"psixologiya"
Iroda akti va uning to’zilishi
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
Iroda akti va uning to’zilishi.
Irodaviy harakatlarning dastlabki boshlang’ich nuqtasi harakat maqsadining vujudga kelishi va shu maqsadning o’rtaga qo’yilishidir. Maqsad - kishining shu paytda kerakli va zarur deb topgan ish- harakatlarini tasavvur etishi demakdir. Maqsadni tasavvur qilish odatda, shu maqsadga erishish, istak-orzuni amalga oshirish yo’lidagi intilishga bog’liq bo’ladi. Masalan, kishi qiyin ahvolga tushib qolsa, shu ahvoldan bir amallab qutilishini o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Kishi shu vaziyatni ma’lum darajada o’zgartirish, bir nimaga barham berish, bir nima qo’shish va shu kabi maqsadlarni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Hatti-harakatni maqsad qilib qo’yish kishining mehnat faoliyati, kasb- koriga bog’liq bo’lgan vazifalariga va turmushdagi burchlariga qarab belgilanadi. Kishi jamiyatda, jamoada tutgan o’rni maqsad qo’yishga ta’sir etadigan muhim omil hisoblanadi. Kishida kelib chiqadigan ehtiyojlar darrov yaqqol tasavvur qilinadigan maqsad tarzida hosil bo’la qolmaydi. Ko’ngilda kechayotgan ehtiyoj va intilishlar turli darajada anglanishi va turlicha tasavvur qilinishi mumkin. Masalan, ehtiyoj va intilishlar ba’zan istak tarzida ko’ngildan kechadi. Istak shunday holatki, bunda odam o’ziga nimadir yetishmayotganini, nimanidir istayotganini his qilib turadi-yu, o’sha narsa nima ekanini yaxshi tasavvur qila olmaydi. Tilak intilishning shunday bosqichiki, bunda kishi harakat maqsadini anglab yetadi, lekin unga erishish yo’llari va vositalarini hali tushunib yetmaydi. Ehtiyoj yana kuchayib boraveradi. Natijada intilishi maqsadlaridan tashqari, uning yo’l, usul va vositalari ham asta-sekin anglashilib boradi. Intilishning bunday to’la anglanilgan bosqichi hohish deb aytiladi. Maqsadning va unga yetishish yo’llarining ma’qul va noma’qulligini belgilab beradigan hamma narsa ish-harakat motivlari deb aytiladi. Kishi nega boshqa bir maqsadni emas, balki xuddi shu maqsadni o’z oldiga qo’ymokda, shu maqsadga yetishmoq uchun boshqa yo’l va vositalar bilan emas, balki xuddi shu vositalar bilan ish ko’rishning sababi nima degan savolga javob motiv deb ataladi. Maqsadlarni, ularga erishish yo’llari va vositalarini tanlash jarayoni ba’zan ichki kurash xarakteriga ega bo’ladi. Bu kurashda turli kuch va jozibaga ega bo’lgan bir necha motiv maydonga chiqadi. Bu jarayon motivlar kurashi deb yuritiladi. Motivlar kurashi ko’pincha tafakkur bilan hissiyot o’rtasidagi kurashdan iborat bo’ladi. Bundan tashqari, bu burch hissi bilan unga 133 oid bo’lgan qandaydir boshqa shaxsiy his o’rtasidagi kurash tarzida ham namoyon bo’lishi mumkin. Maqsadga erishish yo’llari va vositalarini tanlash jarayoni, rejalashtirish motivlar kurashi bilan bog’langan bo’lib, qarorga kelish bilan tugaydi. Qarorga kelish muayyan bir maqsadni va shu maqsadga erishish yo’lidagi harakat usullaridan birini tanlab olish demakdir. Tez qarorga kelish sur’ati bir qancha sabablarga, jumladan, ehtiyojga, hal qiluvchi motiv kuchiga, vaziyatga, hissiyotga, tafakkur va hayolning taraqqiyot darajasiga, kishining turmush tajribasi va bilimlariga, dunyoqarashi, temperament va xarakteriga, boshqa kishilarning maslahati, buyrug’i, takliflariga bog’liqdir. Bundan tashqari, maqsadning ahamiyatliligiga, birorta qarorga keltiruvchi faoliyatning xarakteriga ham bog’liq bo’ladi. Qat’iyat faqat tezlik bilan qarorga kelishdagina emas balki, qarorni tez va dadil bajarishda ham zohir bo’ladi. Tezlik bilan qarorga kelish va uni belgilangan muddatda bajarish – qat’iyatni namoyish qilish demakdir. Qabul qilingan qaror mustahkam yoki bo’sh bo’lishi mumkin. Bir marta qabul qilinib, keyinchalik o’zgartirilmaydigan va ma’lum vaqt davomida albatta bajariladigan qaror qat’iy va mustahkam qaror deyiladi. Qaror qabul qilinsa-yu, keyin yo o’zgartirilsa, yoki boshqa yangi qaror bilan almashtirilsa, yoxud butunlay bekor qilinsa, bunday qaror bo’sh qaror deyiladi. Qat’iy va mustahkam qarorga kelish irodaning ijobiy xususiyatidir. Qaror unga muvofiq keladigan choralar ko’rish va harakat qilish uchun qabul qilinadi. Qarordan harakatga o’tishni qarorni ijro etish deyiladi. Irodaning eng muhim va asosiy bosqichi qarorni ijro etishdir. Odatda irodaviy harakatlar 2 xil: jismoniy va aqliy bo’ladi. Jismoniy harakatlarga har xil mehnat operasiyalari, o’yin va sport mashg’ulotlari va boshqalar kiradi. Aqliy harakatlarga esa masala yechish, yozma ishlar, dars tayyorlash, ilmiy tadqiqot ishlari olib borish kabilar kiradi Ko’p vaqt takrorlanib o’zlashib ketgan, ko’nikma va malakalarga aylangan harakatlar ham murakkab irodaviy harakatlardandir. Qarorni ijro etish, odatda, ma’lum vaqt, muddat bilan bog’liq bo’ladi. Qaror kechikmasdan, belgilangan muddatda ijro etilsa, bu irodaning ijobiy sifatidan dalolat beradi. Ammo qabul qilingan qaror hamisha bajarilavermaydi, ayrim hollarda esa o’z vaqtida bajarilmay qoladi. Ijrosi paysalga solinadigan yoki butunlay ijro etilmaydigan qarorlar niyatlar deb aytiladi. Bir qator hollarda qarorga kelish boshqa kuchli ehtiyojlarning ta’sirini zaruriy tarzda yengish bilan bog’liq bo’lgan jiddiy xarakterdagi ichki zo’r berish bilan bog’liq bo’ladi. O’zidagi qarshiliklarni yengish bilan bog’liq bo’lgan bunday jarayon irodaviy zo’r berish deyiladi. Irodaviy zo’r berish ongning, avvalo nerv-muskul apparatining maxsus zo’rikishida ifodalanadi va organizmning tashqi o’zgarishlarida namoyon bo’ladi. Bundan tashqari, zo’r berish uchun yana kuch sarflashga ham to’g’ri keladi. 134 Irodaviy zo’r berish va irodaviy harakat maqsadga erishish yo’lida uchraydigan to’siqlarni yengishda namoyon bo’ladi. To’siqlar esa ikki xil: ichki va tashqi to’siqlar bo’lishi mumkin. Irodaning navbatdagi bosqichi ijroga baho berish bo’lib hisoblanadi. Baho berish qilingan ishni ma’qullash, oqlash yoki qoralashdan iborat bo’ladi. Bu baho qabul qilingan qaror yoki bajarilgan harakatlardan mamnun bo’lish yoki mamnun bo’lmaslik tufayli kelib chiqqan maxsus hissiy kechinmalarda ifodalanadi. Demak, iroda insongagina xos noyob psixik jarayondir. U insonning ongli harakatlarida namoyon bo’ladi. Iroda tufayligina turli qarshiliklarni yengib o’z maqsadimizga erishamiz. Iroda juda murakkab to’zilishga egadir. U ko’plab harakat bosqichlarini o’z ichiga oladi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling