Psixologiya fanini o’qitishdagi muammolar
Shaxsga nisbatan sub’ektiv munosabat muammosini ijtimoiy jixatdan tushuntirish
Download 23.96 Kb.
|
9. psixologiya o\'qitishning meyodologik asosi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixologiya fani quyidagi uch printsip asosida ish olib boradi
Shaxsga nisbatan sub’ektiv munosabat muammosini ijtimoiy jixatdan tushuntirish:
A) Odam - inson (individuallik) - sub’ekt - barkamollik. B) Shaxsga sub’ektiv, ya’ni unga robot sifatida barcha xususiyatlarni shakllantirish mumkin degan xato tasavvurdan voz kechib, (sub’ekt - sub’ekt) aloqasini vujudga keltirish. V) har qanday sub’ekt - shaxs, lekin xar qaysi shaxs sub’ekt emasligi muammosi yechimi. G) Shaxs sub’ekt darajasiga o’sib o’tishi uchun unda mustaqillik, shaxsiy pozitsiya, qattiy maslak, dunyoqarash va ularni tadbiq qilish imkoniyati mavjud bo’lishi shart. Jaxon psixologiyasi fanidagi bixeviorizm, geshtalt, assotsianizm, psixoanaliz, vyurtsburg maktabi, psixogenetik, emprizim, kognitivizim, gumanistik psixologiya va boshqa yo’nalishlarning ilmiy metologik, ilmiy nazariy xamda amaliy jixatlaridan nuqson qoldirmasdan, balki ularning eng oqilona, taraqqiyparvar tomonlarini amaliyotga tadbiq etish tavsiyanomasini ishlab chiqish zarur. Jaxon psixologiyasida yaratilgan metodlar, metodikalar, testlar, anketalar, zamonaviy apparatlar, labaratoriya mashg’ulotlari o’tkazish instruktsiyasi, trening, kompyuter dasturlari, praktikum, psixologik kabinetlardan foydalanish uslubi, darslik va qo’llanmalarni maxalliy sharoitga moslashtirish va ularni sinab ko’rishni keng yo’lga qo’yish orqali insonning muayyan xususiyatlarini to’la ochish imkoniyatiga erishish. Psixologiyaning predmeti va ob’ekti mavxum shaxs, xodisa, xulq-atvor, faoliyat va muamalaga qaratilmasligi, balki real inson, ma’lum yosh, aniq jins xususiyatlari yuzasidan ma’lumot berishga yo’naltirilganligi ayni muddaodir. Ana shu jarayondagina tabiatga va jamiyatga munosabatni shaxs bilan, favqulotdagi vaziyat bilan uzviy bog’lab o’rganishimkoniyati yaratiladi. Nazariy muammoni amaliy turmush bilan aloqasini oqilona tushuntirish va yaqqol namuna keltirish orqali ularga sharx berish talqinni jonlantiradi, talabani insoniy fazilat, xislat va sifatlardan andoza olishga yetaklaydi. Psixologiya soxalarining xar birida xam markaziy timsol inson shaxsi bo’lganligi uchun ularning o’rtasida qonuniyat, shart - sharoit xususiyaitlari shu insonga sistemali yondoshishni taqozo qiladi. Mazkur yondoshish shaxsning ko’p qirralarini turlicha vaziyatlarda ro’y berish orqali aniqlanishi u to’g’ridagi ishonchliroq ma’lumot olish sharoitini yuzaga keltiradi. Millatlararo aloqani izchil ravishda foydalanish sari yetaklaydi. Psixologiya fani quyidagi uch printsip asosida ish olib boradi: Determinizm printsipi. Ong va faoliyat printsipi. Psixikaning faoliyatida taraqqiy etish printsipi. Psixologiya pritsiplari mavzusini o’qitishda determinizm va uning determinatorlari, ong va faoliyat birligida uzviylik, uyg’unlashuv, o’zaro taqozo etuvchanlik xususiyatlari to’qrisida, taraqqiyotning psixologik tabiati, unda ob’ektiv va sub’ektiv shart - sharoit xamda omillar, uning bosqichlari o’sish (biologik), rivojlanish (psixologik), kamolot (shaxslilik), taraqqiyot (ijtimoiy psixologik) yuzasidan dolzarb, yaqqol muammolar moxiyati Bilan bog’lab axborot berish fanning tadbiqiyligini kuchaytirishga xizmat qiladi. Ong va uning psixologik tavsifi to’g’risida ma’lumot berilayotganda inson ongli mavjudot deyish bilan cheklanmasdan, balki u ongsizlik, ongostlilik va onglilik xolatlarining munosabatlari funktsiyalari o’zgarishi, ularning o’zaro uzluksiz ravishda o’rin almashtirib turishni ta’minlanishini ta’kidlab o’tish muammolardagi ayrim chigalliklarga barxam beradi. Aks ettirishning yuqori darajasi bo’limni o’z-o’zini anglash muayyan bosqichlar orqali tavsiflanishi, ya’ni o’tmishdagi «Men», xozirgi «Men», bo’lgusi «Men», ideal «Men», dinamik «Men» shakllari o’ziga xos xususiyatlari namoyon bo’lish xossalari, xarakatlantiruvchi kuchlari; mexanizmi, qonuniyatlari bilan tafovutlanadi, lekin ular uzluksiz jarayon sifatida bir - biri bilan uyg’unlasha boradi. Psixikani aks ettirishning biosferaviy munosabatlar nazariyasi favqulotda yuz beradigan murakkab xususiyatli, ba’zida g’ayritabiiy (sirli) xodisalarni tushuntirishda imkoniyati cheklanganligi ko’zga tashlanmoqda. Lekin bunday vaziyatni ilmiy jixatdan taxlil qilib berish mutlaqo zarur va bu borada noosferaviy yondoshishga murojaat qilish, fazoviy aloqalar negizida qisqa muddatli sun’iy «miya» vujudga kelish imkoniyati to’g’risidagi farazlar «idrok maydoni», muvaqqat imkoniyat maydoni uzluksiz zanjir reaktsiyasi kabi prognostik nazariyalarga asoslanib, ishonchli dalillarga suyanib izox berish, tinglovchilar extiyojini qondirish - psixologiya predmetiga nisbatan barqarorlashtiradi. Ta’limjarayonida quyidagi xolatlarga e’tibor berish o’qitishni takomillashtiradi: -inson psixologiyasidagi biologik va sotsiologik tabiati xal etishda psixik taraqqiyotning o’ziga xos xususiyatlari roli. - klassik va hozirgi zamon psixologiyasi fanida reduktsionizm asoratining mavjudligi: - miya asixik taraqqiyot qonuni - psixik rivojlanishni - genetik tekshirishning asosiy printsipi sifati ekanligi: -psixik taraqqiyotdan faoliyatning internorizatsiya va eksteriorizatsiya hodisalarini tushuntirishdagi xilma-xillik. Hozirgi kungacha psixologik bilimlarning manbai xisoblangan darsliklar va o’quv qo’llanmalari bayoniy xususiyatga ega bo’lib, Download 23.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling