Psixokorreksiyaning asosiy yo`nalishlari Psixodinamik yo`nalish


Download 229.34 Kb.
bet1/15
Sana05.04.2023
Hajmi229.34 Kb.
#1274914
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Психокоррекция 2-лекция




Psixokorreksiyaning asosiy yo`nalishlari

Psixodinamik yo`nalish.Psixodinamik yo`nalishga psixoanalitik nazariyaga yo`naltirilgan psixotеrapiya turlari kiradi: klassik psixotahlil (Frеyd), Adlеrning 141 individual psixologiyasi, Yungning analitik psixologiyasi, Rankning irodaviy tеrapiyasi, Shtеkеlning faol analitik tеrapiyasi, Fromm-Rayxmannning intеrpеrsonal psixotеrapiyasi, Xornining xaraktеrologik tahlili (tahlili), gumanistik psixotahlil (Fromm), Klyaynning ego-tahlili, Sallivanning intеrpеrsonal psixotеrapiyasi va boshqalar. Mazkur yo`nalish asosi Z.Frеydning ishlaridir. Frеyd birinchi bo`lib psixikani instinkt, aql va ongning urish maydoni sifatida tasvirlagan.
«Psixodinamik» atamasi shaxsni tashkil qiluvchi tuzilmalar orasidagi tugallanmas tortishuvlarni aks ettiradi.
Psixodinamik yo`nalish ta’limoticha, dеtеrmеnizm ongsiz psixik jarayonlar bilan ta'riflanadi. Shunga binoan shaxsda anglanmagan qarama-qarshi motivlarni, intrapsixik mojarolarni asl sabablarini hamda mijoz muammolarini hal qiluvchi muhim yеchimlarni mijoz tomonidan anglanilishi muhimligiga etibor bеriladi. Z.Frеyd o`z asarlarida instinktiv hayot talabi va unga qarshilik ko`rsatish natijasida yuzaga kеladigan intrapsixik mojarolar oqibatida insonda turli kasalliklar namoyon bo`la boshlashini ma’lum qiladi.
Psixodinamik yo`nalishning asosiy maqsadi anglanmagan holatlarni anglanilishidir. Psixodinamik yo`nalish asosida faoliyat ko`rsatayotgan psixolog shaxsni chеgaralangan, bosilgan impulslari ularga ko`rsatilgan qarshiliklarini topishga qaratilgan. Ularning fikricha, anglanish hosil bo`lishi bilan shaxsda o`zgarishlar yuz bеra boshlaydi.


Pedagogik korreksiya fanining predmeti, mavzusi, bahsi


Reja:


  1. Pedagogik korreksiya fanining maqsad va vazifalari.


  2. Anomal bolani korreksiyalashning ahamiyati.


  3. Nuqsonli bolalarni pedagogik jihatdan tekshirish qoidalari va usullari.


  4. Anomal bolalarda uchraydigan nuqsonlarning turlari va ularni korreksiyalash.




Kelajak avlod haqida qaygurish, sog‘lom, barkamol naslni tarbiyalab еtishtirishga intilish, bizning milliy xususiyatimizdir.
I.A.Karnmov.

Ommaviy maktab oldida ta’lim va tarbiya jarayonida har bir bolaning har tomonlama barkamol o‘sishini ta’minlashdek muhim va mas’uliyatli vazifa turadi. Maktabning pedagoglar jamoasi bu murakkab vazifani bajara borib ba’zan ayrim bolalarning o‘qishida qiyinchiliklari borligini ko‘radi, bu qiyinchiliklar bolalarning kamol topib borishdagi kamchiliklari oqibatida tug‘iladi, bunday kamchiliklar maktabda shu bolalarning o‘zlashtirmasliklariga olib keladi.



Bolalarning kamol topib borishidagi kamchiliklar yoki anomaliya, g‘oyat xilma-xildir. Ular bolalarning psixofizik kamol topib borishining turli tomonlarida namoyon bo‘lib borishi: eshitish – nutq sistemasida, ko‘rib idrok etishda, intellektual, emotsional – irodaviy harakatlanish sohasiga taalluqli bo‘lish, turli darajada va turli sabablar tufayli kelib chiqishi mumkin.
Korreksiya so‘zi tuzatish ma’nosini bildiradi. Kamol topib borishda ma’lum bir nuqsonlari bo‘lgan bolalarning kamol topish qonuniyatlarini hamda ularning xatti-harakatlari va faoliyatidagi o‘ziga xos xususiyatlarini anglab olish, ularning kamchiliklarini va qiyinchiliklarni tuzatishning samarali usullarini, yo‘llarini topish bilan shug‘ullanadigan fan pedagogik korreksiya fani hisoblanadi.
Bu fan kamol topishda kamchiligi bor bolalar kamchiligining tabiatini va xususiyatlarini anglab olish, o‘z vaqtida bilish, malakali davolash, pedagogik ta’sir ko‘rsatish, muayyan ijobiy natijalarga erishish imkoniyatini beradi hamla bu bolalarni kamol topishini ta’minlaydi. Ularni maktabga borganda oladigan bilimlarini o‘zlashtirib olishga, so‘ngra esa jamitimizning foydali a’zolari bo’lib еtishishlarida yordam beradi.
Pedagog-psixolog bolalarning kamo1 tpib borishidagi nuqsonlarni korreksiyalash va o’rnini (kompensatsiyalash) mukarakkab vazifani amalga oshirish uchun u bunday nuqsonli bolalarni pedagogik jihatidan tekshirish qoidalari va usullarini ma’lum darajada bilib olish zarur. Bolani kompleks ravishda o‘rganish uning pedagogik tekshirishdan tashqari tibbiyot yo‘li bilan tekshirish bolaning kamol topayotganligining qanday borayotganligi, kasallikning paydo bo‘lishi tarixi va xarakteri, bolaning jismoniy jihatdan o‘sish darajasi, sog‘ligining holati, asab sistemasining, ko‘zi va qulog‘ining xususiyatlari, intellektning emotsional irodaviy sifatlari, psixik faoliyatining xarakteri to‘g‘risidagi ma’lumotlar, logopedik tekshirishlar, ota-onasi, yaqin qarindoshlarining sog‘ligi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Bola kamol topishida yuqorida ko‘rsatilgan ma’lum kamchiliklari bo‘lgan bolalarni yordamchi maktablarda o‘qitiladi.
Maxsus bolalar muassasasini to‘g‘ri komplektlash, unda ta’lim tarbiya va korreksiya ishini amalga oshirish uchun g‘oyat katta ahamiyatga egadir.
Bolalarning har bir maxsus muassasasi oldida turgan vazifalarga muvofiq suratda komplektlash o‘tkazilgan taqdirdagina bunday muassasada o‘quv-pedagogika ishining mundarijasini to‘g‘ri belgilash mumkin bo‘ladi va har bir bola uchun undagi mavjud nuqsonlarni korreksiyalash va kompensatsiyalashga zarur bo‘lgan tarbiyaviy va ta’limiy sharoit tug‘dirish lozim.
Maxsus maktablarda va maktabgacha tabiya muassasalarida korreksiya – tarbiya jarayonini tashkil etish prinsiplari ham asosiy masalalardan biri hisoblanadi, chunki bolalardagi anomal holatni korreksiyalash va kompensatsiyalash jarayonining samaradorligi ularning mehnat adaptatsiyasini shu masalaning to‘g‘ri hal etilishga bog‘liqdir. Bu esa maxsus ta’lim va tarbiya berish nazariyasi va amaliyotining asosiy vazifasidir.
Anomal bola uchun maxsus muassasalarning har qanday tipida korreksiya – tarbiya ishini qurishning asosiy qoidasi - defektning bola psixik kamol topish jarayonidagi ikkilamchi va undan keyingi o‘zgarishlarning vujudga kelishiga, defekt struktarasini ko‘rsatgan ta’sirini anglab olish imkonini beradigan darajada chuqur bilishdan iborat bo‘lishi kerakligi haqidagi pripsipial qoidani esdan chiqarmaslik kerak.
Anomal bolani butuniga reabilitatsiyalash, davolash uchun psixologiya va pedagogakaning bir-biri bilan mustahkam bog‘langan birligidan iborat korreksiya ishini tashkil qilish lozim. Anomal bolaning analizator funksiyalari zararlangan holda korreksiyalash va kompensasiyalashda maxsus texnika vositalaridan foydachanilgan holda pedagogaka va tibbiyot ta’sirining samarasi beqiyos darajada oshib ketadi.
Anomal bolalarda nutqni kamol toptirish uchun ham kar, garang bolalarda gapirayotgan kishining labiga qarab o‘qish ko‘nikmasini tarkib toptirish juda muhim ahamiyatga ega.
Garang bolalarda korreksiya kompensator yo‘li bilan ta’lim berishda, ularda og‘zaki nutqni tarkib toptirishda, quloq eshitish funksiyasini kamol toptirish va undan foydalanish alohida muhim rol o‘ynaydi.
Korreksiya vositalarini jami va ta’lim jarayonida kompensator mexanizmlarining kamol topitirishi, garang bolalarga 12 yillik o‘quv muddati mobaynida sakkiz yillik ommaviy maktabning dasturi hajmida bilimlar, ko‘nikmalar va malakalar sistemasini berish va muayyan darajadagi ishlab chiqarish – mehnat tayyorgarligi olish imkonini beradi.
Qulog‘i yaxshi eshitmaydigan bolalar maktablari uchun bolalarga tilni o‘rganishni original sistemasi ishlab chiqildi, bu sistema nutqni o‘qib olish jarayonida tafakkurni kamol toptirish borasida intensiv ish olib borish zaruriyatini ko‘zda tutadi. Bunday bolalarga til o‘rgatish sistemasiga ko‘rgazmali va og‘zaki umumlashtirish kamol toptirish borasidagi ishlar, leksika va tilning grammatik tuzilishini maxsus tashkil etilgan nutq praktikasi sharoitida bilib olish asos qilib olingan. Bu sistema qulog‘i yaxshi eshitmaydigan bolalarning bu turiga 12 yi1 o‘qish davomida o‘rta ma’lumot olish, boshqa bir turiga esa shu muddat ichida to‘liqsiz o‘rta ma’lumot va ishlab chiqarish – mehnat tayyorgarligini olish imkonini beradi.
Ko‘rlar maktablarda korreksion yo‘l tutish va bolalarni kompensator imkoniyatlarini safarbar etishga yordam beraligan sistemani ishlab chiqish tufayli, shuningdek, tiflotexnika vositalarini jalb etish tufayli, o‘quvchilarning o‘quv rejasidagi har bir o‘quv fani dasturini hamda bilimlarini o‘rganishlari mumkin bo‘lib qoldi. Ko‘rlar va ko‘zi yaxshi ko‘rmaydiganlar ta’lim berishning kompensator va korreksion xarakteri bu bolalarga 11 yillik o‘qish muddati davomida to‘la o‘rta ma’lumot olish va ma’lum bir ishlab chiqarish ixtisosini hosil qilish imkonini beradi.



Download 229.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling