«Tasdiqlayman» rektor M. T. Xodjiyev 2022 yil
Download 47.21 Kb.
|
Sharq falsafasi sillabus 2022
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTAMAXSUS TA’LIM VAZIRLIGIGULISTON DAVLAT UNIVERSITETI«Tasdiqlayman» rektor __________M.T.Xodjiyev ____________2022 yil «SHARQ FALSAFASI» fanidan o’quv dasturi 6 semestr
Guliston-2022
FANNING MAQSADI VA VAZIFALARI. Mazkur ishchi o‘quv dasturi «Sharq falsafasi» fanining namunaviy dasturi asosida Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tayyorlangan hamda mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalash, uning dunyoqarashini boyitish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘zaro aloqadorligini tushunib yetadigan, ma’naviy jihatdan yetuk mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan. Sharq falsafasi kursining asosiy vazifasi Davlat standartlari talablariga binoan oliy malakali mutaxassis egallashi lozim bo‘lgan chuqur va mukammal bilim berish, manbalarni yaxshi biladigan, zamonaviy ilmiy-falsafiy usullar asosida ularni talqin eta oladigan mutaxassislar tayyorlashdan iborat. Bunda asosiy e’tibor, Sharq falsafasining asl milliy va ob’ektiv, umuminsoniy mohiyati va mazmuniga ko‘ra jahon falsafasining qonuniy, zaruriy tarkibiy qismi ekanligini isbotlab berishga qaratiladi. Yuqorida bayon etilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda ushbu «Sharq falsafasi» tahsili dasturi asoslarini rejalashtirganda nazariy-uslubiy va ma’naviy asoslarni chuqur va mukammal o‘zlashtirish hamda amaliy mashg‘ulotlarda uni mustahkamlash ko‘zda tutildi. Dastur mavzulari taqozo qiladigan asosiy manbalar, qo‘llanma va darsliklar, maxsus tadqiqot hamda asosiy adabiyotlar ro‘yxati tavsiya etildi. I.I. Fanning maqsadi: Sharq falsafasini o‘qitishdan maqsad ta’lim tizimi milliy dasturining asosiy g‘oyalaridan kelib chiqqan holda, bakalavrlarga Sharq falsafasi tarixining rivoji, hozirgi holati, insoniyat hayotida tutgan o‘rni, ijtimoiy fikr taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi haqida umumiy ilmiy tushunchalar berishdan iborat. I.2. Fanning vazifalari: O‘quv fanining vazifalari talabalarda turli Sharq falsafiy oqimlarning rivoji va yo‘nalishlari haqida to‘g‘ri xulosalar chiqara olish, falsafiy ta’limotlarni asosli tahlil qila olish ko‘nikmalarini, Sharq falsafasi bilan G‘arb falsafasining o‘zaro aloqalarini to‘g‘ri anglab yetgan holda ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat. Bu maqsadga erishishdan dastlab birinchi manbalar, to‘g‘ri va xaqqoniy, ilmiy tahlil qilingan adabiyotlar talabalar uchun dasturi amal bo‘lib xizmat qilishi kerak. Ushbu uslubiy dastur Sharq falsafiy tafakkur tarixining muhim bosqichlarini o‘z ichiga olgan. Download 47.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling