Psixodiagnostikadan savollar va javoblar


-topshiriq O‘quvchilarning bilish qiziqishlarini rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlash (muvaffaqiyat metodikasi)


Download 1.03 Mb.
bet24/27
Sana22.12.2022
Hajmi1.03 Mb.
#1041412
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Psixodiagnostikadan savollar va javoblar

1-topshiriq
O‘quvchilarning bilish qiziqishlarini rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlash (muvaffaqiyat metodikasi)


Topshiriqning maqsadi. Bilish qiziqishlari shakllanmagan o‘quvchilar orasidan faoliyatia muvaffaqiyat bo‘lganda rivojlanisha oson ilgarilaydigan hamda bunday muvaffaqiyat kifoya qilmaydiganlarini aniqlash.
Topshiriqning bajarilishi.
Bilish qiziqishlari shakllanlanmaganligi aniq o‘quvchilarni ajratib olish, bu ularning o‘quv mashg‘ulotlariga butunlay befarq munosabatda bo‘lishlarida ma’lum bo‘lai. Ular uchun individual, har birining qo‘lidan keladigan o‘quv vazifasini tanlash. Bunda o‘quvchilarga vazifalar yetarlicha qiyin deb aytish. O‘quvchilar bu vazifani hal etishni uddasidan chiqqanlaridan so‘ng ularga boshqa, qiyinligiga ko‘ra birinchisidan farq qilmaydigan vazifa berish va bu o‘rinda ulrga bu vazifa birinchisidan ham qiyinroq yeb aytish lozim. Va, nihoyat, o‘quvchilarga haqiqatdan ham qiyinroq vazifalar beriladi. Har uchala holatda ham o‘qituvchi o‘quvchilarning ishlarini og‘zaki ma’qullab baholayi, dastlabki ikki holatda o‘quvchilarni baho bilan rag‘batlantirish mumkin, biroq uchunchi holatda ish baho uchun bajarilmayi.
Natijalar analizi.
O‘tkazilgan tadqiqot asosida vazifalarning uchunchi seriyasiga befarq qaragan o‘quvchilarni ajratish. Bu o‘quvchilarda bilish qiziqishlarining rivojlanishi past darajadadir. Vazifalarning uchunchi seriyasiga qiziqish bildirgan, ammo uni hal qilishni bilimi yoki zehnining yetishmasligi tufayli uddalay olmagan o‘quvchilarni ajratish. Bu o‘quvchilar qiziqishlarini rivojlantirish uchun bilimlarni egallashga aloqador yordamga muxtojirlar.
Topshiriqning uchunchi seriyasini bajarishda qiziqishni namoyon qilgan va uni uddalagan o‘quvchilarni ajratish. Bu o‘quvchilar o‘qituvchi qo‘llab-quvvatlasa (muvaffaqiyat metodikasi), o‘z bilish qiziqishlarini rivojlantiradilar.
Bu metodika bilish qiziqishlarining rivojlanish darajasini diaginostika qilib, ularning rivojlanishlariga t yordam beribgina qolmaydi, balki o‘quvchilarning o‘z-o‘zlarini baholashlariga ta’sir ko‘rsatadi, uni oshirai va shu tarzda o‘quvchilarga o‘z kuchlariga ishonch tug‘diradi.


  1. Download 1.03 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling