"psixologiya"


– guruh uchun tarqatma material


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/175
Sana17.11.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1782737
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   175
Bog'liq
psixologiya

 
4– guruh uchun tarqatma material.
Inson psixikasi va hayvon psixikasining farqlari. Ongning sifatlari 
Inson psixikasi hayvon psixikasidan o’zining quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi: 
1. Inson o’zi anglagan zaruratga ko’ra ongli hatti-harakat qilish qobiliyatiga ega.
2. Odamning hayvondan ikkinchi farqi uning qurollarni yaratishga va saqlashga 
layoqatli ekanligidir. Hayvonlar ham qurol yasashi mumkin, lekin ular qurolni 
odamlar singari birgalashib, jamoa bo’lib yasashmaydi.
3. Inson psixik faoliyatining ajralib turadigan uchinchi belgisi ijtimoiy tajribaning 
biridan ikkinchisiga o’tkazilib turishidir.
4. His-tuyg’ulardagi tafovut hayvon bilan inson o’rtasidagi to’rtinchi juda muhim 
tafovut bo’lib hisoblanadi. His-tuyg’u ikkisida ham bor. Faqat inson boshqa 
kishining g’am-g’ussasini va quvonchini birgalikda baham ko’ra oladi, faqat 
odamgina tabiat manzaralaridan zavqlanadi.
5. Inson psixikasining hayvon psixikasidan eng muhim farqi ularning rivojlanish 
shart-sharoitlarida ko’rinadi. Agar hayvonlar psixakasining o’sishi biologik 
qonunlar asosida ruy bersa. Inson tajribani o’zlashtirmasdan, o’ziga o’xshaganlar 
bilan muloqotda bo’lmasdan turib uning ongi rivojlanmaydi. Masalan, Amola va 
Kamola. Shunday ekan, inson ijtimoiy munosabatlar maxsulidir.  
Ongning mohiyatini to’g’ri tushunish uchun uning tuzilishini ko’rib chiqish 
lozim. Ong quyidagi to’rt muhim psixologik xarakteristika bilan aniqlanadi.


148 
I. Ongning birinchi xarakteristikasi uning nomida aks ettirilgan: ong, anglash.
Inson ongi tevarak-atrof, tashqi va insonning o’zining ichki dunyosiga oid bilimlar 
to’plami, yig’indisidan iboratdir. Agar inson tashqi olam va o’zi ichki dunyosi 
xaqida bilimlarni o’zlashtirish va anglashdek muhim xususiyatdan mahrum 
bo’lganda, unda Hech qanday bilim va ong shakllanmagan bo’lar edi. Bizning 
bilimlarimiz ongning birlamchi asosini tashkil qiladi. Bilimlar turli psixik jarayonlar 
( sezgi, idrok, diqqat va h. k. orqali o’zlashtiriladi, xotirada saqlanadi, tafakkur 
jarayonida tahlil qilinadi) yordamida o’zlashtiriladi va boyitib boriladi. Bilish 
jarayonlaridan birining bo’zilishi, kasallanishi ongning bo’zilishiga olib keladi.
II. Ongning ikkinchi xarakteristikasi - unda subyekt va obyekt o’rtasidagi farq o’z 
ifodasini topadi. Boshqacha qilib aytganda inson o’zini boshqalardan va tashqi 
olamdan farqlaydi, unda "men" va "men emas" tushunchasi mavjud. Odam organik 
olam tarixida birinchi marta undan ajralib chiqdi va o’zini tashqi olam, tevarak-
atrofdagi muhitga qarshi qo’ydi. Bunday xususiyatning paydo bo’lishining natijasi 
insonning o’z-o’zini bilishi va o’zligini anglashida, o’z-o’zini baholashida aks etadi.
Insongina o’zining tashqi olamdan, predmetlardan, boshqa kishilardan farqini,
ustunligi va kamchiliklarini anglay oladi. Shunday anglash va taqqoslash kishining 
shaxs sifatida rivojlanishining asosini tashkil qiladi. Nafaqat alohida shaxsning,
balki millatning, xalqning rivojlanishi ham uning o’zligini anglashi bilan bog’liq.
III. Ongning uchinchi xarakteristikasi - maqsad qo’yish va maqsadga yo’nalganlik 
bilan belgilanadi. Har qanday faoliyat maqsadini aniqlash ongning funksiyasi. Har 
qanday faoliyatni amalga oshirishda maqsad qo’yiladi, faoliyat motivlari yuzaga 
keladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi, harakatlarni bajarish yo’llari ishlab chiqiladi 
va sharoitni hisobga olgan holda zaruriy to’zatishlar kiritib boriladi. Ma’lum 
sabablar ta’sirida maqsad ko’zlash yoki uni boshqarish, koordinasiya qilishdagi 
bo’zilishlar ongning bo’zilishiga olib keladi.
IV. Ongning to’rtinchi xarakteristikasi - unda odamning ma’lum munosabatlari aks 
etishida. Inson o’z atrofida bo’layotgan voqyealarga, obyektiv borliqqa, o’z 
faoliyati va uning natijalariga adekvat munosabatda bo’ladi. Bu munosabat uning 
his-tuyg’ularida nomoyon bo’ladi. His-tuyg’ular va munosabatlarning o’zgarishi,
noadekvatligi ongning bo’zilishidan darak beradi.
Til, o’zaro munosabatlar, faoliyat ongning yuqorida ko’rsatilgan barcha 
sifatlarining tarkib topishining zaruriy sharoiti hisoblanadi.

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling