Psixodiagnostikadan savollar va javoblar


topshiriq O‘quvchilarning bilish qiziqishlari intensivligi va rivojlanish darajasini o‘rganish


Download 1.03 Mb.
bet23/27
Sana22.12.2022
Hajmi1.03 Mb.
#1041412
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Psixodiagnostikadan savollar va javoblar

topshiriq

O‘quvchilarning bilish qiziqishlari intensivligi va rivojlanish darajasini o‘rganish


Topshiriqning maqsadi. Suhbat anketa savol-javoblari yoramida o‘quvchilarning qiziqishlari intensivligi yoki intensiv emasligini, intensivlik qanchalik ekanligini, ularning rivojlanish darajalari qanay ekanligini aniqlash. Bu savollarga kuzatishlar yordamida javob topa olganimizda metodikadan foydalanishingiz lozim.
O‘zingizga kerakli o‘quvchilarni tanlang, ularni yaxshi biladigan o‘quvchilar bilan suhbalashing, ularning ota-onalari bilan tanishib, anketa savollariga javob berishni taklif qiling, ayrim savollarga o‘zingiz o‘quvchini shaxsiy kuzatishlarinigiz ma’lumotlaridan hamda o‘qituvchilar biln suhbatlar natijasidan foydalanib javob berishga harakat qiling.


1. Bilish qiziqishi intensivligini aniqlash uchun anketa
1. O‘quvchi aqliy ish bilan qanchalik ko‘p uzoq vaqt shug‘ullanadi? (quyi sinf o‘quvchisi uchun bir-bir yarim soat, o‘smir uchun uzluksiz, bir necha soat)
A) Tez-tez
B) onda-sonda
V) juda kam
2. Ziyraklikni aniqlash uchun savol berganda o‘quvchi nimani afzal ko‘radi?
A) qiynalib bo‘lsa-da javobni o‘zi topishni.
B) vaziyatga ko‘ra.
V) boshqalardan tayyor javob olishni.
3. Qo‘shima adabiyotlarni ko‘p o‘qiydimi?
a) har doim ko‘p.
B) bir xilda emas: ba’zan ko‘p, ba’zan hech narsa o‘qimaydi.
V) kam yoki hech narsa o‘qimaydi.
4. O‘zi uchun qiziqarli, aqliy ish bilan bog‘langan mashg‘ulotga qanday emosional munosabatda bo‘ladi?
a) juda emosional
b) vaziyaga ko‘ra
v) emosiyalar aniq ifodalanmagan (bu o‘rinda bolaning emosionalligini hisobga olish kerak)
5. Tez-tez savol beradimi?
A) Tez-tez
B) ba’zan
V) juda kam


2. Bilish qiziqishlari darajasini aniqlash uchun anketa?
1. O‘quvchilarning qiziqishi bo‘lajak kasbni tanlashga aloqadormi?
A) uzviy bog‘langan
B) bog‘langan, biroq faoliyatni tegishli tashkil etilishi bilan yaxshi muvofiqlashmaydi
V) xech bog‘lanmagan.
2. O‘quvchi jiddiy manbalarga murojaat qiladimi: ilmiy adabiyotlardan foydalanadimi? Lug‘atlar va shu kabilar bilan ishlaydimi?
A) har doim
B) ba’zan
V) onda-sonda
3. Sevimli ishi bilan shug‘ullanar ekan, qora, o‘zi uchun qiziqarsiz intellektual ishni (masalan, qiziqarli masalani hal qilisha uzoq hisoblash ishlarini bajarishni) qay darajada bajaradi?
A) doimo qancha kerak bo‘lsa shuncha qiladi.
B) vaqti-vaqtida qiladi.
V) o‘zi uchun qiziqarsiz ishni bajarishni yomon ko‘radi.
4. Zaruriyat tug‘ilgana o‘yin-kulgudan, ba’zan dam olishdan ham voz kechib intellektual faoliyat bilan uzoq muddat shug‘ullanishga qodirmi?
A) kerak bo‘lgan har doim
B) faqat ba’zida
V) qodir emas:
Natijalar analizi: o‘rganilgan o‘quvchilarni yaxshi, o‘rta yoki qiziqishlari umuman rivojlanmaganligiga ko‘ra turli gruppalarga kiriting.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling