2-Amaliy mashg’ulot mavzusi: Psixika va ongning paydo bo’lishi va
taraqqiyoti. Psixikaning nerv-fiziologik asoslari
Reja:
1. Psixika va ong so’zlarini eshitganingizda fikringizga qanday so’zlar iboralar
keladi. (Aqliy xujum) - 10 daqiqa
2. Psixika va ongning farqi haqidagi fikrlar munozarasi (3x4 pedagogik
texnologiya asosida) - 25 daqiqa
3. Psixika va ongning paydo bo’lishi va taraqqiyoti. Psixikaning nerv-
fiziologik asoslari (Kichik guruhlarda ishlash metodi orqali) - 40 daqiqa
5. Darsga yakun yasash - 5 daqiqa
Mashg’ulot uchun zaruriy uslubiy tavsiyalar va o’quv didaktik
tarqatma materiallar
1. Psixika va ong so’zlarini eshitganingizda fikringizga qanday so’zlar
iboralar keladi (Aqliy xujum)
2. Psixika va ongning farqi haqidagi fikrlar munozarasi 3x4 pedagogik
texnologiya asosida tashkil etish uchun guruh 4ta kichik guruhlarga bo’linadi.
Har bir gurux uchun bir varaq qog’oz olinib, uning yuqori qismiga psixika va
ongning farqi haqidagi 3 tadan guruh fikrini yozishini hamda, bu fikrlar
yozilgan qog’ozni (soat strelkasi yo’nalishi bo’yicha) keyingi guruhlarga
o’zatish taklif etiladi. Keyingi guruh esa yana bu haqda uchta fikr bilan
to’ldirishi va keyingi guruhga o’zatishi lozim. Shu tarzda davom etib, har bir
qog’ozda 12 tadan fikrlar mujassam bo’lgach, guruxlar bu fikrlarni tahlil etib,
guruxning bir umumlashtirilgan fikrini bildirishlari talab etiladi.
3. Psixologiyaning amaliy o’rganish metodlari. Kichik guruhlarda ishlash
uchun guruh 4 ta kichik guruhga bo’linadi va ularga quyidagi tarqatma
materiallar berilib, Ushbu masalalar bo’yicha taqdimotlar tayyorlash
topshiriladi. Takdimot tayyorlash uchun 20 daqiqa va har bir gurux taqdimoti
uchun 4 daqiqadan Taqdimotlar muhokamasi uchun 4 daqiqa ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |