2-mavzu: Sharq mamlakatlarida ilk psixologik
fikrlarning paydo bo’lishi
Reja:
1. Idealizm va materializm 2. Qadimgi Xindistonda Vedalar maktabi 3. Xitoyda psixologik fikrlarning paydo bo’lishi 4. Eramizdan avvalgi 5-6 asrlarda psixika xaqidagi tasavvurlar
Idealizm (fr. idealisme) – idealizm: falsafaning bosh masalasida – ongning borliqqa munosabati masalasida materializmga qarama-qarshi o’laroq ong, ruh, birlamchi, moddiy dunyo, borliq esa ikkilamchi, ong, sezgi, tasavvur va tushunchalarning mahsulidir deb da’vo qiluvchi g’ayri ilmiy falsafiy oqim.
Idealistlar materialistlarga qarama-qarshi o’laroq, psixika tan bilan yashirin yo’sinda birlashgan, inson o’lgach, tanani tashlab «narigi dunyoga», g’oyalar dunyosiga ketib, u yerda abadiy yashaydigan moddiy bo’lmagan qandaydir ilohiy substansiya yoki mohiyatning namoyon bo’lishidir deb tushunadilar.
Materializm (lot.materialis– moddiy) materializm falsafasidagi ikki asosiy oqimdan biri, ya’ni idealizmga qarama-qarshi o’laroq, birdan bir ilmiy, tarixan progressiv dunyoqarashdir. Falsafa tafakkurning borliqqa munosabati haqidagi bosh masalasini hal qilishda materializm, dunyo o’z tabiatiga ko’ra moddiydir, materiya, tabiat, borliq, inson ongidan tashqari unga bog’lik bo’lmagan holda mavjuddir, material birlamchi hamda sezgilarning manbaidir, ong esa ikkilamchi, hosila narsadir, dunyoni va uning qonuniyatlarini to’liq bilish mumkin, deb ta’lim beradi.
Materializm falsafiy oqim sifatida eramizdan bir qancha asrlar avval qadimgi Xindiston, Xitoy va Gresiyada paydo bo’lgan.
Eramizdan avvalgi bir necha ming yillar ilgari Sharqda qadim sivilizasiyalar – Misr, Xindiston Xitoy sivilizasiya tarkib topgan. Ulardagi g’oyalar asosida zamonaviy fanlar rivojlanadi.
Miloddan avvalgi bir necha ming yillikning o’rtalarida Hindiston va Xitoyda 2-ming yillikda paydo bo’lgan. «Veda» matnlariga asoslanadi. Vedalarning yakuni sifatida keyinchalik er.av I-ming yillikda Upanishadalar paydo bo’ldi. Ularda ruh muammosi ko’proq etik muammo sifatida shaxsni yetuklikka erishishning nuqtai nazaridan tahlil qilindi va qabul qilingan umumiy g’oyalar, ya’ni ruhning uchib yurishi uning abdiyligi ushbu manbalarda o’z aksini topdi. Shu asosda er.av. 3 asrda jaddizm va buddizm dini ta’limotining mazmuni shakllandi, yo’nalishi ham ruhiy hodisalar-ning tana bilan bo’lgan munosabatiga doir o’z qarashlarini ifoda etdi. Jaddizmda tana ruh erkinligini sababchisi deb ta’riflangan bo’lsa, Buddizmda umuman ruhni alohida sifatda inkor etdi. Keyinchalik paydo bo’lgan Sanya Vedanta, Yoga, Milansa falsafa maktablari ham ruhni o’rganishga metofizik etik tomondan yondoshdilar. Vedantada Upanishadagi idealistik g’oyalar ilgari surildi. Ularda Ataman va Braxman haqida fikr yuritildi. Bu fikrga ko’ra ruh doim tananing intilishlari va xissiy kechinmalari ortida yashiringan bo’ladi. Qat’iy intizom orqali ruh bulardan xolos bo’lib, Adabiy Braxman darajasiga yetadi. Yoga ta’limotida esa haqiqiy yuksaklikka erishish uchun psixik faoliyatga to’sqinlik qilayotgan tomonlarni bartaraf qilish kerak bo’ladi deyiladi. Buning uchun yogalar maxsus 8 olamni: avval tana xarakatlarini (nafas olish gavda harakatlari /keyin psixik aktlar/ diqqat tafakkurini/ boshqarish uslublarni ishlab chiqqan. Yogalar tomonidan ishlab chiqilgan sezgi chegaralarida narsalarni idrok etish, ko’rish gallyusinasiya, idrok illyuziyasi xindlarning psixologik ta’limotida katta o’rin egalladi.
Hind adabiyotida qadimdan idrokning 2 xil shakli: noaniq (nirvikalka) va aniq (sarvikalka) farqlangan. Noaniq idrok sensor, narsa hodisaning sezgi a’zosi bilan kontaktga kirishi orqali idrok qilinishi. Vedanta maktabining namoyondlari noaniq hyech qanday individualligi ham, umumiyligi ham bo’lmagan xissiy kechinmalar yigindisidir, deb ta’kidlaydilar. Aniq idrok bo’lingan nutq strukturasida namoyon bo’luvchi idrok bo’lib, buddistlarning ta’kidlashicha, u idrok emas, chunki unga aql ta’sir etadi. Nutq har xil belgilardan tashkil topganligi uchun idrok etilayotgan obrazni xiralashtiradi. Mimansa maktabining tarafdorlari vedantistlarni ham buddistlarni ham, tanqid qilgan holda noaniq idrok 2 belgiga - umumiy va spesifik belgilarga ega ekanligini ta’kidlaydi. Umumiy belgi ko’pchilik individual obyektlarga taalluqli bo’lsa, spesifik idrok faqat berilgan obyektlarga tegishlidir. Noaniq idrok qilinishi mumkin emas, chunki buning uchun uning boshqalaridan ajratishga to’g’ri keladi. Lekin bu obyekt umumiy belgi sifatida ham idrok qilinmaydi, chunki buning uchun u boshqalar bilan birlashtirilishi kerak. Bunga esa faqat nutq hisobida erishish mumkin. Chunki nutq narsalarga xos belgilarni ajratishi ham birlashtirilishi ham mumkin degan xulosaga keldilar. Buni maktab namoyondalari «Reallik» va «Illyuziya» deb atardi. Mimansa maktabining faylasufi Bxata organ va tashqi obyekt o’rtasidagi munosabat bilan belgilandi. Agar bu munosabat qandaydir sabab bilan buzilsa, idrok illyuzior bo’lib qoladi. Buning sababi sifatida Bxatta: 1) pereferik (sezgi a’zosidagi) va 2) markaziy (manas) qismdagi buzilishni ko’rsatadi. Gallyusinasiya ham xuddi shunday paydo bo’ladi. Tush ko’rish ham gallyusinasiyaning turidir.
Psixik hayot davomida o’tish davrlari muammosi g’arbiy yevropa faylasufini ko’proq qiziqtirdi. Hyech kimni xindlar kabi «men» muammosi bunchalik ko’p o’ylantirmagan masalan, lakata ma’lumotida umuman «men» muammosi inkor qilinadi. Ular shunga asoslanadiki, sezgi a’zolarimiz bizga «men» haqida hyech narsani ma’lum qilmaydi. Xulosa chiqarish yo’li bila olingan ma’lumotlar esa noto’g’ri bo’lishi ham mumkin.
Qadimgi xitoy tibbiyot manbalari (er. av. 8 asrga oid «Ichki olam haqidagi kitoblar»)dan ma’lum bo’lishicha, bosh organ «tana knyazi» bu yuksak bo’lib, hayotiy jarayonlar asosan xavosimon Si elementi bilan bog’liq. Tanadagi boshqa elementlar bilan aralashib, Si fiziologik jarayonlarni va psixik fe’lni bajaradi deb hisoblangan. «Yurak fikrni xarakatlantirgani uchun u fikrimiz asosi jigar esa xissiyotlarimiz asosidir» deb ta’kidlaydi, qadimgi xitoy tabiblari. Tabiblar o’sha davrdayoq temperament haqidagi ma’lumotni yaratdilar. Bu ma’lumotga ko’ra temperament 3 ta element: Xavosimon SI elementi, qon va balg’amning miqdoriga bog’liq bo’ladi.
1. Agar qon ko’p bo’lsa: odam kuchli yo’lbarsdek jasur bo’ladi.
2. Agar SI elementi ko’p bo’lsa: odam maymun kabi beqaror, xarakatchan bo’ladi.
3. Agar shilimshiq ko’p bo’lsa, odam kamxarakat sust bo’ladi.
Xuddi Xindistonda bo’lgani kabi er. av. I-ming yillikning o’rtalarida paydo bo’lgan Xitoy falsafasi maktablari o’zining etik yo’nalishi bilan ajralib turadi. Shunday maktabning eng yirigi Lao—Szi asos solgan maktab hisoblangan.
Lao-szы jahon falsafasining durdonasi bo’lmish o’zining «Dao SZIN» asarida «dao» yo’l, ya’ni baxt saodatga erishishi uchun borishi kerak bo’lgan yo’l haqida yozadi.
Konfusiylikda uning asoschisi Konfusiy birinchi bo’lib irsiy va hayotda orttirilgan narsalar masalasini ko’tarib chiqdi. Uning fikricha odam o’z tabiatiga ko’ra mehribon mavjudot, uni tashqi muhit buzadi. Uning zararli ta’sirini yengish uchun inson yetuklikka erishish kerak. Konfusiyning bunday qarashlari uning izdoshi MESZЫ davom ettirgan. Lekin Konfusiyda yana bir oqim SYuNZ SZЫ asos solgan oqim paydo bo’ldi. Unda aksincha odam o’z tabiatiga ko’ra badjahl bo’lib, mehribonlik bu tarbiyaning natijasidir. Axir bunday bo’lmaganda odamni tarbiyalashga hojat qolmas edi-ku! Axir o’zingda bor narsaga, intilib nima qilasan. Inson xarakteri kulol loydan yasagan ko’zaga o’xshaydi deb ta’kidlanadi SYuNZ SZЫ tomonidan.
Xitoydagi materialistik oqimning yirik namoyondasi Van Chun edi. U o’zining mashhur «Tanqidiy mulohazalar» nomli asarida tabiatshunoslik va medisinaning o’sha davrdagi - yutuqlari asosida diniy teologik g’oyalarni tanqid qiladi. Tabiat qonunlari inson ruhiyatini bilishda birdan bir xitoylik mutafakkir FAN ChJEN ham o’z davrida ilgari surdi. U ruhning abadiy emasligi aksincha moddiy tananing funksiyasi bo’lgani uchun ajralmasligi va u bilan birga yo’qolishi o’z traktida yozgan «Tana, – deb yozadi u, – ruhning materiyasi, ruh tananing funksiyasidir. Materiya uchun ruh pichoqdek o’tkirdir, o’tkirlik bu pichoq emas. Pichoq mavjud bo’lmay o’tkirlik bo’lishi mumkin emas. Xuddi shunday ravishda tana o’lib ruh qolishi mumkin emas» – deb ta’kidladi FAN ChJEN. Shu bilan birga u ruh faqat ma’lum tarzda tuzilgan materiyaga xos ekanligini aytib o’tdi.
Ma’lumki, er.av. 4-5 asrda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi jamiyatning tabaqalanishi va quldorlik davlatlarining paydo bo’lishiga olib keldi. Bu davlatlarda ruhning abadiyligini, u tanani tark etib bemalol xarakatlanib yurishi mumkinligini ta’kidlovchi diniy ideologiya hukmron edi. Shu bilan birga bizgacha yetib kelgan manbalarda nafaqat diniy balki tabiiy bilimlarning asoslari ham ta’riflangan. Narsa va hodisalarni teologik, mifologik jihatdan tushuntirishga xarakat qiluvchi tasavvurlar asta-sekin rasionalizasiyaga uchrab yangi tushunchalar bilan almasha boshladi. Xudo xali ham oliy hukmron bo’lib hisoblansa-da, odam hayotiga o’tkaziladigan ta’siri haqidagi qarashlar avvalgidan o’zgarib bordi. Er. av. 4 asr oxiriga oid Misrdan topilgan «Memfis teologiyasining yodgorligi» psixik-faoliyatga berilgan ta’rif fikrimizni tasdiqlaydi. Unga ko’ra bu dunyoning arxitektori Ptax xudosidir. U ko’z, quloq, burun, sezgi a’zolarini yurakka xabar berish uchun yaratgan. Yurak orqali berilgan xabarni til takrorlaydi xalos. Albatta bugungi kun bahosi bilan bunday fikrlar ibtidoiy bo’lib hisoblanadi. Ularda «periferiya - markaz» munosabatida dastlabki elementlari ko’zga tashlandi. Shu tariqa teologik dunyoqarash doirasida ba’zi narsalar haqidagi tasavvurlar o’zgarib boradi. Buning asosiy sababi qadimgi sharq tibbiyotining yutuqlari hisoblanadi.
Mustahkamlovchi savollar
Idializm va materialzm oqim tarafdorlarining fikrlaridagi farqlar nimada?
Qadimgi Hindiston va Xitoydagi psixologik fikrlar
Do'stlaringiz bilan baham: |