"psixologiya"
- amaliy mashg’ulot mavzusi: Shaxs psixologiyasi
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
3- amaliy mashg’ulot mavzusi: Shaxs psixologiyasi. Reja: 1. Shaxs so’zini eshitganingizda fikringizga qanday so’zlar, iboralar keladi. (Aqliy xujum) - 5 daqiqa 2. Shaxsning tuzilishi. («Charxpalak» pedagogik texnologiyasi asosida) – 15 daqiqa 3. Shaxs xususiyatlarini psixogeometrik test orqali aniqlash bo’yicha amaliy mashq– 20 daqiqa 4. Shaxsning ustanovkalari. Kishining o’z-o’ziga baho berishi. Shaxs shakllanishi va taraqqiyoti. (Kichik guruhlarda ishlash metodi orqali) 35 daqiqa 5. Shaxs shakllanishi va kamoliga ta’sir etuvchi omillar (Aqliy xujum) - 5 daqiqa 149 Mashg’ulot uchun zaruriy uslubiy tavsiyalar va o’quv didaktik tarqatma materiallar 1. Shaxs so’zini eshitganingizda fikringizga qanday so’zlar, iboralar keladi. (Aqliy xujum) 2. Shaxsning tuzilishini o’rganish, bu haqida olingan ma’lumotlarni mustahkamlash va ushbu masala bo’yicha talabalar o’zlashtirishi saviyasini aniqlash uchun «Charxpalak» pedagogik texnologiyasini qo’llash mumkin. Buning uchun guruh 3 ta kichik guruhga bo’linadi. Xar bir guruhga oldindan tayyorlangan quyidagi didaktik tarqatma material beriladi. Uning yuqori qismiga chap tomonga guruh nomeri yoki shartli nomi, o’ng tomonga guruh a’zoloari belgilash uchun tanlagan belgi qo’yilishi va guruh muhokama qilib, jadvalning chap qismidagi 2 ustunda ifodalangan shaxs xususiyatlari qaysi tarkibiy qismga mos kelishini belgilash taklif etiladi. Bu belgilar qo’yilgan qog’ozni (soat strelkasi yo’nalishi bo’yicha) keyingi guruhlarga uzatish taklif etiladi. Keyingi guruh esa yana guruh fikri bo’yicha tegishli belgilar bilan to’ldirishi va keyingi guruhga uzatishi lozim. Shu tarzda davom etib, guruxlar fikrlari belgilangan qog’ozlar charxpalak singari guruhlar orasida aylanib bo’lgach, natijalar muhokamasi tashkil etiladi. Bunda jadvalning chap qismidagi 2 ustunda ifodalangan shaxs xususiyatlari qaysi tarkibiy qismga mos kelishi bo’yicha belgilashlarda qanday bandlarda farqlar mavjud bo’lsa, shu banddagi shaxs xususiyatlari qaysi tarkibiy qismga mansubligi muhokama etilib, umumiy bir to’gri xulosaga kelinadi. «Charxpalak» pedagogik texnologiyasini qo’llash uchun didaktik tarqatma material Quyidagi shaxs xususiyatlari qaysi tarkibiy qismga mos keladi? Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling