Psixodiagnostika va amaliy psixologiya haqida tushuncha
Download 1 Mb.
|
Psixodiagnostika-fayllar.org
11.7. Rezyume
Psixika tashxisida shaxsiyat so’rovnomalardan foydalanish uzoq tarixga ega. Psixolog-amaliyotchilar o’rtasidagi ommabopligi bo’yicha ular bir necha o’n yilliklar davomida shaxsiyatni baholash vositalari qatoridan birinchi o’rinni egallaydi. Bu uslubiyatning turli-tumanligi shunday kengki unga mos sifat yoki shaxsiyat turini topish juda mushkul bo’lib, ularni o’lchash uchun mos so’rovnomalarni ishlab chiqishning iloji bo’lmaydi. So’rovnomalardan foydalanishni afzal ko’rish psixolog-amaliyotchilarni shaxsiyatni baholash zaruriyatiga ro’para qilishi, tushunarli. Ma’lumotlarni ishlab chiqishdagi taqqoslashi yengilligi, qo’llash oddiyligi shaxsiy so’rovnomalarining o’ziga jalb qiluvchi tomoni bo’lgan va bo’lib qoladi. Bunda oson va tez olingan ma’lumotlarning ishonchliligi bilan bog’liq muammolar o’rganilmay qolib ketmoqda. Bu bobda ko’rib chiqilgan tadqiqotlar biz tekshirayotgan bemorlarga taklif etilayotgan savollarga javoblar (tasdiqlovlar) shakllanish jarayoniga nazar solish, bu jarayondagi natijalarning ishonchliligi nuqtai nazaridan zaifroq bo’g’inlarini aniqoash imkonini beradi. Nihoyat, bunday yondoshuv tekshirilayotganlarning javoblari omillarining sezilarli miqdori ta’sirida shakllanishini tushunish imkonini beradi. Ulardan biri, masalan, biz o’lchashga intilayotgan shaxsiyat xususiyati bo’lishi mumkin. Shaxs haqidagi so’rovnomalar yordamida olinayotgan bilimlarning ishonchliligida ularning mualliflarining nazariy qarashlari bevosita aloqaga ega. Asosiy shaxs, uning tuzilishi haqidagi ba’zi tasavvurlar bo’lmagan so’rovnomani tasavvur qilish juda mushkul. Bunday tasavvurlar empirik so’rovnomalardagi kabi noaniq va juda oddiy bo’lishi mumkin. Boshqa so’rovnomalar ortida (ular kam emas) uzoq vaqt davomida ishlab chiqiladigan shaxs nazariyasi, bundan tashqari, universiallikka da’vogar nazariyalar turadi. Shaxsiy so’rovnomlar bilan bog’liq muammolarni ko’rib chiqishga xulosa qilib yana bir bor ta’kidlaymizki, ular yordamida olinadigan ma’lumotlar ehtimoliy-mo’ljal ma’nosiga ega. Ular subyekt haqidagi tayyor haqiqat emas, balki kelajakda shaxsni o’rganish uchun asos hisoblanadi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling