• o'qitish jarayonida ta'limda, o'quvchilarni rivojlantirish va tarbiyalashni uzviy birlikda amalga oshirib boorish
Oliy maktabda o'qitish tamoyillari:
• oliy ta'limning bo'lajak mutaxassis shaxsini rivojlantirishga qaratilganligi;
• zamonaviy oliy o'quv yurti ta'limini fan (texnika), ishlab chiqarish (texnologiya) zamonaviy va kelajakdagi rivojlanish an'analari mazmuniga ega bo'lishi;
• oliy o'quv yurtida o'quv jarayoni umumiy, guruhU va individual shakllarda tashkil etishning optimal umumlashganligi;
• mutaxassislarni tayyorlashning turli bosqichlarida o'qitishning zamonaviy metod va vositalarini qo'llash;
• mutaxassislarni ularning kasbiy faoliyati aniq sohasida talablarga javob bera oladigan qilib tayyorlash, ularning raqobatga* bardosh bera olishlarini ta'minlash.
Zamonaviy oliy ta'limning muhim elementi metodologik tayyorgarlik hisoblanadi. Fan va amaliyotning rivojlanishi axborotlar oqimining rang-barangligi shaxsda barcha zarur narsalarni o'zlashtirish va egallab olishga kuch va imkoniyat etmaydi. Shuning uchun u shunday o'quv materialini o'zlashtirishi kerakki, uning hajmi qisqa bo'la turib uni yuqori ma'lumotlar bilan qurollantirsin va ikkinchi tomondan, keyinchalik bir qator sohalarda muvaffaqiyatli ishlashiga imkon bersin. Bu yerda oliy o'quv yurtida ilmiy bilimlarni tanlab olish masalasi paydo bo'ladi. Lekin buning o'zi yetarli emas. Shu bilan birga talabalarda umumiy intellektni, turli vazifalarni hal etish qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish muhim bo'lib qoldi. Oliy o'quv yurtlarida o'qitishning o'ziga xos alohida tamoyillari mavjud:
• oliy o'quv yurtidan keyin amaliy ishlashi uchun zarur bo'lgan bilimlarga o'qitish;
• talabalarning yoshi, ijtimoiy — psixologik va individual xususiyatlarini hisobga olish;
• ta'lim va tarbiyani kasbiy yo'naltirilganligi;
• ta'limni fan, ijtimoiy va ishlab chiqarish faoliyati bilan uzviy bog'lanishi
Do'stlaringiz bilan baham: |