Psixologik trening asoslari fanidan


Stressni bartaraf etuvchi treninglar


Download 1.31 Mb.
bet17/100
Sana10.12.2021
Hajmi1.31 Mb.
#179676
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   100
Bog'liq
2019 maxsus sirtqi treningg мажмуа

Stressni bartaraf etuvchi treninglar

Psixologiya fani insonning ruxiy olami, xulqi, insonlararo munosabatni o’rganadi. Uning amaliy yo’nalishi tadqiqot predmetining cheklanganligi bilan chegaralanib qolmasdan, balki insonning shaxs sifatida o’sishiga yordam beruvchi bir qancha jabxalarni o’ziga qamrab oladi va tekshiradi. Psixoterapiyadan farq qilgan xolda, bu yo’nalishlar o’z oldiga maqsad qilib ruxan nosog’lom odamni emas, balki sog’lom inson shaxsining kamol topishini, insonning o’zligini anglashga yordam berishni qo’yadi. Mazkur amaliy psixologiya yo’nalishida klinik psixologlar va psixolog kontsultantlar fanning so’nggi yutuqlariga tayanib ish olib boradilar. Jamiyat taraqqiyoti, Fan-texnika revolyutsiyasi, iqtisodiy o’zgarishlar insonning ruxiy ekologiyasiga ba’zan salbiy ta’sir qiladi. Agarda bunday salbiy ta’sirlar yigilib qolsa, «Toma-toma ko’l bo’lur» deyilgandek, odamnmng ruxiyatida o’zgarishlar sodir bo’lib, ruxiy qusurlik darajasiga yetishi mumkin. SHuning uchun kasallik paydo bo’lishidan ilgari uning oldini olsa, u xolda insonning barkamol shaxs bo’lib yetishuviga shart-sharoit yaratiladi. Bu esa Amaliy psixologiyaning vazifasidir.

Mashxur yo’nalishlardan biri venalik psixolog Z.Freyd tomonidan ishlab chiqilgan psixoanalizdir. Psixoanaliz ta’limoti bo’yicha insonning asosiy extiyoji - bu seksual (shaxvoniy) extiyojlardir. Jamiyat axloq normalarining bu extiyojlarga qarama-qarshiligi natijasida inson shaxsida turli xil ruxiy kamchiliklar paydo bo’ladi, deb xisoblaydi. Z.Freydning fikricha, bu jarayon ongsiz xolda kechadi, ya’ni odam o’zida bu narsalar kechayotganligini anglab yetmaydi.

Insonning xar bir xatti-xarakati « U», «Men», «Mening menligim» lar o’rtasidagi konfliktlar (ziddiyatlar) natijasi deb taxmin qilinadi.

«U» - biologik extiyojlar, «U»ning tabiati asosan ongsizdir.

«Men» - tashqi muxit bilan muloqotdan xosil bo’lgan ruxiy tuzilmadir. «Mening menligim» - ijtimoiy muxit va bu muxit ta’sirlarining to’siqlaridir.

SHu narsalar orasidagi qarama-qarshiliklar, Z.Freydning fikricha kasalliklarni keltirib chiqaradi.


Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling