"psixologiya"
– guruh uchun tarqatma material
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
2– guruh uchun tarqatma material.
Hayvonlarning instinktiv harakatlari, ko’nikmalar va aqliy (intellektual) hatti-harakatlari Asalarida yana ham murakkabroq instinktlarni ko’ramiz. Ma’lumki bir asalari uyasida tuxum qo’yadigan katta ona ari, bir nechta erkak ari va juda ko’p ishchi arilar bo’ladi. Eng murakkab qiliqlar ishchi arilarda bo’ladi. Ular 144 yoshi o’zgara borishi bilan oilada turli ishlarni bajaradi: uy tozalaydi, lichinkalarni ovqatlantiradi, uy quradi, ovqat yig’adi, eshik oldida qorovullik qiladi. Yosh hayvonlar instiktiv harakatlarini kuzatganimizda ularning hati- harakatlari Hech qanday o’rgatishsiz yuz berishini, ya’ni ota-bobolarining harakatlarini o’z-o’zidan takrorlab ketaverishini ko’ramiz. Lekin yoshlarning harakatlari kattlarinikiga nisbatan bir muncha yomonroq bo’ladi. Nasldan o’tgan harakatlar pragrammasini aniq bajarish asosida va tajribaning ortishi tufayli instinktlar o’sib boradi. Harakatlarning instinktiv shakli faqat bug’imoyoqlilarda emas, balki barcha o’mirtqali hayvonlarda (baliq, anfibiya, qush va xashoratlarda) ko’rish mumkin. Ularda jinsiy, ovqatlanish, himoyalanish instinktlari ko’plab uchraydi. Shunday qilib hayvonlarning instinktiv harakatlarini 4 guruhga bo’lish mumkin: Ovqatlanish instinkti – hayvonlarning o’z va bolasi uchun ovqat qidirib topish, ovqat g’amlash harakatlari. Himoyalanish instinkti - hayvonning o’z hayotini va omonligini saqlash harakatlarida ifodalanib, u ikki ko’rinishda sodir bo’lishi mumkin. Birinchisi, dushmanga xujum qilish, ikkinchisi, o’zini himoya qilish. Har bir hayvon o’zini dushmandan saqlash uchun biror organidan (shoxlari, tuyoqlari, tish- tirnoqlari, tikonlari kabi) yoki zaharli suyuqlikdan foydalanadi. Masalan, afrika kobrasi o’z zaharini 3, 5 m masofaga ota oladi. Nasl qoldirish instinkti. Bu ota-onalik instinkti sifatida ko’rinib nasl-avlod uchun g’amxo’rlik qilish, uni ma’lum vaqtgacha ovqat bilan ta’min etish, hav- xatardan saqlash, o’z bolalarini parvarish qilish tug’ma mahoratiga ega bo’lib, o’z naslining kelajagi haqida g’amxo’rlik qiladi. To’da bo’lib yashash instinkti. Bu instinkt hayvonlarining turli usullar bilan o’zaro aloqa qilishida, xilma-xil shaklda birgalashib, tudalashib, poda bo’lib, gala bo’lib yashashlarida zoxir bo’ladi. Yuqori darajadagi hayvonlarda birinchi o’rinda yangi, bir muncha plastik, ya’ni sharoitga qarab o’zgara oladigan hatti-harakatlar chiqadi. Ular olamni ancha keng aks ettirish imkoniyatini beradi. Hayvonlar taraqqiyotining qanchalik yuqori bosqichida tursa ular turli muvvaqat bog’lanishlarni shunchalik tez xosil qiladilar. Olamni aks ettirishning bundan keyingi bosqichi individual hayot tajribalari asosida hosil qilingan bir muncha murakkab, shu bilan birga, plastik harakatlar tufayli bo’ladi. Individal plastik harakatlar uchun muhitni, shu paytdagi sharoitni analiz va sentiz qilish xosdir. Ayniqsa sut emuzuvchilar sharoitni ancha yaxshi taxlil qila oladilar va o’zgargan muhitga o’z harakatlarini moslashtira oladilar. Yuqori darajadagi hayvonlarda instinktiv harakat bilan bir qatorda tez o’zgaruvchan individual harakatlar – malakalar va faxm bilan aloqador harakatlar ham mavjud bo’ladi. B.Keller maymunning harakatlarini batafsil kuzatib «Yuqori darajada tashkil topgan hayvonlar sharoitni analiz qilish asosida faxm bilan aloqador harakatlar qila oladi» degan xulosaga kelgan. Keyinchalik amerika psixologi 145 Iyerks, avstriya psixologi K.Byuler, gollandiyalik psixolog Boytendayk ham maymunlar bilan tajribalar o’tkazib yuqoridagi fikrni tasdiqladilar. Hayvonlardagi faxm bilan aloqador harakatlarni o’rganish masalasi bilan rus olimlari ham shug’ullangan. Bu ishni dastlab zoopsixolog-darvinist olim V.A.Vagner boshlab bergan edi. Keyinchalik esa I.P.Pavlov, N.N.Ladigina- Kots, N.Yu.Voytonis, G.Z.Roginskiy, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontyev kabi olimlar bu ishni davom ettirdilar. Ayniqsa Ladigina-Kotsning shimpanze bolasi bilan psixikasining rivojlanishi ustida o’tkazgan tadqiqotlari butun jahonga mashxurdir. Rus olimlarining kalamushlar, tovuqlar, qarg’a, it va maymunlar ustida olib borgan tadqiqotlari hayvonlarda psixikaning rivojlanish bosqichlari, ularda ko’nikmalar hosil bo’lishi va faxm bilan aloqador harakatlar qila olishini bilishda juda katta ahamiyatga ega bo’ladi. Odamsimon maymunlar ko’plab faxm bilan aloqador harakatlar qila olishda boshqa hayvonlar ichida alohida o’rinda turadi. Masalan, odamsimon maymunlarning bir turi primatlar boshqa sut emizuvchi hayvonlarga qaraganda faqat ovqat manbalarinigina emas, balki hamma turdagi narsalarni timirskilab, tekshirib ko’rishga juda ustadir. Bunday qiziqishni I.P.Pavlov «sabotli», «beg’araz qiziquvchanlik», «sinchkovlik impulsi» deb atagan edi. Maymundagi ana shu xususiyat, buning ustiga ularda ko’zning yuksak darajada taraqqiy qilganligi ularning idrok doiralarini beqiyos ravishda kengaytiradi, tajriba boyliklarini nihoyada oshirib yuboradi va ko’nikmalarning tarkib topishida, murakkab harakat shakllarining vujudga kelishida boshqa hayvonlarga qaraganda unga keng imkoniyatlar yaratadi. Boshqa hayvonlarga qaraganda maymunlarda tekshirish refleksining kuchliligi ulardagi qo’l tipidagi oyokning mavjudligidir. Chunki ular «qo’l» yordamida tevarak-atrofdagi narsalar bilan juda murakkab munosabatlarga kirishish imkoniyatiga egadir. Shuning uchun ularda boshqa hayvonlarda bo’lmagan vaqtli bog’lanishlar ko’plab xosil bo’ladi. Hayvonlar ham o’zaro munosabatda bo’ladilar va bir-birini tushunadilar. Hatto ganglioz nerv sistemasiga ega bo’lgan hayvonlar ham katta-katta galaga uyushib hayot kechiradi. Chumolilarning tili yanada murakkabdir. Olimlarning o’tkazgan tadqiqotlaridan ma’lum bo’lishicha, chumolilar bir-birini juda yaxshi tushunar ekan. Bunda ular topgan o’ljasi, xavf-xatar va boshqa ko’p extiyojlari haqida bir-birini xabardor qiladi. Xo’sh, ular qanday qilib gaplashadi? Ko’pchilik olimlar chumolilarning o’zaro aloqa qiladigan asosiy tili – kimyoviy til bo’lsa kerak, deyishadi. Chumolilar kaysi tomonga yurishini, xavf-xatarni va boshqa signallarni hidli modda chiqarish bilan ma’lum qiladi. Kimyoviy signallar chumolilarning bir- biri bilan aloqa qilish yo’llaridan biri xolos. Umuman olganda, bu xashoratlarning «nutqi va aloqa vositalari xilma-xil». Ganlioz nerv sistemasiga ega bo’lgan hayvonlarning turli qiyofada turishlari, tovush signallari, hid tarqatishlari, har xil usulda suykalishlari ularda til vazifasini o’taydi. 146 Xasharotlarning tudadagi yalpi hatti-harakatlari maqsadga muvofiqligi va uyg’unligi bilan kuzatuvchini hayratda qoldiradi. Lekin ularning bu harakatlari negizida axborot oluvchi hayvonlarning bir xildagi reaksiyalari yotadi. Ularning reaksiyalarida zarracha ham anglash, axborotlarni qayta ishlash hollalarini mutlaqo uchratmaymiz. Hayvonlar tili qanchalik murakkab va xilma-xil bo’lmasin, ular bir-birini qanchalik yaxshi tushunmasin, hayvonlar «tili» da bitta eng muhim narsa yetishmaydi, u ham bo’lsa hayvonlar tili tajriba almashish va o’z tajribasini keyingi avlodga meros qilib berish vositasi bo’la olmaydi. Ana shunisi bilan hayvonlar tili insonlar tilidan tubdan farq qiladi. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, psixikaning taraqqiyoti nerv sistemasining taraqqiyoti bilan chambarchas bog’liq ekan. Odamning nerv sistemasi esa bosh miya va uning qobiq qismi shakllanganligi bilan belgilanadi va unda psixikaning eng yuksak ko’rinishi – ongning paydo bo’lganligini ko’rsatadi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling