"psixologiya"
– guruh uchun tarqatma material
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
4– guruh uchun tarqatma material. Inson psixikasi va hayvon psixikasining farqlari. Ongning sifatlari Inson psixikasi hayvon psixikasidan o’zining quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi: 1. Inson o’zi anglagan zaruratga ko’ra ongli hatti-harakat qilish qobiliyatiga ega. 2. Odamning hayvondan ikkinchi farqi uning qurollarni yaratishga va saqlashga layoqatli ekanligidir. Hayvonlar ham qurol yasashi mumkin, lekin ular qurolni odamlar singari birgalashib, jamoa bo’lib yasashmaydi. 3. Inson psixik faoliyatining ajralib turadigan uchinchi belgisi ijtimoiy tajribaning biridan ikkinchisiga o’tkazilib turishidir. 4. His-tuyg’ulardagi tafovut hayvon bilan inson o’rtasidagi to’rtinchi juda muhim tafovut bo’lib hisoblanadi. His-tuyg’u ikkisida ham bor. Faqat inson boshqa kishining g’am-g’ussasini va quvonchini birgalikda baham ko’ra oladi, faqat odamgina tabiat manzaralaridan zavqlanadi. 5. Inson psixikasining hayvon psixikasidan eng muhim farqi ularning rivojlanish shart-sharoitlarida ko’rinadi. Agar hayvonlar psixakasining o’sishi biologik qonunlar asosida ruy bersa. Inson tajribani o’zlashtirmasdan, o’ziga o’xshaganlar bilan muloqotda bo’lmasdan turib uning ongi rivojlanmaydi. Masalan, Amola va Kamola. Shunday ekan, inson ijtimoiy munosabatlar maxsulidir. Ongning mohiyatini to’g’ri tushunish uchun uning tuzilishini ko’rib chiqish lozim. Ong quyidagi to’rt muhim psixologik xarakteristika bilan aniqlanadi. 148 I. Ongning birinchi xarakteristikasi uning nomida aks ettirilgan: ong, anglash. Inson ongi tevarak-atrof, tashqi va insonning o’zining ichki dunyosiga oid bilimlar to’plami, yig’indisidan iboratdir. Agar inson tashqi olam va o’zi ichki dunyosi xaqida bilimlarni o’zlashtirish va anglashdek muhim xususiyatdan mahrum bo’lganda, unda Hech qanday bilim va ong shakllanmagan bo’lar edi. Bizning bilimlarimiz ongning birlamchi asosini tashkil qiladi. Bilimlar turli psixik jarayonlar ( sezgi, idrok, diqqat va h. k. orqali o’zlashtiriladi, xotirada saqlanadi, tafakkur jarayonida tahlil qilinadi) yordamida o’zlashtiriladi va boyitib boriladi. Bilish jarayonlaridan birining bo’zilishi, kasallanishi ongning bo’zilishiga olib keladi. II. Ongning ikkinchi xarakteristikasi - unda subyekt va obyekt o’rtasidagi farq o’z ifodasini topadi. Boshqacha qilib aytganda inson o’zini boshqalardan va tashqi olamdan farqlaydi, unda "men" va "men emas" tushunchasi mavjud. Odam organik olam tarixida birinchi marta undan ajralib chiqdi va o’zini tashqi olam, tevarak- atrofdagi muhitga qarshi qo’ydi. Bunday xususiyatning paydo bo’lishining natijasi insonning o’z-o’zini bilishi va o’zligini anglashida, o’z-o’zini baholashida aks etadi. Insongina o’zining tashqi olamdan, predmetlardan, boshqa kishilardan farqini, ustunligi va kamchiliklarini anglay oladi. Shunday anglash va taqqoslash kishining shaxs sifatida rivojlanishining asosini tashkil qiladi. Nafaqat alohida shaxsning, balki millatning, xalqning rivojlanishi ham uning o’zligini anglashi bilan bog’liq. III. Ongning uchinchi xarakteristikasi - maqsad qo’yish va maqsadga yo’nalganlik bilan belgilanadi. Har qanday faoliyat maqsadini aniqlash ongning funksiyasi. Har qanday faoliyatni amalga oshirishda maqsad qo’yiladi, faoliyat motivlari yuzaga keladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi, harakatlarni bajarish yo’llari ishlab chiqiladi va sharoitni hisobga olgan holda zaruriy to’zatishlar kiritib boriladi. Ma’lum sabablar ta’sirida maqsad ko’zlash yoki uni boshqarish, koordinasiya qilishdagi bo’zilishlar ongning bo’zilishiga olib keladi. IV. Ongning to’rtinchi xarakteristikasi - unda odamning ma’lum munosabatlari aks etishida. Inson o’z atrofida bo’layotgan voqyealarga, obyektiv borliqqa, o’z faoliyati va uning natijalariga adekvat munosabatda bo’ladi. Bu munosabat uning his-tuyg’ularida nomoyon bo’ladi. His-tuyg’ular va munosabatlarning o’zgarishi, noadekvatligi ongning bo’zilishidan darak beradi. Til, o’zaro munosabatlar, faoliyat ongning yuqorida ko’rsatilgan barcha sifatlarining tarkib topishining zaruriy sharoiti hisoblanadi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling