"psixologiya"
– guruh uchun tarqatma material
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
1– guruh uchun tarqatma material.
Seskanuvchanlik va sezuvchanlik haqida Inson psixikasining paydo bo’lishi va rivojlanishi masalasi tadqiqotchilar oldida turgan eng dolzarb va murakkab masalalardan biridir. Organik va anorganik materiya doimo harakatda, o’zgarishda va rivojlanishda bo’ladi. Hayvonlar psixikasining taraqqiyoti masalasi bilan atoqli rus psixologi A.I.Leontyev, zoopsixologlar K.E.Fabri va A.I.Seversov shug’ullanganlar. K.E.Fabri eng sodda hayvonlar psixikasi taraqqiyotini ikki bosqichga – quyi va yuqori bosqichga bo’ladi. Psixik taraqqiyotning quyi bosqichi bir xo’jayrali, qisman ko’p xo’jayrali hayvonlarga xos bo’lib, bu bosqichda psixika primitiv holatda bo’ladi va hayvon tashqi ta’sirlarga sekanuvchanlik bilangina javob beradi. O’simlik va hayvon shaklidagi barcha tirik organizmlar o’z evolyutsiyasining hamma bosqichlarida aks ettirishning biologik shakli seskanuvchanlikka ega bo’ladi. Seskanuvchanlik tirik organizmning biologik ta’sirlarga javob berish qobiliyatidir. 143 Oddiy seskanuvchanlikni bir xo’jayrali hayvonlarda ham ko’rish mumkin. Ular muhitning ta’siriga harakatlanish bilan javob beradilar. Biologik ta’sirlarga organizmning o’ziga xos harakatlari bilan javob berish usuliga tropizm yoki taksis deyiladi. Tropizmning bir qancha turi farq kilinadi. Buni quyidagi jadvaldan ko’rish mumkin: Tropizm turlari Fototropizm Tapotropizm Termopropizm Geleotropizm Xemotropizm Barotropizm Gidrotropizm Ko’pxo’jayrali hayvonlarda qo’zg’aluvchanlikning yangi shakli – sezuvchanlik mavjuddir. A. N. Leontyevning gipotezasiga ko’ra sezuvchanlik genetik jihatdan olganda seskanuvchanlikning o’zidir. U ham muhitning tashqi ta’sirlariga javob berish asosida vujudga keladi. Faqat sezuvchanlik seskanuvchanlikka nisbatan yuqoriroq bosqichdir. K.E.Fabri fikricha, psixik taraqqiyotning ikkinchi bosqichi ko’p xo’jayrali hayvonlarga xosdir. Ko’p xo’jayrali hayvonlarda aks ettirish bir muncha yuqori bo’ladi. Bunday hayvonlarga kavakichlilar (gidra, meduza) ni kiritish mumkin. Ular ham bir xo’jayrali hayvonlar kabi suvda yashaydi. Lekin kavakichlilar o’zining tuzilishi jihatdan bir xo’jayrali hayvonlardan ancha murakkabdir. Ularning murakkabligi xo’jayralarning bir-biridan farq qilganligidadir: tanasining tashqi qismidagi xo’jayralar qoplagich, ichki xo’jayralar esa xazm qiluvchi bo’ladi. Evalyusiya zanjirining yuqoriroq pog’onasida turgan ko’p xo’jayrali hayvonlarda tana tuzulishi ham ancha murakkablashadi, yer sharoitiga mos o’zgarishlar yuz beradi, turli taassurotlarni aks ettiradigan sezgi organlari vujudga keladi, aks ettirish ham murakkablashadi. Tugunli nerv sistemasiga ega bo’lgan hayvonlarda aks ettirish faqat shartsiz reflekslar orqaligina bo’lmaydi, balki hayot davomida ta’sirlanishning tug’ma turiga nisbatan ancha yangi, serharakat shakli – shartli reflekslar xosil bo’ladi. Tugunsimon nerv sistemasining murakkabroq shakllari atrofni aks ettirish imkoniyatini oshiradi. Ancha murakkab tugunsimon nerv sistemasiga ega bo’lganlardan o’rgimchaksimonlar va xashoratlarni olish mumkin. Ularning organizmi ancha murakkab tuzilishga ega. Hayvonlarning evolyutsiyasi natijasida ularning reseptorida ajralish (spesializasiya) yuz bera boshlaydi. Masalan, qisqichbaqaning uzun mo’ylovi – tuyg’u organi, kaltalari hid biluvchi organlardir. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling