"psixologiya"
– guruh uchun tarqatma material
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
3 – guruh uchun tarqatma material.
Test metodi. Test (ingliz tilidan olingan bo’lib sinash, tekshirish degan ma’noni bildiradi) standartlashgan sinash topshiriqlari savollari to’plami orqali psixologik xususiyatlar rivojlanishi yoki namoyon bo’lishini miqdori darajalarini aniqlash vositasidir. Bu uslub vositasida kishilarning aqliy rivojlanish darajasini, layoqat va qobiliyat rivojlanganlik darajasini, psixik holatlarini (masalan, charchoqlik, faollik), shaxsning o’z-o’ziga bahosi, emosional turg’unlik, intilish darajasi, temperamenti va shu kabi individual- psixologik xususiyatlarini kasbga layoqati, bilim, malaka, ko’nikmalarning shakllanganlik darajalarini aniqlash mumkin. Test metodini qo’llashda testlarning puxta va mukammal tuzilganligiga alohida e’tibor berish lozim. Chunki har qanday savollar va topshiriqlar to’plami ham test emas. Haqiqiy test ilmiy asoslangan o’lchash vositasi sifatida tuzilish jihatidan ma’lum ilmiy uslubiy qoidalarga bo’ysungan ishonchlilik hamda yaroqlilik talablariga javob berishi lozim. Testlar oxirgi paytda hayotimizga dadil kirib kelgan tekshiruv usullari sirasiga kiradi. Ular yordamida biror o’rganilayotgan xodisa xususida ham sifat, ham miqdor xarakteristikalarini olish, ularni ko’pchilikda qayta-qayta sinash va ma’lumotlarni korrelyasion analiz orqali ishonchlilikka tekshirish mumkin bo’ladi. Ayni testga qo’yilgan talab Hech qachon o’zgarmaydi, hattoki, shunday testlar borki, ular turli millat va elat vakillarida, turli davrlarda ham o’zgarmagan holda ishlatilaveradi. Masalan, Ravenning aqliy intellektni o’lchash, Kettelning va Ayzenkning shaxs testlari shular jumlasidandir. Testlar ichida proyektiv testlar deb nomlanuvchi testlar ham borki, testning asl maqsadi tekshiriluvchiga sir bo’ladi. Ya’ni shunday topshiriq beriladiki, tekshiriluvchi topshiriqni bajarayotib, nimani aniqlashi mumkinligini bilmaydi. Masalan, mashhur Rorshaxning «siyoh dog’lari» testi, yoki TAT (tematik appersepsion test), tugallanmagan hikoyalar kabi testlarda bir narsaning proyeksiyasidan go’yoki ikkinchi bir narsaning mohiyati aniqlanadi. O’sha 1921 yilda kashf etilgan «siyoh dog’lari» va ularga qarab tekshiriluvchining nimalarni eslayotganligi, dog’lar nimalarga o’xshayotganligiga qarab, uning shaxs sifatidagi yo’nalishlari, hayotiy tamoyillari, qadriyatlariga munosabati, ishni bajarish paytidagi emosional holatlari aniqlanadi. Bu testlar juda noyob, qimmatli, lekin uni faqat professional psixologgina qo’llashi va natijalarni mohirona tahlil qilishi talab qilinadi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling