Psixologiya yo’nalishi


Download 169.51 Kb.
bet3/5
Sana02.11.2023
Hajmi169.51 Kb.
#1740149
1   2   3   4   5
Bog'liq
Samatova Kamola kurs ishi umumiy

Mavzuning obyekti Jamiyatda turli xil qatlam va shaxslarning ijobiy fikr yuritish prinsplari hamda ijtimoiy boshqaruv va ijtimoiy kelib chiqishning psixologik tamoyillari hamda idrokning shaxslararo munosabatlarda individual tomonlari
Mavzuning predmeti Yoshlik davridan to yetuklik davriga qadar jamiyatda psixologik muhitning ijtimoiy munosabatlarda ma’naviyatning individual xususiyat fakturasini ilgari surish hamda shaxsning kognitiv rivojlanish progressini yanada rivojlantirish
Mavzuning yangiligi Jamiyatdagi shaxslarning kognitiv rivojlanish asoslarini ijobiy usullar bilan olib borilishi kognitiv jarayonlarning jamiyat taraqqqiyotidagi o’zaro ta’siri hamda jamiyat oldidagi chigalliklarning turli xil jabhalaridagi cheklovlar, ziyoli qatlamning munosabat tizimidagi o’rni belgilanib o’tilishi.

I.BOB. Shaxs ma’naviyatini rivojlantirishning psixologik tomonlari
Mamlakatimizning o’z mustaqilligini qo’lga kiritishi erkin fikrlaydigan, o’z-o’zini anglaydigan, jamiyat maqsad va manfaatlarini tushunib yetadigan, har tomonlama yetuk komil insonni tarbiyalash vazifasini davlat siyosati ustuvor yo’nalish qilib belgilandi. Uni amalga oshirish esa eng avvalo tarbiyalanuvchilarning ichki ruhiy ma’naviyatini boyitish va mustaqil dunyo qarashini shakllantirishni taqozo etadi. Xuddi ana shu vazifa «ma’naviyat»ni mustaqil mavzu sifatida o’rganishni ham kun tartibiga qo’ydi.
Shu ehtiyojdan kelib chiqib ohirgi «ma’naviyatning mohiyati, tushunchalari va rivojlanish qonuniyatlariga bag’ishlanib respublikamiz ziyolilari o’rtasida qizg’in munozaralar olib borilmoqda. Bunga sabab ma’naviyatning ko’p qirraliligi ekanligidir. U inson faoliyatining barcha qirralarini, uning yaqqol ko’zga tashlanuvchi zohiriy va yashirin, ichki ruhiy-botiniy tomonlarini xam qamrab olganligidadir. Hozirgi kunda ham munozaralar davom etmoqda va matbuotda ushbu mavzuga bag’ishlab ko’plab maqola va mulohazalar e’lon qilinmoqda, kitoblar chop etilmoqda.
Aslida ma’naviyat — insonni jamiki boshqa mavjudotlardan aj-ratib turgan eng baquvvat omil hisoblanadi. Inson — tabiatning, barcha mavjudotning gultoji deyilganda uning ushbu hislati, ya’ni yuksak ma’naviyat egasi bo’la olish imkoniyati nazarda tutiladi. Bu imkonni boshqa jonzotlarda ko’rmaymiz.
Moddiy narsalar odamga jismoniy oziq va quvvat bersa, ma’naviyat unga ruhiy oziq va qudrat bag’ishlaydi. Faqat moddiy jihatdan ta’minlanish bilan kifoyalanish — ongsiz va ruhsiz mahluqotlarga xos. Ma’naviyatga intilish esa ruh va o’sha egasi bo’lmish odamzotgagina xos fazilatdir. Ma’naviyat odamning ruhiy va aqliy olami majmui kabi murakkab ijtimoiy xodisadir.
Ma’naviyat juda keng qamrovli tushuncha bo’lganligi uchun xam, uni bir jumlada ifodalash nihoyatda mushkul.
Ma’naviyat ko’proq inson qalbiga, botiniy tomoniga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Shu ma’noda ma’naviyat inson qalbidagi ilohiy bir nur sanaladiki, bu ilohiy nur xech bir jonzotda yo’q. Ma’naviyat shunday sehrli tilsimki, uni tugal yechishga bashar qudrati yetmaydi. Shunday ekan, «ma’naviyat» tushunchasiga bir yo’la mukammal ta’rif berish murakkab hisoblanadi.
Shuning uchun «Manaviyat»ga ta’rif berishda Prezidentimiz Islom Karimovning nazariy qarashlariga, milliy qadriyatlarimizni, tarixiy va madaniy merosimizni tiklash borasidagi amaliy faoliyatlariga tayanishimiz, uni o’zimiz uchun dasturulamal qilib olishimiz maqsadga muvofiq. Yurtboshimiz «Turkiston» gazetasi muxbirining savollariga javoblarida, ma’naviyat xam borliq, tabiat, jamiyat kabi uzluksiz harakatdagi jarayon ekanligini, inson fikri, tafakkuri, his-tuyg’usi tinim bilmaganidek, ularning mahsuli bo’lmish ma’naviyat ham doimo o’zgarish va yangilanishda bo’lishini uqdirib: «Ma’naviyat avvalambor odamni ruhan poklanishga, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, inson ichki dunyosini, irodasini baquvvat, imon-etiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan kuch...» deb ta’riflagan edilar. Bu ta’rifda inson faoliyatining barcha ma’naviy qirralari qamrab olingan bo’lib, biz bundan buyon ma’naviyat haqida so’z yuritganimizda unga metodologik asos sifatida tayanamiz.
Keyingi paytlarda ma’naviyatga oid e’lon qilinayotgan maqolalarda, o’tqazilayotgan anjumanlarda «Ma’naviyat» tushunchasiga ta’rif berish, uning jamiyat, inson va millat taraqqiyotidagi o’rniga katta e’tibor qaratilmoqda xususan, «Vatan tuyg’usi» kitobining mualliflari «Ma’naviyat — jamiyatning, millatning va yoki ayrim bir kishining ichki xayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlashtiruvchi tushuncha», - deb ta’riflaganlar.
Bundan tashqari bir qator olimlarimiz anjumanlarda qilgan ma’ruzalarida «ma’naviyat — insondagi ahloq-odob, bilim, ilm, imon, ixlos va insoniyat kamoloti uchun ijobiy ta’sir qiluvchi tizim yoki ma’naviyat — insonning aqliy, axloqiy, ilmiy, amaliy, mafkuraviy qarashlar yig’indisi hisoblanib, diniy va dunyoviy qarashlarining aks etish darajasidir», deb ta’rif berib kelmoqdalar. A. Erkayevning fikricha, «Ma’naviyat — insonning ijtimoiy-madaniy mavjudot sifatidagi moxiyatidir, ya’ni insonning mexr-muruvvat, adolat, to’g’rilik, sofdillik, vijdon, or-nomus, vatanparvarlik, go’zallikni sevish, zavqlanish, yovuzlikka nafrat, iroda, matonat va shu kabi ko’plab asl insoniy xislatlari va fazilatlarining uzviy birlik, mushtaraklik kasb etgan majmuyidir».
M.Imomnazarov dastlab «Ma’naviyat inson qalbidagi ilohiy nur...», - deb yozgan bo’lsa, keyinchalik «Ma’naviyat — inson qalbida, ko’ngil ko’zgusida aks etgan haqiqat nuridir, deyilgan ta’rif darhaqiqat, so’fiyona ramziy ta’rifdir, zotan boshqacha ta’rif bu cheksiz mohiyatni cheklab qo’yadi», - deb yozadi. Ma’naviyat hodisasi asosan ikki ko’rinishda namoyon bo’ladi: shaxs ma’naviyati va millat ma’naviyati. Ma’naviyat ko’ngil ko’zgusidan taralgan nur, u inson qalbida yashiringan. Demak, ma’naviyatni tadqiq ètish aslida Shaxs ma’naviyatini o’rganishdan boshlanmog’i zarurdek ko’rinadi. Darhaqiqat, har bir insonning ma’naviy dunyosi o’ziga xos hududsiz bir olam. Ammo har bir inson muayyan bir jamiyatda, muayyan bir insonlar jamoasi ichida yashaydi, muayyan bir millatga mansub bo’ladi. Tabiiyki, har bir alohida inson o’sib-ulg’ayar ekan, unga atrof muhitida yashayotgan insonlarning ta’siri bo’ladi. Insonning ma’naviy kamoloti ayni shu muhitning ta’siridan boshlanadi. Har bir shaxs, o’zi buni chuqur idrok qiladimi, yo’qmi, qat’iy nazar, biror elat yo millatga mansub bo’lmay iloji yo’q, hech bir inson eldan butkul ajralib yashamaydi. Prezidentning g’oyatda hikmatli iborasi bilan aytganda, har bir inson “o’zini xalqining bir zarrasi deb sezgandagina, u haqda o’ylab, mehnat qilib yashagandagina ma’naviyat bilan tutashadi”1. Buning ma’nosi, shaxs ma’naviyati voqelikda millat ma’naviyatidan ayro, undan tashqarida bo’lmaydi. Shunday ekan, millat ma’naviyati haqida muayyan tasavvurga ega bo’lmay turib, alohida shaxs ma’naviyatini ham o’rganish imkondan tashqari. Agarchi, tarixan va nazariy jihatdan millat ma’naviyati, tom ma’noda olganda, ushbu millatga qaysidir bir tarzda aloqador hisoblanuvchi o’tmish, bugun va kelajakdagi barcha shaxslar ma’naviyatining majmuidan iborat bo’lsa-da, voqelikda har bir shaxs ma’naviyati millat ma’naviyatidan oziqlanadi, uning asosida kamol topadi. Shaxs ma’naviyati – har bir inson ruhidagi Borliq haqiqati bilan uyg’unlik darajasi. Bu uyg’unlik har bir shaxsning imoni, ilmi, mas’uliyati, mehri orqali namoyon bo’ladi va Vatan, Shaxs, Millat, Adolat, Haqiqat tuyg’ularida ifodalanadi.
Hech bir xalq dunyoda yakka yashamaydi, yolg’izlikda rivojlanmaydi ham. Elat va millatlar doimo o’zaro turlicha munosabatda bo’ladilar va tarix davomida bir-birlariga ta’sir o’tkazib, o’zlarini ham, o’zgalarni ham ma’naviy boyitib boradilar. Ammo hech qachon, hech bir xalq o’zligidan butkul kechib, boshqa xalq ma’naviyati hisobidan o’zini boyita olgan emas. Yakka bir shaxs butkul o’zga bir ma’naviy muhitda tarbiya topib, unga to’liq moslashishi mumkin. Bu inson tabiatiga xos narsa. Ammo bir xalq to’lig’icha o’zligidan kechib, o’zga xalq ma’naviy dunyosini qabul qilsa, demak, unday xalq yo’q bo’ladi, o’z ma’naviy qiyofasini yo’qotgan millat yo’qolgan millatdir. Shu sababli ham milliy mustaqillik poydevorini ma’naviy muctaqillik tashkil etadi, deymiz. Milliy ma’naviyatning takomili esa o’sha millatga mansub har bir shaxsning ma’naviy kamoloti bilan bevosita bog’liq va ushbu zaminga tayanib yuksaladi.

Download 169.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling