Psixodiagnostikadan savollar va javoblar


BOLALARGA OTA-ONALARNING MUNOSABATLARI


Download 1.03 Mb.
bet20/27
Sana22.12.2022
Hajmi1.03 Mb.
#1041412
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
Bog'liq
Psixodiagnostikadan savollar va javoblar

BOLALARGA OTA-ONALARNING MUNOSABATLARI (so‘rovnoma)
1. Men bolam uchun har doim hayajonlanaman.
2. Mening bolam nima haqida o‘ylayotganini bilishni juda xohlar edim.
3. Men bolamni hurmat qilaman.
4. Men bolamni xulqi normadan orqada qolib ketayotibdi deb o‘ylayman.
5. Hayotda bo‘ladigan qiyinchiliklardan bolani uzoqda saqlash kerak deb o‘ylayman.
6. Men o‘z bolamga yaqinligimni sezaman.
7. Yaxshi ota-onalar bolalarini qiyinchiliklardan asraydilar.
8. Men bolamni ba’zan yoqtirmay qolaman.
9. Men har doim bolamga yordam berishga harakat qilaman.
10. Bolani qattik ushlasa, foyda keltiradi deb o‘ylayman.
11. Ba’zan bolam mening jahlimni chiqaradi.
12. Mening bolam hayotda hech narsaga erisha olmaydi deb o‘ylayman.
13. Boshqa bolalar mening bolamning ustidan kuladi deb o‘ylayman.
14. Mening bolam shunday noo‘rin ishlar qiladiki, uni kechirish qiyin.
15. Mening bolam o‘z yoshiga nisbatan yetuk emas deb o‘ylayman.
16. Mening bolam ataylab jahlimni chiqaradi.
17. Mening bolam hamma yoqimsiz qiliqlarni o‘zida namoyon qiladi deb o‘ylayman
18. Mening bolamga yaxshi xulqli bo‘lishni o‘rgatish qiyin deb o‘ylayman.
19. Bolaga qattiq turish kerak, shunda undan yaxshi odam chiqadi deb o‘ylayman.
20. Bolamning o‘rtoqlari biznikiga mehmonga kelsa, men juda xursand bo‘laman.
21. Men bolamning tashkil qilgan ishlarida qatnashishni xohlayman.
22. Hamma ko‘ngilsizliklar mening bolamda namoyon bo‘ladi deb o‘ylayman.
23. Mening bolam hayotda muvaffaqiyatsizliklarga ko‘p uchraydi deb o‘ylayman.
24. Suhbat orasida bolam haqida biron-bir gap chiqib qolsa, men bolamni aqlli emasligiga uyalaman yoki afsuslanaman.
25. Men bolam uchun qayg‘uraman.
26. Men bolamni uning tengdoshlari bilan solishtirsam ular mening bolamdan katta ko‘rinadilar deb o‘ylayman.
27. Men butun bo‘sh vaqtlarimni bolam bilan bajonidil o‘tkazaman.
28. Men bolamning tez katta bo‘lib qolayotganidan afsuslanaman, men uning yosh bolaligidagi yoqimli davrini eslayman.
29. Men o‘zimning bolamga goho dushmandek qarayman, lekin bu fikr meni tez-tez bezovta qiladi.
30. Men ulgurmagan ishlarni bolam amalga oshirishini orzu qilaman.
31. Men bolamning hamma iltimoslarini bajarishga harakat qilaman.
32. Boladan talab qilgandan ko‘ra bolalarning aytganlariga ko‘nish kerak.
33. Oilada biror qarorga kelish kerak bo‘lsa, bolaning fikrini bilish kerak.
34. Men bolamning kelajagi bilan juda qiziqaman.
35. Qachon kelishmovchilik ro‘y bersa, men bolamni haq deb o‘ylayman.
36. Bola yoshligidanoq ota-onalarining xatoga yo‘l qo‘yishlarini biladi.
37. Bolam fikrini men har doim hisobga olaman.
38. Men bolamga bo‘lgan do‘stlikni sezaman.
39. Men bolamni asosiy injiqliklari bu-qaysarlik, dangasalik, o‘zini o‘ylaydigan deb o‘ylayman.
40. Umuman bola bilan dam olish kunlarini birga o‘tkazish mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi degan fikrdaman.
41. Eng muhimi shundan iboratki, bolaning bolalik yillari tinch o‘tsin, qolgani bir gap bo‘lar.
42. Ba’zi paytda mening bolam biron-bir ishga layoqatsiz bo‘lib ko‘rinadi.
43. Men bolamning qiziqishlarini to‘g‘ri tushunaman.
44. Mening bolamni xarakteri shundayki, goho men o‘zimni tutolmay qolaman.
45. Men bolamning xafagarchiliklarini darrov sezaman.
46. Mening bolam tez-tez jonimga tegib turadi.
47. Bola tarbiyalash – bu jonga tegadigan murakkab narsa deb o‘ylayman.
48. Bolaning yoshligidan qattiqqo‘llik bilan tarbiyalash kuchli xarakterni rivojlantiradi deb o‘ylayman.
49. Men o‘zimning bolamga ishonmaymaan.
50. Bola katta bo‘lganida qattiqqo‘llik qilinganidan minnatdor bo‘ladi.
51. Ba’zi vaqtda men bolamdan nafratlangandek bo‘lib ko‘rinaman.
52. Mening bolamda yaxshi tomonlari yomon tomonlariga nisbatan kam deb o‘ylayman
53. Men bolamning qiziqishlarini tushunaman.
54. Mening bolamning o‘zi biron-bir mustaqil ish qilolmaydi, agar qilsa ham noto‘g‘ri bajaradi deb o‘ylayman.
55. Men bolamni hayotda yashashga yo‘l topa olmaydi deb o‘ylayman.
56. Mening bolam qanday bo‘lsa, shundayligicha yoqadi.
57. Men bolamning sog‘lig‘iga katta e’tibor beraman.
58. Men o‘z bolamdan g‘ururlanaman va faxrlanaman.
59. Bola o‘z ota-onasidan sir saqlamasligi kerak deb o‘ylayman.
60. Bolamning qobiliyatlari to‘g‘risida mening fikrim yuqori emas, men buni yashirolmayman.
61. Bola ota-onalari yoqtiradigan bolalar bilan o‘rtoqlashsalar yaxshi bo‘lar edi degan fikrdaman.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling