Psixodiagnostika va amaliy psixologiya haqida tushuncha


Shaxsiy so’rovnomalar va shaxs nazariyasi


Download 1 Mb.
bet85/154
Sana03.12.2023
Hajmi1 Mb.
#1797015
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   154
Bog'liq
Psixodiagnostika-fayllar.org

11.4. Shaxsiy so’rovnomalar va shaxs nazariyasi

Yuqorida aytilganidek, so’rovnomalar empirik va faktorli bo’lishi mumkin. Empirik so’rovnomalar – shaxsning test qilinayotgan xulqi yoki xususiyatiga aloqador tanlangan biror bir kriteriy asosida sinalgan guruhlarga ajratish imkonini beradigan, savol (topshiriq)larni izlash, yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunday kriteriylar klinik tashxis yoki sindrom bo’lishi mumkin. Masalan, MMRI lar shkalalarining tasdiqlari ko’pincha turli nazariyaga tegishli bo’lgan bemorlar javoblari bilan shakllantirildi. Shunga ko’ra bunday so’rovnomalarni qo’llab biz tekshirilayotgan shaxs disgarmonik rivojlanishi turlaridan biri “yaqinlik”ni o’rnatamiz. Bunday yondoshuv tekshiruv aloqalari tahlilini talab qilmaydi va javoblarni empirik ko’rsatkichlar sifatida tushunish bilan chegaralanishga imkon beradi. Ko’pgina chet el psixolog-amaliyotchilari faoliyatlarida empirik so’rovnomalardan foydalanadi. (Hathaway; Wade s Baker)


Simptom tashxis uchun “Empirik” so’rovnomalarni qo’llash inkor qilinmaydi, ammo bu bilan bog’liq bo’lgan muammolarning ko’p qismi esa texnik xarakterga ega. Ularning yordami bilan amalga oshirilgan tashxisning aniqligi, ko’pincha statistik qonuniyatlarni to’liq ochib berish bilan bog’liq bo’ladi. So’rovnomalarni tashkil qilayotganlar uchun javoblarning to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligi ahamiyatsiz bo’lib, ularning har ikkalasi ham biror bir qarorga kelish uchun imkon yaratadi, masalan, klinik-psixologik tashxis masalalarida olingan javoblar yordamida “kodlar va egrilar kasalxonaga o’z sindromlari, nozologik shakllari hamda psixologiya turlari va hokazoni faqat formal ko’rinishda qaytaradi”. Bunday so’rovnomalardan foydalanish kasallikning individual suratini korreksiya va terapiyaning qulay yo’llarini belgilashda imkon berib, uning samarasini obyektiv baholashga erishishga olib keldi.
“Faktorli so’rovnomalar” terminida ularning 2 turi birlashadi – shaxs belgilari so’rovnomasi va tipologik so’rovnomalar. Masalan, Ayzenk so’rovnomasi belgi (omillar) to’plashiga tegishli bo’lmagan turli shaxslar haqida to’liq ma’lumot sifatida ajratib ko’rsatish asosida ishlab chiqilgan. Bunday yondoshuv shaxsiy belgilar emas, balki so’rovnomalarni konstruksiyalash tekshirilayotganlarni guruhlashni talab qiladi. (V.M.Meshnikov, L.T.Yampolskiy). Bunda, tashxis shaxsga mos keladigan belgilarni taqqoslash bilan amalga oshirilib sinalayotganlarni guruhlash uchun shaxs belgilarini yaqinlik darajasida o’lchashda Faktorli tahlildan foydalaniladi. Ya’ni Ayzenk izlanishlari “tekshirishga berilgan guruhlarni birlashtirish” haqida boradi (har bir sinaluvchi oldindan qaysi guruhga mansubligi ma’lum bo’ladi). Topshiriq tekshirilayotgan guruhlarni ruhiy belgilariga ko’ra ajratish qoidasini topishga qaratilgan.
Boshqa yo’li ham bo’lib, u tekshirilganmagan shaxs belgilarini guruhlash (belgi). Bu belgilar ko’rinishi darajasiga muvofiq tashxis amalga oshiriladi. Shaxs belgilari bo’yicha so’rovnomalarning tipik vakili deb Kettelning 16RFini aytish bilan kifoyalanish mumkin. Bu yerda Kettellning fikri “Shaxsning dastlabki asosiy xususiyatlarini ochib berish” bo’yicha uslublarning yana ham mazmunli va oddiy o’zaro zich bog’langan yetarli darajada katta guruhlar to’plamining oldingi uslubini o’zgartirish Faktorli tahlil hisoblanadi.
G.Ayzenk bo’yicha psixotizm shkalasi:
Ha” tayanch javobi uchun savollar.
22. Siz og’ir yoki kutilmagan oqibatlarni keltirib chiqaruvchi narkotik preparatlarni iste’mol qilasizmi?
26. Sevgan kishilaringizni xafa qilganda rohatlanish hissini sezasizmi?
30. Sizga noxushlikni keltirishni xohlovchi dushmaningiz bormi?
33. Sizning xazillaringiz kishilarga og’ir botishidan rohatlanasizmi?
43. Siz oilaviy turmushni bekor qilinishi zarur bo’lgan ijtimoiy institut deb hisoblaysizmi?
46. Mashinani sekin, ehtiyotkorlik bilan boshqaradigan haydovchilar sizga salbiy ta’sir etadimi?
50. Turli taomlarning mazasi deyarli bir xil deb ayta olasizmi?
65. Sizdan o’zini chetga tortadigan insonlar ham bormi?
67. Insonlar o’zining ko’p vaqtini kelajak uchun mablag’ yig’ish yoki sug’urta qilishga sarflaydi deb o’ylaysizmi?
74. Poyezdga shoshayotganingizda ko’pincha vokzalga so’nggi daqiqalarda yetib kelasizmi?
76. Kishilar bilan do’stona munosabatingiz tez-tez sizning aybingizsiz yakun topadimi?
79. Hayvonlarga ba’zida jig’iga tegish sizga yoqadimi?
83. Kishilarning sizdan hayiqishi yoqadimi?
87. Kishilar sizni tez-tez aldaydi deb hisoblaysizmi?
Yo’q” tayanch javobi uchun savollar:

2.Harakatlaringizni amalga oshirishdan oldin, ularni o’ylab ko’rasizmi?


6.Nimanidir, kimgadir berishingiz kerakligini tan olishdan xavotirlanmaysizmi?
9.Tunda uyingiz eshigini puxta berkitasizmi?
11. Qiynalayotgan bola yoki hayvonni ko’rganingizda qattiq xafa bo’lasizmi?
18. Hayoti va mulkini sug’urtalash ma’noga ega deb hisoblaysizmi?
37. Yaxshi xulq, ozodalik va pokizalik siz uchun katta ahamiyatga egami?
53. Ishingiz xatoligini sezsangiz xavotir bo’lasizmi?
57. Uchrashuv va ko’rishuvlarga o’z vaqtida kelishni afzal bilasizmi?
61. Onangiz – mehribon, halol ayol (halol va mehribon ayol edi?)
71.Insonlar bilan qo’pol muomala qilmaslikka harakat qilasizmi?
90.Qopqonga tushgan hayvonlarga achinish, rahmdillik hissini sezasizmi?
Empirik so’rovnomalar omillaridan farqli ravishda ba’zi bir mavqye, nazariy qarashlarga asoslanmaydi deb bo’lmaydi. Qat’iy aytganda, har bir empirik so’rovnomada muayyan nazariya amalga oshiriladi. Masalan, MMRI larda bunday ko’rinishida Krepelinning klinik tasnifi qatnashadi, shuningdek me’yor patologiya “qo’shilgan” sifatida ko’rsatiladi. Faktorli so’rovnomalari mualliflarining nazariyalari yana ham aniq, ravshan qatnashadi. Har qanday holatda ham nazariyani, e’tiborga olmaslik asosida ba’zida faqatgina miqdoriy dalillar bo’yicha u yoki bu uslubiy ko’rsatkichlar bilan – bashorat va tashxisda xatoga yo’l qo’yish mumkin. Yuqorida aytilganlarni hisobga olib, so’rovnomalar yaratish bo’yicha MDH davlatlarining mashhur mualliflaridan biri G.Ayzenkning nazariy qarashlarida yana ham chuqurroq to’xtalib o’tamiz (nafaqat MDHda!). Ma’lum bo’lishicha bu so’rovnoma dastlab neyrotizm tashxisi uchun mo’ljallanib, tez orada ekstroversiya-introversiya keyinchalik esa psixotizmga o’xshash shaxsiy o’lchovlar qo’shildi. Ayzenk so’rovnomasi ushbu o’lchovlar bilan to’ldirilgan bo’lsa ham u MDH psixologlari izlanishlarida keng tatbiq etilmay, aynan shu o’lchovda shaxs uslubining bunday turini loyihalashga nazariyaning ta’sirini ko’rsatish uchun bu o’lchovlar ustida chuqurroq to’xtalish lozim.

G.Ayzenk (Eysenck) E.Krechmer fikrlari ta’siri ostida o’zining ishlarida psixotizmni shaxsning alohida parametrlari sifatida ko’rib chiqadi. Psixotizm shkalasini1 (R) o’z ichiga olgan ilk so’rovnoma keyinroq ro’yobga chiqdi (H.Eysenck, S. Eysenck).


Yuqorida ushbu shkalani tashkil etuvchi savollar keltirilgan.
G.Ayzenk va S. Ayzenk (1975) psixotizmni shaxsiy o’lchovlar sifatida ajratib ko’rsatishda quyidagilardan foydalandi:
  • ruhiy parokandalik va me’yorni ba’zi bir kontinumlar keltirib chiqaradi;


  • nevroz va psixoz – turli va bir-biriga bog’liq bo’lmagan o’lchovlar (di-mensions). Psixoz va me’yorning o’zaro ajralmas aloqasini e’lon qilish opponentlarning keskin tanqidiga uchradi.

    Ta’kidlaganimizdek, “kontinuumning mavjudligi haqidagi so’nggi holat” ruhiy parokandalik – me’yor yangilik emas (me’yorning so’nggi darajasi ko’rinishi). Ilgari shu asosda (E va N) shaxsiylik shkalalari yaratilgan. Ularning muallifi hisoblashicha, ruhiy tetik insonlarni tekshirish asosida aniqlangan shaxsning muhim xarakteristikasi ko’rsatilgan, o’lchov tizimini ishlab chiqish va foydalanish zarur bo’lgan ko’pgina bir biridan farqli rubrikalar bilan kasalliklarning an’anaviy tasnifi o’rniga har bir inson uchun miqdoriy baho berish va martabali o’rin topish mumkinligi bo’yicha, bo’yicha ikki (E va N – L.B.) o’lchovga egamiz, turfa psixologlarning kasallik nomini o’zgaruvchan sonlari o’rniga tashxisning ishonchlilik darajasi pastligi bilan (Eysenck).
    Eskirgan va hatto “kasallik modeli” o’lchash tizimiga almashtirilishi lozim. “Kontinuallikni, diskontinuallikka shunday almashtiriladi, o’lchashni esa – diskret tasnifga”. O’tgan vaqt davomida ikki o’lchov uchinchisini bilan to’ldirilib, Ayzenkning keyingi qarashlarida esa o’zgarmas bo’lib, qolmoqda.
    G.Ayzenk tomonidan ajratilgan shaxs o’lchovi psixotizm misolida ko’rib chiqilgan, lekin bu boshqa fikrlar qilinishi kerak degani emas. Shunday qilib, Gilford (Gilford) shaxsning muhim o’lchovaridan biri hisoblangan ekstrataxminni rad etmagan holda Ayzenkning qarashlari noto’g’riligini isbotlaydi. Unda bu omil ikkinchi darajali – ikki birnchi darajali omilning mosligi: S (kirishimlilik) va R (ratimiya, yoki impulssivlik). Ayzenk (Eysenck) bu tanqidni asosli ravishda rad eta olmadi.
    Shaxs xislatlarini ajratib ko’rsatishga asoslangan yondoshuv ancha zaif. Mazkur yondoshuvning yirik vakili Kettellning tadqiqotlariga ifodalangan empirizm, shaxs xislatlarini ifodalovchi son va mazmun haqidagi ba’zi dastlabki nazariy tasavvurlarni mensimaslik xos. Muallif tomonidan tanlagan 16PF ma’lumotlarni yig’ish texnikasida o’zgaruvchi aloqalar o’rtasidagi funksional aloqalar haqida hyech qanday ma’lumot yo’q, bu aloqalar korrelyasiyalar – o’zgaruvchilar o’rtasidagi bog’liqlik choralari ko’rinida ifodalanadi. A.Anastazi (1982) ta’kidlaydiki, subyektiv baholar korrelyasiyasi yordamida aniqlanadigan omillar ijtimoiy stereotip va fikrlardagi boshqa xatolar, shaxs xususitlari tuzilmasiga ta’sirni aks ettirish mumkin.
    Buning isboti Kattellning dastlabki omillarini tiklash imkoniyatining yo’qligi hisoblanadi. (H.Eysenck). Kettel kundalik hayotdagi inson fe’l-atvorini ro’yxatga olish yo’li bilan olingan I – ma’lumotlar asosida va so’rovnomalar yordamida olingan Q – ma’lumotlar asosida ajratilgan tuzilmali elementlarning omillardagi identivligi haqidagi so’nggi ilmiy farzga aniqlik kirita olmadi. Shunday qilib, Faktorli so’rovnomalar yordamida olingan natijalarni baholashda ehtiyotkorlik zarur.



    Download 1 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   154




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling