"psixologiya"
Barcha guruhlar uchun tarqatma material
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 – guruh uchun tarqatma material.
136 Barcha guruhlar uchun tarqatma material. Psixologiyaning asosiy metodlari ASOSIY METODLAR Asosiy metodlarning variantlari KUZATISh METODI Tashqi (obyektiv kuzatish) Ichki (subyektiv, o’z-o’zini kuzatish) Erkin kuzatuv Standartlashtirilgan Guruh ichida kuzatish Guruh tashqarisida kuzatish SO’ROV METODLARI Og’zaki so’rov Yozma so’rov Erkin so’rov (suhbat) Standartlashtirilgan so’rov Sosiometrik so’rov TESTLAR METODI Test – so’rov Test - topshiriq Proyektiv test EKSPERIMENT Tabiiy. Laboratoriya. Shakllantiruvchi MODELLAShTIRISh Matematik modellashtirish Mantiqiy modellashtirish Texnik modellashtirish Kibernetik modellashtirish Jadvalda keltirilgan metodlar yordamida tadqiqotchi yoki qiziqqan shaxs u yoki bu psixik jarayon, holat yoki shaxs xususiyatlari to’g’risida birlamchi ma’lumotlar to’playdi, to’plangan ma’lumot yana tahlil qilinadi va maxsus tarzda ishlatilishi mumkin. 1 – guruh uchun tarqatma material. Kuzatish metodi Kuzatish kuzatish metodi eng sodda, odam xulq atvorining ko’rinadigan, faoliyatda namoyon bo’ladigan tomonlarini o’rganish uchun qo’llaniladigan uslubdir. O’z-o’zini kuzatish esa odam o’zida kechayotgan biror o’zgarish yoki xodisani o’zi o’rganish maqsadida ma’lumotlar to’plash va qayd etish usulidir. Kuzatish psixologik o’rganish uslubi sifatida oddiy kundalik hayotdagi kuzatishdan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi: Maqsadga yo’nalganligi. Kuzatish psixologik o’rganish usulubi sifatida qo’llanilganida, nima uchun ya’ni qanday maqsadda kuzatilayotganligi aniq bo’lishi va o’quvchini umuman kuzatish emas, balki uning ma’lum bir shaxs xususiyatining (masalan, temperamentning) har xil vaziyatlarda yoki faoliyatda namoyon bo’lishini kuzatish zarur. Oldinda rejalashtirilganligi. Kuzatishni boshlashdan oldin kuzatish vazifalarini (ya’ni nimani kuzatmoqchisiz) aniqlab kuzatish rejasi tuziladi. Bu rejada kuzatish rejasi, vositalari, kuzatishda hisobga olinadigan ko’rsatgichlar, 137 uchrashi mumkin bo’lgan qiyinchiliklar va ularning oldini olish masalalari o’z aksini topishi lozim. Kuzatish o’quvchilar uchun tabiiy sharoitda olib borilishi lozim. Obyektivligi. Kuzatish jarayonida o’qituvchi o’zining taxminlariga asoslanmasligi, o’ziga ko’rishini xoxlagan narsa yoki xususiyatlarni izlamasligi, balki faqat obyektiv faktlarini, o’quvchilarni haqiqiy namoyon bo’layotgan harakatlarini hisobga olish va shu faktlar natijasida ma’lum xulosalar qilishi lozim. Kuzatuvchilar soni 3-4 kishi bo’lsa, kuzatish natijalarining obyektivligi ortadi. Kuzatish natijalarini yozish kog’ozining mavjudligi kuzatish jarayonida olingan natijalar, albatta, kuzatish jarayonida yoki darhol undan keyin yozib borilishi lozim. Yozuvlar muayyan tartibda (ma’lum vaqt o’lchami bo’yicha) olib boriladi. Qulaylik uchun odatda kuzatish sxemalari va jadvallaridan foydalaniladi. Kuzatish uslublarining afzalligi shundan iboratki, kuzatish tabiiy sharoitda o’tkaziladi, u sodda maxsus apparatura va asbob uskunalar talab qilmaydi. Bu usulning kamchiligi – uzoq vaqt va anchagina mehnat talab qilishidir. Erkin kuzatuv ko’pincha biror ijtimoiy hodisa yoki jarayonni o’rganish maqsad qilib qo’yilganda qo’llaniladi. Masalan, bayram arafasida aholining kayfiyatini bilish maqsadida kuzatuv tashkil qilinsa, oldindan maxsus reja yoki dastur bo’lmaydi, kuzatuv obyekti ham qat’iy bo’lishi shart emas. Yoki dars jarayonida bolalarning u yoki bu mavzu yuzasidan umumiy munosabatlarini bilish uchun ham ba’zan erkin kuzatish tashkil etilishi mumkin. Standartlashtirilgan kuzatuv esa, buning aksi bo’lib, nimani, qachon, kim va kimni kuzatish qat’iy belgilab olinadi va maxsus dastur doirasidan chiqmasdan, kuzatuv olib boriladi. Ijtimoiy hamda pedagogik psixologiyada guruhiy jarayonlarning shaxs xulq-atvoriga ta’sirini o’rganish maqsadida bevosita ichkaridan kuzatuv tashkil qilinadi, bunda kuzatuvchi shaxs o’sha guruh yoki oila hayotiga tabiiy ravishda qo’shiladi va zimdan kuzatish ishlarini olib boradi. Umuman, kuzatish metodining ijtimoiy hayot, professional ko’rsatkichlarni qayd qilishda so’zsiz afzalliklari bor, lekin shu bilan birga kuzatuvchining professional mahorati, kuzatuvchanligi, sabr-qanoatiga bog’liq bo’lgan jihatlar, yana to’plangan ma’lumotlarni subyektiv ravishda taxlil qilish xavfi bo’lgani uchun ham biroz noqulayliklari ham bor, shuning uchun ham u boshqa metodlar bilan birgalikda ishlatiladi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling