Psixodiagnostikadan savollar va javoblar


Ota-onalar munosabatlari test savollarida


Download 1.03 Mb.
bet21/27
Sana22.12.2022
Hajmi1.03 Mb.
#1041412
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
Bog'liq
Psixodiagnostikadan savollar va javoblar

Ota-onalar munosabatlari test savollarida
Ota-onalar munosabati test savolnomasida bolalarga muomala qilish va ularni tarbiyalash masalalari bo‘yicha psixologik yordamga murojaat qilgan kishilardan ota-onalar munosabatini aniqlashga qaratilgan psixodiagnostik quroldir.


Savolnoma tuzilishi
Savolnoma 5 ta shkaladan iborat.
I. << QABUL QILISh-RUYXUSh BERMASLIK >>. Shkala bolaga 2 qarama-qarshi hissiy munosabatni aks ettiradi. Shkala birinchi qutbining mazmuni quyidagicha: Ota-onaga bola qanday bo‘lsa shundayligicha yoqadi. Ota-ona bola individualligini hurmat qiladi, uni yaxshi ko‘radi. Ota-onalar bola bilan birgalikda ko‘p vaqtni o‘tkazishga harakat qiladilar, ularning qiziqishlarini va rejalarini qo‘llab-qo‘vvatlaydilar. Shkala boshqa qutbining mazmuni quyidagicha: Ota-ona o‘z farzandini yomon, o‘rgana olmaydigan, omadsiz deb idrok etadi. Ularning fikricha farzandlari aqli kamligidan, qobiliyati yo‘qligidan, yomon odatlaridan hayotda muvaffaqiyatlarga erishmaydi. Ko‘pincha, ota-onalar bolasidan jahli chiqadi, ranjiydi, xafa bo‘ladi va hurmat qilmaydi.
II. << KOOPERASIYA >>. Ota-ona munosabatining ijtimoiy istalgan obrazidir. Bu shkalaning mazmuni quyidagicha talqin etiladi: Ota-ona farzandining ishlariga va rejalariga qiziqadi. Bolaga hamma narsada yordamlashishga intiladi. Ota-onalar farzandlarining ijobiy va aqliy qobiliyatlarini yuqori baholaydi. U bilan faxrlanadi. U bilan teng bo‘lishga intiladi. Ota-ona bolaga ishonadi, munozarali masalalarda uning fikrini ma’qullaydi.
III. << SIMBIOZ >>. Bola bilan muomalada shaxslararo oraliqni aks ettiradi. Bu shkala bo‘yicha yuqori ballarda ota-onalar simbiotik munosabatga intiladi. Ota-onalar doim bolasidan xavotirlanadi, farzandi unga kichkina va himoyasiz bo‘lib tuyuladi. Agar bola biror mustaqil ish qilmoqchi bo‘lsa, ota-onaning xavotiri yanada ortadi, chunki ota-ona o‘z ixtiyori bilan hech qachon farzandini mustaqil bo‘lishga bermaydi.
IV. << AVTORITAR GIPERSOSIALIZASIYa >> bola xulq-atvorini nazorat qilish shaklini aks ettiradi. Bu shkala bo‘yicha yuqori ballarda ota-ona munosabatida yakka hukmronlik yaqqol ko‘rinib turadi. Ota-ona farzandiga so‘zsiz bo‘ysunishini va tartibni talab qiladi. Ota-ona hamma narsada o‘z ta’sirini o‘tkazishga harakat qiladi. Bola o‘z erki bilan harakat qilmoqchi bo‘lsa, qattiq jazolanadi. Ota-ona farzandining so‘zsiz bo‘ysunishini talab qiladi. Ota-onalar farzandining ijtimoiy yutuqlari va muvaffaqiyatlarini sinchiklab tekshiradi hamda talab qiladi. Bunda ota-ona farzandining individual xususiyatlarini, odatlarini, fikrlarini yaxshi biladi.
V. << KICHIK OMADSIZ >>-ota-onalarning farzandini tushunish va idrok xususiyatlarini aks ettiradi. Bu shkala bo‘yicha ota-onalar yuqori ballarida farzandining yetilmay qolganligi, shaxsiy va ijtimoiy nochorligi tan olinadi. Ota-ona farzandiga haqiqiy yoshiga nisbatan kichik deb qaraydi. Bolaning xislari, fikrlari, qiziqishlari ota-onaga jiddiy emasdek tuyuladi. Farzandini yomon deb sirlariga beriluvchan, omadsiz deb tasavvur etadi. Shuning uchun, ota-ona farzandini qattiq nazorat qilishga intiladi.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling