"psixologiya"


Mashg’ulot uchun zaruriy uslubiy tavsiyalar va o’quv didaktik


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/175
Sana17.11.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1782737
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   175
Bog'liq
psixologiya

Mashg’ulot uchun zaruriy uslubiy tavsiyalar va o’quv didaktik 
 tarqatma materiallar 
1. Psixologiya so’zini eshitganingizda fikringizga qanday so’zlar iboralar 
keladi. Bunda biz aqliy xujum usulini qo’llaymiz. Aqliy xujum - g’oyalarni 
generasiya (ishlab chiqish) qilish metodidir. «Aqliy xujum» metodi biror 
muammoni yechishda talabalar tomonidan bildirilgan erkin fikr va 
mulohazalarni to’plab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadigan eng 
samarali metoddir. Aqliy xujum metodining yozma va og’zaki shakllari mavjud.
“Aqliy xujum” ishtirokchilari oldiga qo’yilgan muammo bo’yicha har qanday 
muloxaza va takliflarni bildirishlari mumkin. Aytilgan fikrlar yozib boriladi va 
ularning mualliflari o’z fikrlarini qaytadan xotirasida tiklash imkoniyatiga ega 
bo’ladi. Metod samarasi fikrlar xilma-xilligi bilan tavsiflandi va xujum 
davomida ular tanqid qilinmaydi, qaytadan ifodalanmaydi. Aqliy xujum 
tugagach, muhimlik jixatiga ko’ra eng yaxshi takliflar generasiyalanadi va 
muammoni yechish uchun zarurlari tanlanadi.
2. Psixologiyaning predmeti, inson hayoti va faoliyatidagi ahamiyati 
haqidagi fikrlar munozarasini «3x4» pedagogik texnologiya asosida tashkil 
etish uchun guruh 4ta kichik guruhlarga bo’linadi. Har bir gurux uchun bir 
varaq qog’oz olinib, unga psixologiyaning predmeti, inson hayoti va
faoliyatidagi ahamiyati haqidagi 3 tadan guruh fikrini yozishini hamda, bu 
fikrlar yozilgan qog’ozni (soat strelkasi yo’nalishi bo’yicha) keyingi guruhlarga 
o’zatish taklif etiladi. Keyingi guruh esa yana bu haqda uchta fikr bilan 
to’ldirishi va keyingi guruhga o’zatishi lozim. Shu tarzda davom etib, har bir 
qog’ozda 12 tadan fikrlar mujassam bo’lgach, guruxlar bu fikrlarni tahlil etib,
guruxning bir umumlashtirilgan fikrini bildirishlari talab etiladi.
3. Klaster (tarmoqlash) pedagogik texnologiyasi asosida psixologiyaning 
tarmoqlari sanab o’tiladi. Bu pedagogik texnologiyada talabalarga bir varaq 
qog’oz olib uning o’rtasiga psixologiyaning tarmoqlari deb yozish va uning 
atrofiga tarmoqlarning nomlarini, so’ngra psixologiya tarmoqlarining kichik 
tarmoqchalarini yozish taklif etiladi. Ushbu pedagogik texnologiya o’tilgan 
mavzuni mustahkamlash, yaxshi o’zlashtirish va mavzu bo’yicha 
tassavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.
4. Psixologiyaning amaliy o’rganish metodlari. Kichik guruhlarda 
ishlash uchun guruh 5 ta kichik guruhga bo’linada va ularga quyidagi tarqatma 
materiallar berilib, ushbu masalalar bo’yicha taqdimotlar tayyorlash topshiriladi.   

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling