Psixodiagnostikadan savollar va javoblar


Temperament tipini aniqlash metodikasi


Download 1.03 Mb.
bet19/27
Sana22.12.2022
Hajmi1.03 Mb.
#1041412
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
Bog'liq
Psixodiagnostikadan savollar va javoblar

Temperament tipini aniqlash metodikasi

Berilgan fikrga qo‘shilsangiz “1” ball, qo‘shilmasangiz “0” ball qo‘ying.


Siz:
1. Saramjon behalovat
2. O‘zini tuta olmaydigan tez jahli chiqadigan
3. Betoqat
4. Odamlar bilan munosabati keskin
5. Qat’iyatli va tashabbuskor
6. O‘jar va qaysar
7. Tortishuv va bahslarda topqir
8. Bir xil tempda ishlamaysiz
9. Tavakkalchilikka moyilligingiz bor
10. Yomon narsalarni eslab yurmaysiz
11. Nutqingiz tez bo‘linuvchan ohangga ega
12. Muvozanatsiz tez qizishib ketishga moyilligingiz bor
13. Tez urishib ketadigan janjalkash
14. Kamchiliklarga murosasiz
15. Ifodali mimika egasiz
16. Tez harakat qilasiz qarorga kelasiz
17. Yangilikka muttasil intilasiz
18. Harakatlaringiz keskin va uzilishli
19. O‘z oldingizga qo‘ygan maqsadni albatta amalga oshirasiz
20. Kayfiyatingiz tez o‘zgarishga moyil.


Siz:
1. Dilkash va quvnoq
2. Tirishqoq va ishbilarmon
3. Ko‘p hollarda boshlagan ishini oxiriga yetkazmaydi
4. O‘zingizni yuqori baholaysiz
5. Yangilikni tez o‘zlashtirib olasiz
6. Qiziqish va intilishlaringiz beqaror
7. Muvaffaqiyatsizlikni tez unutasiz
8. Turli sharoitga tez moslashasiz
9. Har qanday yangi ishga qiziqish bilan kirishasiz
10. Yangi ishga tez kirishasiz va tez birdan ikkinchisiga o‘ta olasiz
11. Agar ish sizni qiziqtirmay qolsa tez soviysiz
12. Bir xil tempdagi ishlarda tez toliqasiz
13. Muomalaga tez kirishasiz
14. Chidamli va mehnatsevar
15. Nutqingiz baland tez mimika va imo-ishoralarga boy
16. Qiyin vaziyatda o‘zingizni tuta bilasiz
17. Doimo tetik kayfiyatda yurasiz
18.Tez qarorga kelib undan voz kechasiz
19. Tez chalg‘iysiz
20. Behuda shoshilasiz


Siz:
1. Osoyishta va sovuqqon
2. Ishda tartibli izchil
3. Ehtiyotkor va aql bilan ish tutasiz
4. Sabr-toqat bilan kuta olasiz
5. Bo‘lar-bo‘lmas narsalar haqida gapirmay sukut saqlay bilasiz
6. Nutqingiz osoyishta bir xil tempda va hech qanday ifodali harakatlarga ega emas
7. Chidamli va o‘zini tuta bilasiz
8. Boshlagan ishni oxiriga yetkaza olasiz
9. Behudaga kuch sarflamaysiz
10. Ish rejimi va kun tartibiga qat’iy rioya qilasiz
11. Ehtirosni hayajonni osongina yengasiz
12. Tanqid va maqtovga e’tibor qilmaysiz
13. Yuvosh va ko‘ngilchansiz
14. Qiziqish va munosabatlaringiz barqaror
15. Ishga sekin moslashib boshqa ishga o‘tishga qiynalasiz
16. Munosabatlaringiz turli tuman
17. Har bir narsada tartib va intizom bo‘lishini xohlaysiz
18. Yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashasiz
19. Kayfiyatingiz barqaror
20. Vazmin tabiatli og‘ir-bosiq-flegmatiksiz


Siz:

  1. Uyatchan va tortinchoqsiz

  2. Yangi sharoitda o‘zingizni yo‘qotib qo‘yasiz

  3. Notanish kishilar bilan aloqa o‘rnatishga qiynalasiz

  4. O‘z kuchingizga ishonmaysiz

  5. Yolg‘izlikni yoqtirasiz

  6. Muvaffaqiyatsizlikda tez tushkunlikka berilasiz

  7. Tez charchaysiz

  8. Nutqingiz sekin kuchsiz

  9. Boshqalar ta’siriga tez berilasiz

  10. Ta’sirlanuvchan tez yig‘laysiz

  11. Tanqid va maqtovni tez qabul qilasiz

  12. O‘zingiz va boshqalarga nisbatan talabchan

  13. Shubha va gumonga tez berilasiz

  14. Tez xafa bo‘lasiz va arazlaysiz

  15. Har bir narsani o‘zingizga tez qabul qilasiz

  16. Muloqotga kirishishga qiynalasiz

  17. Boshqalarga fikringizni aytishni yoqtirmaysiz

  18. Sust va kam faollik bilan ajralib turasiz

  19. Tez buysunasiz itoatkorsiz

  20. Boshqalardan yordam hissini uyg‘otishga harakat qilasiz-melanxoliksiz




Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling