17.2. Talabaning o’quv va mehnat ko’nikmalarining diagnostikasi
Talabaning o’quv va mehnat ko’nikmalari o’z ichiga uning o’z ishini rejalashtira olishi, o’z faoliyatini o’zi nazorat qila olishi, faoliyat sur’atini boshqara olishini oladi.
Talabaning aqliy rivojlanishi darajasini aniqlashda quyidagilarga e’tibor berish lozim:
tafakkur jarayonlarning rivojlanganlik darajasi;
tafakkurning texnik faoliyatda yuzaga chiqadigan maxsus xususiyatlari;
o’z faoliyatini rejalashtirishi va boshqara olishi;
texnik vazifalarni yechishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan xususiyatlarning mavjudligi.
Talabalarning aqliy rivojlanish darajasi, mehnat malakalari va ko’nikmalarini o’rganish uchun, qo’llash mumkin bo’lgan oddiy metodikalarga quyidagilar kiradi:
ortiqcha predmetni olib tashlash;
ortiqcha tushuncha topish;
tushunchalarni taqqoslash;
murakkab analogiya;
oddiy analogiya;
talabaning o’quv materialidagi muhim va asosiy belgilarni ajrata olishi;
talabaning o’quv malakalarini o’rganish.
17.3. Ortiqcha predmetni olib tashlash metodi
Mazkur metodika talaba tafakkurining analitik-sintetik xususiyatlarini, tahlil qilinayotgan materialni umumlashtira olish malakasini mavjudlik darajasini o’rganishga mo’ljallangan. Metodikani o’rganish uchun maxsus ravishda tuzilgan rasmlar majmuasidan foydalaniladi. Rasmlar majmuasini psixodiagnost har bir predmet xususiyatiga moslab tayyorlashi mumkin.
Rasmda to’rtta predmet (masalan, soat, tarozi, ko’zoynak, tanomometr) aks ettirilgan. Tekshiriluvchining vazifasi aks ettirilgan predmetlarning eng muhim belgilarini topish va shuning asosida “ortiqcha” boshqalarga mos kelmaydigan predmetni topish, qolgan uch predmetga esa umumiy nom berishdan iborat. Bizning misolimizda “ortiqcha” predmet – ko’zoynak. Qolganlari esa o’lchash asboblari.
Do'stlaringiz bilan baham: |