Psixologik trening
Download 0.66 Mb.
|
Psixologik trening
- Bu sahifa navigatsiya:
- Frustratsiya
Sistematik stress. Sistematik stress biologik bosimni keltirib chiqaradi. Ular zaharlanishdan, to’qimalarni shamollanishidan yoki lat yeyishi tufayli sodir bo’ladi.
Psixik stress – esa bu tashqaridan gap orqali yoki xarakatlar orqali kelib chiqadi. Masalan: shaxmat o’ynayotganda yoki qattiq quchoqlashib ko’rishganda stress paydo bo’ladi, lekin u zararsiz hisoblanadi. Stressning ozgina foydali tomonlari ham bor bu paytda odam xarakat qilishga intilib qoladi, organizmini kurashishga tayyorlaydi yoki undan qochishga xarakat qiladi. Ishxonadagi mas’uliyatning cheksizligi, qo’l ostidagi ishchilar bilan muloqotning kamligi, vaqtning yetishmasligi xronik (doimiy) stressga olib keladi. Doimiy stresslar 6 taga bo’linadi. Uyqusizlik. Ko’krakdagi og’riq, ya’ni muskullarning yurak atrofidagi og’riqlar. Yo’tal (tez-tez tomoqni tozalash uchun bo’ladigan yo’tal). Jinsiy qoniqmaslik. Emotsional disbalans, ya’ni kayfiyatning tushib ketishi. Doimiy toliqish va haddan tashqari semirish. Ko’p uchraydigan stresslardan biri bu pul muammosiga taqaladi. Eng jiddiy stresslardan biri bu oiladagi ahvol-ajrashish, o’lim, nizoli vaziyatlar, oiladagi muhitning nosog’lomligi. Masalan: ota-ona o’rtasidagi nizoli holatlar bolaga qattiq ta’sir etadi. Frustratsiya (lot. frustration – yolg’on, omadsizlik, qo’rquv ) – nizoli salbiy-emotsional holat bo’lib, umidning so’nishi, maqsadga erishishda yuzaga kelgan kutilmagan to’siqning vujudga kelishida kuzatiladi. Frustratsiya ko’p hollarda shaxsning agressiv xulq-atvori bilan bog’liq bo’ladi. Odam biron-bir yomon ish qilib qo’ysa, masalan, o’g’rilik yoki yaqin odamidan ajralib qolsa, masalan, o’lim bo’lsa, miya tormozlanadi va chuqur tushkunlik (depressiya) yuzaga keladi. Bunda xotira susayishi, mantiqiy fikrlash sustligi, yolg’izlikga intilish va hokazo holatlar kuzatilishi mumkin. Ko’p hollarda inson bunday holatdan o’zi chiqa olmaydi, shuning uchun organizm kompensator mexanizmlarni ishga tushurib, psixikani ilk rivojlanish darajasiga tushurib qolishi kuzatiladi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling