«psixologiya tarixi» fanidan o’quv-metodik majmua samarqand – 2016


-mavzu: Ong haqida tushuncha Reja: 1. Ong haqida tushuncha


Download 0.57 Mb.
bet7/11
Sana04.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1164039
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Psixologiya tarixi majmua

6-mavzu: Ong haqida tushuncha


Reja:

1. Ong haqida tushuncha

2. Ongning tuzilishi

3. Ongning muhim psixologik ta’rifi

4. Ong va ongsizlik


Psixika voqyelikning kishi miyasida aksi sifatida har xil darajalar bilan farqlanadi. Psixikaning odamga xos bo’lgan oliy darajasi ongni tashkil etadi. Ong psixikaning, uni, yaxlit bir holga keltiruvchi shakli bo’lib kishining mehnat faoliyatida, boshqalar bilan (til yordamida) doimiy muloqot qilish jarayonida shakllanishini ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlari natijasi hisoblanadi. Shu ma’noda ong, olimlarning ta’kidlashicha, (ijtimoiy mahsul) bo’lib, anglagan borliqdan buyuk boshqa narsa emasdir.


Ongning tuzilishi, uning muhim psixologik ta’rifi qanday? Uning birinchi ta’rifi nomining o’zidayoq berilgan bo’lib ong deganidir. Kishining ongi bizning tevarak atrofimizni qurshab turgan olam haqidagi bilimlar majmuasidan tarkib topdi. «Ongning yashash usuli va ong uchun nimaningdir borligi - bilimdir». Shunday qilib, ongning tuzilishiga muhim bilish jarayonlari kiradiki, ular yordamida odam o’z bilimlarini doimo boyitib boradi. Bu jarayonlar qatoriga sezgilar va idrokni, xotirani, xayol va tafakkurni qo’shish mumkin. Sezgilar va idrok yordamida miyaga ta’sir o’tkazuvchi qo’zg’atuvchilarning bevosita aks etishi natijasida ongda borlikning o’sha lahzada kishi tasavvurida hosil bo’lgan xissiy manzarasi gavdalanadi. Xotira ongda o’tmish obrazlarini qaytadan gavdalantirsa, xayol ehtiyoj obyekti bo’lgan, ammo hozirgi paytda yo’q narsaning obrazli modelini hosil qiladi. Tafakkur umumlashgan bilimlardan foydalanish yo’li bilan masalaning hal etilishini ta’minlaydi. Aytib o’tilgan psixik bilish jarayonlaridan istalgan birining batamom barbod bo’lishi u yoqda tursin, buzilishi yo izdan chiqishi ham ongning barbod bo’lishiga olib keladi.
Ongning ikkinchi ta’rifi - unda subyet bilan obyekt o’rtasida aniq farqlanishning o’z ifodasini topishi, ya’ni odam «men» degan tushunchaga nima tegishli ekanini aniq biladi. Tirik organizmlar dunyosi tarixida birinchi bo’lib unda ajralib chiqqan va o’zini atrof muhitiga qarama-qarshi qo’ygan inson o’z ongida ushbu qarama-qarshilik va tafovutni saqlab kelmoqda. Jonli mavjudotlar ichida uning o’zigina o’zini bilishga, ya’ni psixik faoliyatini o’zini tadqiq etishga yo’naltirishga qodirdir. Odam o’z hatti-xarakatlarini va umuman o’zini-o’zi ongli ravishda baholaydi. «Men»ning «men emas»dan ajratishi har bir kishi bolaligida boshdan kechiradigan yo’l bo’lib, uning o’zini-o’zi anglashi jarayonida yuz beradi.
Ongning uchinchi ta’rifi - odamning maqsadni ko’zlovchi faoliyatini ta’minlashdir. Faoliyatning maqsadlarini yaratish ongning funksiyasiga kiradi. Bunda faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab chiqiladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi, harakatlarni bajarishning qanday borishi hisobga olinadi, unga tegishli tuzatishlar kiritiladi va hokazo.
Inson tabiat tomonidan berilgan narsaning formasini o’zgartirish bilangina cheklanmaydi, tabiat tomonidan berilgan narsalar bilan birga o’zining ongli maqsadini ham amalga oshiradi, bu maqsad, qonun sifatida, kishining ish usulini va bu ishning xarakterini belgilab beradi va kishi o’z irodasini ana shu maqsadga bo’ysindirishi lozim. Maqsadni ko’zlovchi faoliyatning amalga oshishida va yunalishida kasallik oqibatida yoki biron-bir boshqa sabablarga ko’ra har qanday buzilishning yuz berishini ongning buzilgani deb qaramoq kerak. Nihoyat ongning to’rtinchi ta’rifi - uning tarkibiga muayyan munosabatning kirganligidir. «Insonning muhitiga bo’lgan munosabati uning ongidir».
Kishi ongiga muqarrar ravishda his-tuyg’ular olami kirib keladi unda murakkab obyektiv eng avvalo odamni o’zi ham jalb etilgan ijtimoiy munosabatlar o’z aksini topadi. Bu o’rinda ham (jalb etilgan ijtimoiy) boshqa ko’pgina hollarda bo’lgani kabi patologiya normal ongning mohiyatini yaxshiroq anglab olishga yordam beradi. Ayrim ruhiy kasalliklarga chalinganda ongning buzilganligi aynan his-tuyg’ular va munosabatlar sohasidagi buzilish bilan belgilanadi:
Bemor bunga qadar behad sevgan onasini suymaydigan bo’lib qoladi, yaqin kishilari to’g’risida zarda bilan gapiradi va hokazo. Ongning yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha o’ziga xos xususiyatlari va shakllanishi va nomayon bo’lishining muqarrar sharti til hisoblanadi. Nutq faoliyati jarayonida odam bilimlar hosil qiladi, kishi dunyoga kelguncha qadar uning uchun insoniyat yaratib bergan, tilda mustahkamlab, unga yetkazgan inson tafakkuri boyliklari bilan o’z hayotini boyitadi. A.I Gersen shunday deb yozgan edi: «Har bir kishi ildizlari sol bo’lmasa odam ato zamonlariga borib yetadigan dahshatli shajaraga tayanadi: sohil bo’yidagi to’lqin kabi orqamizda butun boshli okean - butun bir dunyo tarixining shiddati his etiladi; shu daqiqada bizning miyamizda barcha asrlarning g’oyalari ...Til alohida obektiv sistematik unda ijtimoiy tarixiy tajriba yoki ijtimoiy ong aks etgandir. Konkret odam tomonidan o’zlashtirilar ekan, til ma’lum bir ma’noda uning real ongi bo’lib qoladi. Til - amaliy, haqiqiy ongdir, boshqalar uchun ham mavjud bo’lgan va xuddi shu tufayli men uchun ham mavjud bo’lgan ongdir...» - deb qayd etgan edi. Ong tushunchasi psixologiyada, psixiatriyada va boshqa fanlarda uning yuqorida keltirilgan asosiy ta’riflariga mos keladigan ma’noda ishlatiladi. Psixiatorlarni bemorda ong bor yoki yo’qligi, yo bo’lmasa buzilganligi masalalari doim qiziqtradi, shu tufayli ular ong deganda bemorning o’z o’ziga qayerdaligi, vaqt qachonligi, tevarak-atrofdagi vaziyat qandayligi to’g’risida o’z shaxsiy holati ham harakatlari haqida hisob berish imkoniyatlarni tushunadilar. Ong yaxshi saqlanib qolgan odam miyaga kelayotgan yangi axborotga o’zidagi mavjud bilimlarni hisobga olgan holda baho beradi va o’zini tevarak-atrofdagi muhitdan alohida ajratib, boshqa odamlarga va faoliyat vaziyatga nisbatan tarkib topgan munosabatlar sistemasini saqlab qoladi hamda ana shu barcha ma’lumotlar asosida o’z xatti-xaraktini idora qiladi. Ong ijtimoiy mahsul bo’lib, faqat odamlarga xosdir. Hayvonlarda esa ong bo’lmaydi. Psixikaning quyi darajasi ongsizlikdan iboratdir. Ongsizlik - kishini o’zini tuta olmaydigan qilib qo’yadigan ta’surotlar bilan bog’liq psixik jarayonlar harakatlar va holatlar yig’indisidir. Psixik holat sifatidagi ongsizlik voqyelikni aks ettirishini shunday bir shakli hisoblanadiki, bunda harakat vaqti va o’rnini mo’ljal qilish yaxlitligi yo’qoladi hatti harakatining nutq yordamida boshqarilishi buziladi. Ongsizlikka quyidagi psixik hodisalarni kiritish mumkin: Uyqu paytida yuz beradigan psixik hodisalar (tush ko’rish), sezilmaydigan, lekin haqiqatda ham ta’sir ko’rsatadigan qo’zg’atuvchilarga javob reaksiyalari: Oldinlari ong xarakat bo’lib lekin takrorlanaverib avtomatlashib ketgan va shunga ko’ra endilikda anglamaydigan bo’lib qolgan harakatlar faoliyatiga undovchi, ammo maqsad hissidan anglamaydigan ayrim moyillar va hokazo. Ongsizlik hodisalariga bemor kishining psixikasida ro’y beradigan ba’zi bir patologik hodisalarni anglash, ko’ziga yo’q narsalar ko’rinishi va shu kabilarni ham qo’shishi mumkin. Shularga asoslanib ongsizlikni onga qarama-qarshi deb hisoblash, uni hayvonlar psixikasiga tenglash-tirish noto’g’ri bo’lar edi. Ongsizlik - bu kishining xuddi ong kabi o’ziga xos psixik qiyofasidirki, u kishi miyasida borliqning yetarli darajada bir xil bo’lmagan qismlar aksi tarzida inson hayotining ijtimoiy shart-sharoitlari bilan bog’liq holda paydo bo’lgandir.
Mustahkamlovchi savollar

  1. Ong va ongsizlik.

  2. Ongnining tuzilishi

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling