5-mavzu: KONFUTsIY VA KONFUTsIYChILIK TA’LIMOTI. DAOSIZM. LAO-SZI QARAShLARI VA “DAO DE SZIN” KITOBI
Talabalarda Qadimgi Xitoy falsafasining eng yirik vakillaridan biri bo’lgan Konfutsiy va konfutsiychilik ta’limoti, ushbu ta’limotdagi borliq, bilish va ijtimoiy adolatga oid g’oyalar haqida tushunchalar hosil qilish, shuningdek, talabalarda konfutsiychilik ta’limotining axloqiy g’oyalarini falsafiy mushohada qilish va amaliy xulosalar chiqarish ko’nikmalarini shakllantirish. Talabalarda Qadimgi Xitoyning yirik falsafiy maktablaridan bo’lgan Dao maktabining tashkil topishi va uning asoschilari, daosizm ta’limotining uch yirik maktabi va ulardagi falsafiy g’oyalar to’g’risida tushunchalar hosil qilish, shuningdek, talabalarda daosizmning tabiat va inson, insonning bosh hayotiy vazifasi, “tabiiy tartib” haqidagi g’oyalarini falsafiy mushohada qilish, nazariy va amaliy xulosalar chiqarish ko’nikmalarini shakllantirish.
A:1) 36-260; 2) 37-107. Q: 1;2;3;4;5.
6-mavzu: QADIMIY KOREYADAGI DINIY-MIFOLOGIK TASAVVURLAR VA DASTLABKI FALSAFIY QARAShLAR. QADIMGI YAPONIYADA DINIY-FALSAFIY TAFAKKUR
Talabalarda Qadimgi Koreyadagi ilk e’tiqodlar, diniy-falsafiy tafakkurning paydo bo’lish sabablari va zaminlari haqida, (mifologiya va shamanizm), Qadimgi Chosondagi dastlabki falsafiy qarashlarning mohiyati to’g’risida tushuncha hosil qilish, undagi dunyoning asosi to’g’risidagi, ruh to’g’risidagi qarashlarning o’ziga xos jihatlarini falsafiy tahlil qilish ko’nikmalarini shakllantirish. Talabalarda qadimgi Yaponiyadagi ilk e’tiqodlar, diniy-falsafiy tafakkurning paydo bo’lish sabablari va zaminlari haqida tushuncha hosil qilish, ularda sintoizmning sof yapon ta’limoti sifatida shakllanganligi va ilk yapon falsafiy tafakkurining o’ziga xos jihatlarini qiyosiy tahlil qilish ko’nikmalarini shakllantirish.
A:1) 6-35; 2) 11-36. Q: 1;2;3;4;5.
7-mavzu: MARKAZIY OSIYODA BUDDAVIYLIK, MONIYLIK VA MAZDAKIYLIK DINIY-FALSAFIY TA’LIMOTLARI
Talabalarda buddaviylik diniy-falsafiy ta’limotining Markaziy Osiyoga yoyilishi, uning ikki jihati to’g’risida tushuncha hosil qilish. Markaziy Osiyoda moniylik ta’limotining vujudga kelishi va uning falsafiy-ilohiy ta’limotini yoritib berish. Talabalarda Mazdak ta’limotidagi qadriyatlar mavzusining ko’tarilishi sabablarini falsafiy mushohada qilish ko’nikmalarini shakllantirish.
A:1) 36-260; 2) 37-107. Q: 1;2;3;4;5.
Do'stlaringiz bilan baham: |