirgan mulohazalarida o’z ifodasini topadi. Allomalar to’g’risidagi ma’lumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining ta’rifu tavsiflari orqali avloddan avlodga o’tadi. Biografik ma’lumotlar odamlarning o’zini-o’zi tarbiyalashi, nazorat qilishi, idora etishi, o’zining uslubini yaratishi, kamolot cho’qqisiga erishishi jarayonida namuna vazifasini o’taydi. Badiiy adabiyotda yaratilgan talay asarlar, masalan, Sadriddin Ayniy, Oybek, Abdulla Qahhor, Lev Tolstoy, Maksim Gorkiy va boshqa qator adiblarning esdaliklari tarjimai hol shaklida bo’lib, ular bilan tanishish natijasida mualliflarning his-tuyg’usi, temperamenti, xarakteri, qobiliyati, iste’dodi, qiziqishi, intilishi, mayli, layoqati, dunyoqarashi e’tiqodi, nafosati, axloq va odobi to’g’risida ma’lumolar olish mumkin. 12.6. Modellashtirish Modellashtirish metodi kuzatish, so’roq, eksperiment yoki boshqa usullar yordamida o’rganilayotgan hodisaning tub mohiyati ochilmagan sharoitlarda qo’llaniladi. Bunda o’sha hodisaning umumiy xossasi yoki asosiy parametrlari modellashtirilib, o’sha model asosida tadqiqotchini qiziqtirgan jihat o’rganiladi va xulosalar chiqariladi. Modellashtirish: matematik texnik mantiqiy kibernetik tarzida bo’lishi mumkin. Matematik model asosida o’rganilgan hodisaga mashhur tadqiqotchilar Veber-Fexnerlarning sezgirlikning quyi va yuqori chegarasini aniqlashga qaratilgan matematik formulasi va shu asosda to’plangan ma’lumotlar tahlilini misol qilish mumkin. Mantiqiy modellar yordamida ko’pincha inson aqli va tafakkuri jarayonlari va qonunlarini hisoblash mashinalari ish prinsiplari bilan qiyoslash orqali tuzilgan g’oyalar va simvollar ishlatiladi. Kibernetik modellashtirishda esa g’oyalar psixologiyasini EHM dagi matematik programmalashtirish tamoyillariga moslashtirish nazarda tutiladi. Hozir ko’pgina murakkab shaxs xususiyatlari ham programmalashtirilgan bo’lib, ular algoritmlar asosda qisqa fursatda ko’pgina sifatlarni ko’plab parametrlar nuqtai nazaridan hisoblab natijalarni umumlashtirishga imkon bermoqda. Ko’pincha matematik o’yinlar g’oyasi odamlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar sohasini o’rganishda ham qo’llanilmoqda. Ma’lum bo’lishicha, odamning fikrlash operasiyalari bilan EHMlarning ishlash prinsiplari o’rtasida ma’lum uyg’unlik bor ekan, bu esa murakkab psixik jarayonlarni modellashtirish orqali inson aqlu-zakovati chegarasini yanada kengaytirish istiqbolini beradi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling