"psixologiya"
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
140 4 – guruh uchun tarqatma material. Eksperiment metodi. Psixologiya fanining asosiy metodalaridan biri bo’lib, ma’lum ilmiy va pedagogik taxminlarni tajriba asosida tekshirib ko’rish uchun o’tkaziladi. Psixologik eksperiment tadqiqotchining o’rganilayotgan faoliyat yoki sinash vaziyatiga faol aralashuvi mumkinligini nazarda tutadi. Tadqiqotchi psixologik fakt aniq namoyon bo’lishiga, uning eksperimentchi xoxlagan yo’nalish bo’yicha o’zgartirilishiga, har jihatdan tadqiq qilish uchun bir necha marta takrorlanishiga imkon beradigan shart sharoit yaratadi. Eksperiment metodining uchta turi mavjud: Laboratoriya tabiiy va shakllantiruvchi (pedagogik) eksperiment. Shulardan keyingi ikkitasi o’qituvchilar tomonidan keng qo’llanilishi mumkin. Laboratoriya eksperimenti sun’iy sharoitda, maxsus asbob-uskunalar yordamida o’tkazilsa, tabiiy eksperiment o’quvchilar uchun tabiiy bo’lgan o’yin, o’qish, mehnat vaziyatlarida o’tkaziladi va o’quvchilar o’zlarining ustida sinash o’tkazilayotganligini bilishmaydi. Uzoq muddatga esda qoldirish samaradorligi o’quvchilaga beriladigan ko’rsatmaga bog’liqligini tadqiq qilish tabiiy eksperimentga misol bo’la oladi. O’quvchilardan bir guruhiga 15 tadan iborat tasodifiy so’zlar yoki sonlar qatori yodlash uchun taqdim qilinadi. Bu o’quvchilarga ushbu material ertaga so’ralishi to’g’risida ko’rsatma beriladi. Boshqa bir guruhda shu so’zlar yoki sonlar qatorini yodlash so’raladi. Lekin bu o’quvchilar guruhiga material qanday yodlanganligini bir xaftadan keyin tekshirilish to’g’risida ko’rsatma beriladi. Haqiqatda esa har ikkala guruh o’quvchilaridan esda olib qolingan material ikki xaftadan keyin so’raladi. Tajriba natijalari solishtirib tabiiy eksperiment orqali o’quvchilarga eslab qolish uchun beriladigan ko’rsatma mazmuning ahamiyati haqida xulosaga kelinadi. Shakllantiruvchi (pedagogik) eksperiment ma’lum bir shaxs xususiyatini shakllantirishga yoki o’zgartirishga yo’nalgan bo’ladi. Bunday eksperimentga A.I.Lipkina tomonidan qo’llanilgan metodni misol sifatida keltirish mumkin. Ba’zan o’quvchining yaxshi o’zlashtirmasligining sababi, o’quvchi o’zini o’qishga nisbattan qobiliyatini past baholash mumkin. Bunday o’quvchilar «Men bari bir yaxshi o’qiy olmayman» deb yaxshi o’qishga harakat qilmaydi. Ularning o’zlashtirish darajasini yaxshilash uchun o’zlariga bergan bahosini o’zgartirish lozim. Shu maqsadda, ya’ni o’z-o’ziga bergan bahosining darajasini oshirish uchun o’qituvchi quyidagicha pedagogik tadbir qo’llashi lozim. O’qituvchi bunday o’quvchidan quyi sinfdan bir nechta «qoloq» o’zlashtirishi past o’quvchilarga «O’qituvchilik» qilishni iltimos qiladi. O’qituvchi quyi sinflarga o’tiladigan materialni o’quvchi bilishini, takrorlasa yanada yaxshi tushunib olishi mumkinligini uqtirib, har bir darsdan oldin o’zlashtirishda qiynalayotgan bolalarga qanday dars berish to’g’risida kerakli ko’rsatmatlar berib boradi. Har bir darsdan keyin o’quvchining muvaffaqqiyat va yutuqlarini ko’rsatib maqtaydi hamda minatdorchilik bildirib boradi. O’zlashtirishda qiynalayotgan quyi sinf o’quvchilar bilan muntazam mashg’ulotlar jarayonida «O’qituvchi» rolini bajarayotgan o’quvchi asta-sekin oldingi o’quv materialini o’zlashtirish bilan birga, o’zining yangi o’quv 141 materiallarini o’zlashtira olish qobiliyatiga ishonch shakllana boradi. Natijada o’qish qobiliyatiga nisbattan o’z-o’ziga bergan bahosining darajasi orta boradi. 7 Eksperiment metodining avzalligi shundaki bu uslub orqali nafaqat psixologik faktlarni tushuntirish, balki sabablarini, mexanizm va qonuniyatlarini tajriba asosida aniqlash, mavjud taxminlarning to’g’ri yoki noto’g’riligini tasdiqlash, yangi ta’lim tarbiya shakllarining, uslublarining samaradorligini sinab ko’rish mumkin. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling