Psixologiya fani predmeti va vazifalari Psixologiyaning tarixan shakllanishi va rivojlanishi
- savol. Xayol va uning nerv- fiziologik asoslari
Download 131.69 Kb.
|
2 5226836931349842463
64- savol. Xayol va uning nerv- fiziologik asoslari
Hayol bilan bog’liq holatlarni paydo bo`lishiga tashqi olamda yuz beradigan o`zgarishlar sabab bo`ladi. Hissiy holatlar uchun xos bo`lgan fiziologik jarayonlarning asosi murakkab shartsiz va shartli reflekslardir. Ma`lumki, shartli reflekslar tizimi katta miya ustuniga tegishli ko`rish tepachalari va nerv qo`zg`alishlarini miyaning yuqori bo`limlaridan vegetativ asab tizimiga o`tkazib beruvchi boshqa markazlar orqali amalga oshiriladi. Kishining hislarni kechirishi hamma vaqt miya po`sti va po`stlok osti markazlarining birgalikdagi faoliyatlari natijasidir. Atrofda va olamda yuz beradigan o`zgarishlar odam uchun qancha ahamiyat kasb etsa, hissiy kechinmalar shuncha chuqur bo`ladi. Buning natijasida paydo bo`ladigan muvaqqat bog`lanishlar tizimi qayta tuzilishi qo`zg`alish jarayonini yuzaga keltiradi. Bu jarayon katta miya yarim sharlari po`stida tarqalib po`stloq osti markazlarini ham egallab oladi. Katta miya yarim sharlar po`stidan pastda organizm fiziologik faoliyatining turli markazlari; nafas olish, yurak va qon tomirlarini idora qilish, ovqat hazm qilish, ichki sekretsiya bezlarini ishini idora qilish va boshqa markazlar joylashgan. SHuning uchun po`stlok osti markazlarining qo`zg`alishi bir qator ichki a`zolar faoliyatini kuchaytirishga olib keladi. Hissiy holatlar o`zining fiziologik mohiyati jihatidan katta yarim sharlar po`stining va miya po`sti boshqaradigan po`stloq osti markazlarining funktsiyasigina bo`lib qolmay, balki miyaning boshqa qismlari ishni boshqaradigan retikulyar tuzilmaning vazifasidir. Miyaning talamus (ko`rish tepaligi) va gipotalamus (tepacha osti qismi) deb atalgan joyining qadimgi po`stloq osti tuzilishlari bilan yarim sharlar yangi po`stlog`i osti tuzilmalari o`rtasidagi limbik tizimning vazifasidir. Hayolot boshqa hamma psixik jarayonlar kabi bosh miya poʻsti qismining faoliyati bilan bogʻliqdir. Bosh miya hissiyotlarning kuchini va barqarorligini idora qilib turadi. Hissiyotlar boshqa bilish jarayonlaridan farqli bosh miya poʻstining faoliyatidan tashqari organizmning ichki aʼzolari faoliyati bilan ham bogʻliqdir, boshqacha qilib aytganda hissiyotlar vegetativ nerv tizimining faoliyati bilan ham bogʻliqdir. Chunonchi, odam qattiq uyalgan paytida qizarib ketadi, qattiq qoʻrqqan paytida esa rangi oʻchib, qaltirab ketadi, xattoki odamning ovozida ham oʻzgarish paydo boʻladi. Ana shunday hissiy holat yuz bergan paytda odamning yuragi tez ura boshlaydi, nafas olishi ham tezlashadi. Demak, odam maʼlum hissiy holatni boshdan kechirayotgan paytda uning qon aylanish tizimi, nafas olish organlari nutq apparatlari ichki sekretsiya bezlari ham qatnashadi. Masalan, materialni yaxshi bilmaydigan talaba imtihon topshirayotganda terlab ketadi, tomogʻiga nimadir tiqilib, gapini gapira olmay qoladi. Odamda qattiq qoʻrqish paytida “Yuragi orqaga tortib ketdi”, “Sovuq ter bosib ketdi” kabi iboralarning ishlatilishi hissiyot paytida odamning ichki aʼzolarining ishtirok etishidan dalolat beradi. Juda koʻp hissiy holatlar bosh miyaning yaqin poʻstloq osti qismlarining oraligʻi bilan ham bogʻliqdir. Masalan, koʻrish tepaligi deb ataluvchi qism ayrim hislarni ifodalaydigan ixtiyorsiz harakatlarning markazi hisoblanadi. Download 131.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling