"psixologiya"


– guruh uchun tarqatma material


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/175
Sana17.11.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1782737
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   175
Bog'liq
psixologiya

2– guruh uchun tarqatma material.
Hayvonlarning instinktiv harakatlari, ko’nikmalar va aqliy (intellektual) 
hatti-harakatlari 
Asalarida yana ham murakkabroq instinktlarni ko’ramiz. Ma’lumki bir 
asalari uyasida tuxum qo’yadigan katta ona ari, bir nechta erkak ari va juda 
ko’p ishchi arilar bo’ladi. Eng murakkab qiliqlar ishchi arilarda bo’ladi. Ular 


144 
yoshi o’zgara borishi bilan oilada turli ishlarni bajaradi: uy tozalaydi,
lichinkalarni ovqatlantiradi, uy quradi, ovqat yig’adi, eshik oldida qorovullik 
qiladi.
Yosh hayvonlar instiktiv harakatlarini kuzatganimizda ularning hati-
harakatlari Hech qanday o’rgatishsiz yuz berishini, ya’ni ota-bobolarining 
harakatlarini o’z-o’zidan takrorlab ketaverishini ko’ramiz. Lekin yoshlarning 
harakatlari kattlarinikiga nisbatan bir muncha yomonroq bo’ladi. Nasldan o’tgan 
harakatlar pragrammasini aniq bajarish asosida va tajribaning ortishi tufayli 
instinktlar o’sib boradi.
Harakatlarning instinktiv shakli faqat bug’imoyoqlilarda emas, balki 
barcha o’mirtqali hayvonlarda (baliq, anfibiya, qush va xashoratlarda) ko’rish 
mumkin. Ularda jinsiy, ovqatlanish, himoyalanish instinktlari ko’plab uchraydi.
Shunday qilib hayvonlarning instinktiv harakatlarini 4 guruhga bo’lish 
mumkin: 
Ovqatlanish instinkti – hayvonlarning o’z va bolasi uchun ovqat qidirib 
topish, ovqat g’amlash harakatlari.
Himoyalanish instinkti - hayvonning o’z hayotini va omonligini saqlash 
harakatlarida ifodalanib, u ikki ko’rinishda sodir bo’lishi mumkin. Birinchisi,
dushmanga xujum qilish, ikkinchisi, o’zini himoya qilish. Har bir hayvon 
o’zini dushmandan saqlash uchun biror organidan (shoxlari, tuyoqlari, tish-
tirnoqlari, tikonlari kabi) yoki zaharli suyuqlikdan foydalanadi. Masalan, afrika 
kobrasi o’z zaharini 3, 5 m masofaga ota oladi.
Nasl qoldirish instinkti. Bu ota-onalik instinkti sifatida ko’rinib nasl-avlod 
uchun g’amxo’rlik qilish, uni ma’lum vaqtgacha ovqat bilan ta’min etish, hav-
xatardan saqlash, o’z bolalarini parvarish qilish tug’ma mahoratiga ega bo’lib,
o’z naslining kelajagi haqida g’amxo’rlik qiladi.
To’da bo’lib yashash instinkti. Bu instinkt hayvonlarining turli usullar 
bilan o’zaro aloqa qilishida, xilma-xil shaklda birgalashib, tudalashib, poda 
bo’lib, gala bo’lib yashashlarida zoxir bo’ladi. 
Yuqori darajadagi hayvonlarda birinchi o’rinda yangi, bir muncha plastik,
ya’ni sharoitga qarab o’zgara oladigan hatti-harakatlar chiqadi. Ular olamni 
ancha keng aks ettirish imkoniyatini beradi. Hayvonlar taraqqiyotining 
qanchalik yuqori bosqichida tursa ular turli muvvaqat bog’lanishlarni shunchalik 
tez xosil qiladilar.
Olamni aks ettirishning bundan keyingi bosqichi individual hayot 
tajribalari asosida hosil qilingan bir muncha murakkab, shu bilan birga, plastik 
harakatlar tufayli bo’ladi. Individal plastik harakatlar uchun muhitni, shu 
paytdagi sharoitni analiz va sentiz qilish xosdir. 
Ayniqsa sut emuzuvchilar sharoitni ancha yaxshi taxlil qila oladilar va 
o’zgargan muhitga o’z harakatlarini moslashtira oladilar. Yuqori darajadagi 
hayvonlarda instinktiv harakat bilan bir qatorda tez o’zgaruvchan individual 
harakatlar – malakalar va faxm bilan aloqador harakatlar ham mavjud bo’ladi. 
B.Keller maymunning harakatlarini batafsil kuzatib «Yuqori darajada 
tashkil topgan hayvonlar sharoitni analiz qilish asosida faxm bilan aloqador 
harakatlar qila oladi» degan xulosaga kelgan. Keyinchalik amerika psixologi 


145 
Iyerks, avstriya psixologi K.Byuler, gollandiyalik psixolog Boytendayk ham 
maymunlar bilan tajribalar o’tkazib yuqoridagi fikrni tasdiqladilar. 
Hayvonlardagi faxm bilan aloqador harakatlarni o’rganish masalasi bilan 
rus olimlari ham shug’ullangan. Bu ishni dastlab zoopsixolog-darvinist olim 
V.A.Vagner boshlab bergan edi. Keyinchalik esa I.P.Pavlov, N.N.Ladigina-
Kots, N.Yu.Voytonis, G.Z.Roginskiy, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontyev kabi 
olimlar bu ishni davom ettirdilar. Ayniqsa Ladigina-Kotsning shimpanze bolasi 
bilan psixikasining rivojlanishi ustida o’tkazgan tadqiqotlari butun jahonga 
mashxurdir. 
Rus olimlarining kalamushlar, tovuqlar, qarg’a, it va maymunlar ustida 
olib borgan tadqiqotlari hayvonlarda psixikaning rivojlanish bosqichlari, ularda 
ko’nikmalar hosil bo’lishi va faxm bilan aloqador harakatlar qila olishini 
bilishda juda katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Odamsimon maymunlar ko’plab faxm bilan aloqador harakatlar qila 
olishda boshqa hayvonlar ichida alohida o’rinda turadi. Masalan, odamsimon 
maymunlarning bir turi primatlar boshqa sut emizuvchi hayvonlarga qaraganda 
faqat ovqat manbalarinigina emas, balki hamma turdagi narsalarni timirskilab, 
tekshirib ko’rishga juda ustadir. Bunday qiziqishni I.P.Pavlov «sabotli»,
«beg’araz qiziquvchanlik», «sinchkovlik impulsi» deb atagan edi. 
Maymundagi ana shu xususiyat, buning ustiga ularda ko’zning yuksak 
darajada taraqqiy qilganligi ularning idrok doiralarini beqiyos ravishda 
kengaytiradi, tajriba boyliklarini nihoyada oshirib yuboradi va ko’nikmalarning 
tarkib topishida, murakkab harakat shakllarining vujudga kelishida boshqa 
hayvonlarga qaraganda unga keng imkoniyatlar yaratadi.
Boshqa hayvonlarga qaraganda maymunlarda tekshirish refleksining 
kuchliligi ulardagi qo’l tipidagi oyokning mavjudligidir. Chunki ular «qo’l» 
yordamida tevarak-atrofdagi narsalar bilan juda murakkab munosabatlarga 
kirishish imkoniyatiga egadir. Shuning uchun ularda boshqa hayvonlarda 
bo’lmagan vaqtli bog’lanishlar ko’plab xosil bo’ladi. 
Hayvonlar ham o’zaro munosabatda bo’ladilar va bir-birini tushunadilar. 
Hatto ganglioz nerv sistemasiga ega bo’lgan hayvonlar ham katta-katta galaga 
uyushib hayot kechiradi.
Chumolilarning tili yanada murakkabdir. Olimlarning o’tkazgan 
tadqiqotlaridan ma’lum bo’lishicha, chumolilar bir-birini juda yaxshi tushunar 
ekan. Bunda ular topgan o’ljasi, xavf-xatar va boshqa ko’p extiyojlari haqida 
bir-birini xabardor qiladi.
Xo’sh, ular qanday qilib gaplashadi? Ko’pchilik olimlar chumolilarning 
o’zaro aloqa qiladigan asosiy tili – kimyoviy til bo’lsa kerak, deyishadi.
Chumolilar kaysi tomonga yurishini, xavf-xatarni va boshqa signallarni hidli 
modda chiqarish bilan ma’lum qiladi. Kimyoviy signallar chumolilarning bir-
biri bilan aloqa qilish yo’llaridan biri xolos. Umuman olganda, bu 
xashoratlarning «nutqi va aloqa vositalari xilma-xil». 
Ganlioz nerv sistemasiga ega bo’lgan hayvonlarning turli qiyofada 
turishlari, tovush signallari, hid tarqatishlari, har xil usulda suykalishlari ularda 
til vazifasini o’taydi.


146 
Xasharotlarning tudadagi yalpi hatti-harakatlari maqsadga muvofiqligi va 
uyg’unligi bilan kuzatuvchini hayratda qoldiradi. Lekin ularning bu harakatlari 
negizida axborot oluvchi hayvonlarning bir xildagi reaksiyalari yotadi. Ularning 
reaksiyalarida zarracha ham anglash, axborotlarni qayta ishlash hollalarini 
mutlaqo uchratmaymiz.
Hayvonlar tili qanchalik murakkab va xilma-xil bo’lmasin, ular bir-birini 
qanchalik yaxshi tushunmasin, hayvonlar «tili» da bitta eng muhim narsa 
yetishmaydi, u ham bo’lsa hayvonlar tili tajriba almashish va o’z tajribasini 
keyingi avlodga meros qilib berish vositasi bo’la olmaydi. Ana shunisi bilan 
hayvonlar tili insonlar tilidan tubdan farq qiladi.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, psixikaning taraqqiyoti nerv 
sistemasining taraqqiyoti bilan chambarchas bog’liq ekan. Odamning nerv 
sistemasi esa bosh miya va uning qobiq qismi shakllanganligi bilan belgilanadi 
va unda psixikaning eng yuksak ko’rinishi – ongning paydo bo’lganligini 
ko’rsatadi.

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling