Psixodiagnostika


Download 1.89 Mb.
bet95/151
Sana09.03.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1255803
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   151
Bog'liq
PSIXODIAGNOSTIKA

Internet ssilka:
http://ncdo.levsha.ru/ncdo_recr.htm
http://science-education-books.webshops.ru/g10145
http://www.alfaconsultant.ru/collection/ref-order...
http://oz.by/books/more101335.html




XIII bob

PSIXOLOGIK TASHXIS”

JARAYONIDA

PSIXOLOGIK BILIMLAR ASOSI


Bobning qisqacha mazmuni


Psixik jarayonlar. Sezgi. Sezgining tarmoqlarga bo’linishi. Idrok. Xotira. Xotiraning turlarga bo’linishi. Tafakkur. Tafakkurning turlarga bo’linishi. Diqqat. Diqqatning turlari. Nutq. Nutqning bo’linish mexanizmi. Xayol. Iroda.
Psixik holatlar. His-tuyg’ular (emosiyalar), e’tiqod, qiziqishlar, bardamlik, tetiklik, apatiya, hayratlanish, ishonchlilik, ijodiy ruhlanish.
Psixik xususiyatlar. Shaxsning iqtidori, xulqi, temperamenti, xarakteri, qobiliyatlari, layoqati, yo’nalishlari, mas’uliyati yoki uning psixik xususiyatlari haqida.
Psixologik bilimlarning ahamiyati. Psixologik bilimlar ahamiyati yoki shaxsning o’z-o’zini anglash darajasi.
Inson va faoliyatning emosional irodaviy xarakteristikasi. Irodaviy sifatlar. Yolg’izlik ijtimoiy munosabatlardan yiroqlashgan odamning ruhiy hissiyotlarini ifodalovchi holat.
Shaxs xususiyatlarining diagnostikasi haqida va “individuallikning o’lchanganlik darajasi”. Psixik xususiyat. Obyektiv o’ziga xoslik. Shaxsni baholashdagi obyektiv ma’lumotlarning ahamiyati.


13.1. Psixik jarayonlar


Insonning sezgisi, idroki, xotirasi, tafakkuri, nutqi, xayoli, diqqati va irodasi psixik jarayonlar deb ataladi.


Sezgi

– odamning tegishli sezgi organlariga moddiy olamdagi narsa va hodisalar ta’sir ko’rsatgan paytida ulardagi ayrim xossalarning aks ettirilishidan iborat bo’lgan eng sodda psixik jarayondir.


Sezgi, asosan, eksteroseptorlar, interioseptorlar hamda proprioseptorlardan tashkil topadi. O’z navbatida ularning har bir tarmoqlanish xususiyatiga ega hisoblanadi.
Fanda, asosan, eng ko’p o’rganilgan tarmoq – bu ekstroseptorlar sanalib, ularga ko’rish, eshitish, hid bilish, ta’m-maza bilish hamda teri-tuyish sezgilari kiradi.





13.1.1-rasm. Sezgining tarmoqlarga bo’linishi


Idrok

– ayni choqda sezgi organlarga ta’sir etib turgan narsa va hodisalarning aks ettirilishidan iborat bo’lgan psixik jarayondir.




Tasavvur

– biz ilgari idrok qilgan narsa va hodisalar obrazini ayni choqda fikran qayta tiklashimizdir.


Tasavvurlar idrok bilan o’xshash bo’lib, idrok asosida maydonga keladi, ammo ular, odatda, idrokka qaraganda birmuncha xiraroq, rangsiz bo’ladi va unchalik to’liq bo’lmaydi.


Tafakkur

– fakt va hodisalarni mavhumlashtirgan, umumlashtirgan holda va vositali ravishda aks ettirishdan, ular o’rtasiga aloqa hamda munosabatlarni aniqlashdan iborat bo’lgan bilish jarayonidir.





13.1.3-rasm. Tafakkurning turlarga bo’linishi


Xotira

– o’tmish tajribalarimizda nimaiki hodisa yuz bergan bo’lsa, shuni esda olib qolish, esda saqlash va keyinchalik esga tushirish yoki tanishdir.


U quyidagi psixik jarayonlardan: esda olib qolish, o’zlashtirilgan materialni esda saqlash, tanish va esga tushirishdan iboratdir.





13.1.2-rasm. Xotiraning turlarga bo’linishi



Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling