Psixodiagnostika


Download 1.89 Mb.
bet101/151
Sana09.03.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1255803
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   151
Bog'liq
PSIXODIAGNOSTIKA

Internet ssilka:
http://www.my-shop.ru/shop/books/12594.html
http://www.psyho.ru/books/psyhoanalys/book1.htm
http://www.etel.dn.ua/~psychology/stat/NauchnRaz/BurlachukLF.htm
http://psychoanalyse.narod.ru/rorsch1.htm




XIV bob
JAMOADA VA GURUHDA SHAXS
XULQ-ATVORINING PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARINI O’RGANISH

Bobning qisqacha mazmuni


Shaxsning xulq-atvor nazariyasi. Shaxsning tabiiy xususiyatlari. Ekstraversiya. Introversiya.
Temperament va uning psixodiagnostikasi. Temperament. Temperament tiplari. Sangvinik, melanxolik, flegmatik, xolerik. Shaxs temperamenti grafik tasvirining chizmasi.
Shaxsning guruhlardagi xulq-atvori. Tashkilotlarda (guruhlarda) muayyan muammolarni hal qilish uchun tuziladigan guruhlarga taaluqli g’oyalar va qoidalar.
Shaxsning professional faoliyati va uning jamoadagi o’rni va statusi. Ijtimoiy mavqye yoki status. Ijtimoiy rol tushunchasi.
A.Shtangelning vizual psixodiagnostika metodining mohiyati. Vizual psixodiagnostika. Shaxs mavqyeini o’rganishning muhim usuli. Shaxsning reprezentativ tizimi. Ko’z harakatlarini kuzatish. Suhbatdoshning nutqini tahlil etish. Vizual reperezentativ tizimli kimsa. Kinestetik. Audial reprezentativ tizimga mansub kishi. Shaxsiy hisobotlar.
K.Yung psixologik tiplar haqida. Ekstravert. Introvert. Intuitiv tiplilar. Fikrlovchi tiplar.


14.1. Shaxsning xulq-atvor nazariyasi


Faylasuflar qadim zamonlardan buyon shaxs xulq-atvorining u yoki bu shakllari qonuniyatlarini aniqlashga, nima sababdan bir kishi bilan umumiy til topishi oson-u, boshqa kishi bilan umumiy til topishning hyech qanday iloji yo’qligini, ayrim kishining xulq-atvori mantig’i nima bilan belgilanishini aniqlashga urinib kelganlar.
Xulq-atvor shaxsning atrof-muhit bilan o’zaro ta’sirga kirishish shakllaridan iborat bo’lib, ular bir qator omillarga bog’liq bo’ladi. Shaxsni va uning xulq-atvorini tavsiflab beradigan asosiy omillarga quyidagilar kiradi:

  • shaxsning tabiiy xususiyatlari, uning o’ziga xos psixologik xususiyatlari;

  • ehtiyojlari, sabablari, qiziqishlari tizimi;

  • shaxsni boshqarish tizimi, uning “men-obrazi”.

Shaxsning tabiiy xususiyatlari – bular unda tug’ilgan vaqtidan boshlab mavjud bo’lgan narsalardir. Odatda, ular faollik va ta’sirchanlik singari dinamik tavsiflarning ma’lum darajada ifodalanishi bilan ajralib turadi. Shaxsning faolligi turli xil faoliyatlarga intilishida, o’zini namoyon qilishida, psixik jarayonlarning, harakat reaksiyasining kechish kuchi va tezligida ifodalanadi, ya’ni shaxsning faoliyatiga xos bo’lgan xususiyat sifatida namoyon bo’ladi. Faollikning eng oxirgi ifodasi, bir tomondan, katta kuch-g’ayrat sarflpsh, harakatdagi, faoliyatdagi, nutqdagi shiddatkorlik bo’lsa, ikkinchi tomondan, psixik faoliyat, nutq, imo-ishoraning zaifligi, passivligida aks etadi. Ta’sirchanlik shaxsning asabi qo’zg’aluvchanligining turli darajasida, uning atrofimizdagi olamga bo’lgan munosabatini ko’rsatib beruvchi his-tuyg’ularining shiddatkorligida namoyon bo’ladi. XX asr 20-yillarining boshlarida shvesariyalik psixiatr K.G.Yung shaxsning psixologik xususiyatlarini “ekstraversiya” va “introversiya” tushunchalari orqali ta’riflab berishni taklif etdi.
Ekstraversiya (extra – tashqari) shaxsning shunday psixologik xususiyatlarini ko’rsatib beradiki, bunda shaxs o’zining qiziqishlarini tashqi omilga, tashqi obyektlarga qaratadi, ba’zan ba’zan buni o’zining qiziqishlari hisobiga, shaxsiy ahamiyatini pasaytirish hisobiga amalga oshiradi.
Ekstravertlarga xulq-atvorining ta’sirchanligi, imo-ishoralardagi faollik, samimiylik, tashabbus ko’rsatish (ba’zan ortiq darajada), ijtimoiy ko’nikuvchanlik, ichki olamning ochiqligi xos bo’ladi.
Introversiya (into – ichki) shaxsning o’z shaxsiy manfaatlariga, ichki olamiga diqqat e’tiborining qayd qilinishi bilan ajralib turadi.
Introvertlar o’zlarining manfaatlarini eng muhim deb hisoblab, uni yuqori darajada qadrlaydilar. Ular uchun odamovilik, biqiqlik, ijtimoiy passivlik, mustaqil tahlil qilishga moyillik, yetarli darajada murakkab ijtimoiy adabtasiya (ko’nikuvchanlik) xosdir.
Introversiya – ekstraversiyaning hissiy tavsiflar bilan birga qo’shilib kelishi shaxs temperamentini belgilab beradi.



Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling