"psixologiya"
-guruh uchun tarqatma material
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
3-guruh uchun tarqatma material
Shaxs shakllanishi va taraqqiyoti. Shaxs ijtimoiy, konkret – tarixiy sharoitlarda yashashi, ta’lim-tarbiya olishi tufayli tarkib topadi. Shaxs taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi nimadan iborat? Bu masalani hal qilish yuzasidan psixologiya tarixida ikkita oqim mavjud bo’lib, ulardan birinchisi shaxs psixik taraqqiyotining biogenetik konsepsiyasi, ikkinchisi esa sosiogenetik konsepsiyasidir. Biogenetik konsepsiyaga ko’ra inson shaxsining taraqqiyoti biologik faktor, ya’ni nasliy faktor bilan belgilanadi. Bu konsepsiyaga ko’ra, odam psixik faoliyatining shakllarigina emas, balki bu faoliyat shakllarining mazmuni ham go’yo tug’ilishidan peshonasiga yozib qo’yilgan emish, odamning psixik taraqqiyot bosqichlari va ularning yuzaga kelish tartiblari avvaldan belgilanib qo’yilgan emish. Biogenetiklar pedagoglardan bolada taqdir yo’li bilan qanday shaxsiy sifatlar yuzaga kelishini bilib turishni, lekin ularning yuzaga kelishiga qarshilik qilmaslikni, aksincha yordam berishni talab qiladilar. Sosiogenetik konsepsiya shaxsning taraqqiyotini uning atrofidagi ijtimoiy muhitga bog’lab tushuntiradilar. Ularning aytishicha «odam ijtimoiy muhit nusxasidir». Sosiogenetik ham biogenetiklar singari rivojlanayotgan odamning shaxsiy faolligini inkor qiladilar. Odam faqat atrofidagi muhitga moslashadigan, passiv rol o’ynaydigan mavjudot deb qaraydilar. Agar sosiogenetik konsepsiyani to’g’ri deb bilsak, u holda nima sababdan ba’zi holda bir hil muhitda har hil odamlarning yetishib chiqishi tushunib bo’lmaydigan masala bo’lib qoladi. Shaxs taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchlar muammosini hal qilishda dialektika ta’limotiga asoslanish lozim. Shaxsning faolligi odamni anglangan yoki anglanmagan motivlarining murakkab sistemasi orqali faoliyatga undovchi ehtiyojlar yig’indisiga bog’liqdir. Biroq ehtiyojlarni qondirish jarayoni ichki qarama–qarshiliklarga ega bo’lgan jarayondir. Odatda ehtiyojlar paydo bo’lishi bilanoq qondirilmaydi. Ehtiyojlarni qondirish uchun moddiy vositalar, shaxsning faoliyatga ma’lum darajada tayyor bo’lishi, bilimlar, ko’nikmalar va shu kabilar zarurdir. Shaxs taraqqiyotida irsiyat va muhitning rolini to’la inkor qilib bo’lmaydi, balki har ikkisining ham ma’lum darajada o’z o’rni bor. Lekin shaxs taraqqiyotini belgilovchi asosiy omil ta’lim–tarbiya bo’lib hisoblanadi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling