"psixologiya"
– guruh uchun tarqatma material
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
2 – guruh uchun tarqatma material.
So’rov metodi. Bu uslubning ikki turi mavjud. 1. Intevyu (suhbat) ya’ni sinaluvchi bilan yuzma-yuz savol-javob qilish orkali utkaziladi. Intervyu - bu bevosita, erkin fikr almashinuvi sharoitida o’zaro fikr almashinuviga qaratilgan muloqotdir. Chunki suhbatdan farqli o’laroq intervyu aniq muammo doirasida, qat’iy bir yo’nalishda olib boriladi. Intervyu oluvchi suhbatdoshga nisbatan neytral mavqyeda bo’lib, uning fikrlashiga xalaqit bermasligi, ayniqsa, unga taz’yiq o’tkazmasligi lozim. Intervyu jarayonining samarali kechishi uchun 138 suhbatdoshda o’ziga nisbatan ijobiy munosabat shakllantirib, birinchi so’zlarni aniq, ravon, ifodali bayon qilish muhimdir. Intervyu o’tkazishga odam maxsus ravishda tayyorgarlik ko’rishi kerak, chunki u odamdan qator muhim sifatlarning bo’lishini talab qiladi. Shuning uchun ham psixodiagnostikada «rolli o’yinlar» metodi yordamida psixodiagnost yoki amaliy psixolog maxsus tayyorgarlik kursidan o’tadilar. Suhbat o’rganish uslubi sifatida qo’llanilganda oldindan suhbat maqsadi va asosiy savollar mazmunini aniqlab olish zarur. Suhbat davomida o’zaro samimiylikni ta’minlab, o’quvchini ochiq suhbatga tortaolish orqali uning ichki dunyosi, oiladagi muhit to’g’risida, o’quvchining qiziqishlari va qadriyatlari xaqida qimmatli ma’lumotlar olish mumkin. 2. Anketa metodi. Ma’lum qoidalar asosida tuzilgan savollar to’plami anketa deb ataladi. Mana shunday ma’lum mantiqiy bog’lanishga ega savollar tizimi orqali kishilarning fikr, mulohazalirini, munosabatlarini, qiziqish va kadriyatlarini o’rganish anketa o’tkazish usuli deyiladi. Anketalar o’z ichiga olgan savollar mazmuni, vazifasi va shakligan qarab har xil bo’lishi mumkin. Anketadagi savollar mazmun jihatidan faktlarga («Bo’sh vaqtlardagi mashg’ulotlarni», «Oilaning va yashash sharoitning haqida»). Atrofdagi odamlar ularning fikrlari va xodisalarga («Nima uchun, sening fikringcha, ko’pchilik o’quvchilar bor kuchini o’qishga sarflamayaptilar?») qiziqish va niyatlariga («Qanday kasb egasi bo’lishni xoxlaysan?») taaluqli bo’lishi mumkin. Savollar yo’naltiruvchi, aniqlovchi va sinaluvchi rostgo’yligini nazorat qiluvchi vazifalarini bajarish mumkin. Savollar shakli jihatidan ikki xil bo’lishi mumkin. «Ochiq» savollar ya’ni anketadagi savollarga javoblarning variantlari bo’lmaydi, sinaluvchi savollarga erkin shaklda javob berishi mumkin; 2. «Yopiq» savollar ya’ni savollarga mumkin bo’lgan javob varianlari tayyor holda berilgan bo’ladi. (ha, yo’q, bilmayman va shu kabi boshqa javob variantlari). Sinaluvchi shu javoblardan birini tanlashlari zarur. Anketa savollari quyidagi talablarga javob berishlari lozim: «Yopiq» savollar faqat bir xil ma’nodagi javoblarga mos bo’lishi (ha, yo’q, bilmayman) yoki barcha mumkin bo’lgan javob variantlarini ko’zda tutishi kerak; O’zining xususiyatini va xulq-atvorini axloqiy yoki ijtimoiy baholashni talab qiladigan savollar berish maqsadga muvofiq emas. Masalan: «Siz. O’zingizni o’ziga juda ishonadigan yoki o’ziga ishonmaydigan kishi deb hisoblaysizmi? Bu savolni boshqacharok tuzish mumkin. Masalan «Qiyin vaziyatni boshingizdan kechirgandan keyin, biror narsani shunday qilishim kerak edi, lekin kilmadim deb ko’p uylaysizmi? Savollar qisqa, aniq, mazmun yorkin, o’quvchilar uchun tushunarli bo’lishi zarur. O’quvchining bir psixologik xususiyatini aniqlash uchun bir nechta savollar kiritilishi kerak. Chunki ular sinaluvchining savollariga samimiy (rost) javob berishini nazorat qilish imkoniyatini tug’diradi. Anketaning boshlanishida yengil, oson savollar, keyin asosiy va qiyin savollar o’rtasida, yakunlovchi qismida sosial, demografik (yoshi, jinsi, sinf, 139 millati va boshqa) xususiyatlarini aniqlovchi asosan murakkab bo’lmagan savollar joylashtirilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Anketa metodining afzallik tomonlari ko’p. Bu uslub orqali bir vaqtning o’zida ko’p kishini o’rganish mumkin. Qisqa vaqt ichida ma’lumot olish va olingan ma’lumotlarni yengil va mazmun jihatidan qayta ishlash imkoniyati mavjud. Shuning bilan birgalikda anketa orqali o’quvchi shaxsini barcha tomonlarini chuqur o’rganish qiyin. O’quvchilar yoki yuqori ma’suliyat bilan javob bermasligi mumkinligini ham hisobga olish zarur. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling