"psixologiya"
– guruh uchun tarqatma material
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
3– guruh uchun tarqatma material.
Psixikaning nerv-fiziologik asoslari. Nerv sistemasi tuzilishining umumiy plani barcha o’murtqalilarda bir xildir. Uning asosiy elementlari nerv xo’jayralari yoki neyronlar bo’lib, ularning vazifasi qo’zgatishdan iboratdir. Markaziy nerv sistemasi ikki qismdan - bosh miya va orqa miyadan tashkil topgan. Bosh miyaning yuqori qismi olti qavat neyronlar (10 milliardga yaqin) bilan qoplangan hamda po’stloq deb ataladigan katta yarim sharlarni hosil qiladi. Po’stloq psixik faoliyatning eng muhim organidir. Yarim sharlardan pastroqda, ensa qismida miyacha joylashgan bo’lib, uning funksiyalari hali yetarlicha o’rganilmagan. Katta yarim sharlarga miya naychasi kelib taqaladi. Naychaning yuqori qismi - talamus orqa miyadan katta yarim sharlarga boradigan barcha nerv yo’llari uchun «oraliq stansiyasi» vazifasini bajaradi. Naychaning pastki qismi - gipotalamus suv almashinuvini, ovqatlanish e’tiyojini va organizmning boshqa funksiyalarini boshqarib turadigan markazlardan tarkib topgandir. Markaziy nerv sistemasining tilga olingan barcha qismlari murakkab tuzilishga ega bo’lib, uni o’rganish va ta’riflash bilan anatomiya va gistologiya shug’ullanadi. Hozirgi zamon fanida mavjud tasavvurlarga qaraganda, orqa miya va miya naychasi reflektor faoliyatining asosan tug’ma (shartsiz reflekslar) hisoblangan shakllarni amalga oshiradi, katta yarim sharlarning qobig’i esa hayot kechirish jarayonida orttiriladigan va psixika tomonidan boshqariladigan xulq-atvor shakllari organi hisoblanadi. Tananing har bir sezuvchi a’zosi va har bir harakat a’zosi miyada o’zining xususiy markazlariga egadir. Ko’plab tajribalar hayvonlarda o’tkazildi. Biroq, odamga kelganda shuni aytish kerakki, sog’lom kishilarning miyasida jarrohlik bilan bog’lik bironta ham eksperiment o’tkazilmaydi, albatta. Inson katta yarim sharlar qobig’ining anchagina qismini qo’l barmoqlari, ayniqsa uning odamdagi boshqa barcha barmoqlarga qarama-qarshi qo’yilgan bosh barmoq faoliyati bilan bog’liq 147 hujayralar, shuningdek nutq organlari - lab va til mushaklari funksiyasi bilan bog’liq hujayralar egallaydi. Shunday qilib, odam miyasining katta yarim shari qobig’ida mehnatda va muomalada asosiy funksiyani bajaradigan harakat a’zolari ancha ko’p joylashgandir. Hozirgi paytda mamlakatimizda va chet ellarda olib borilayotgan tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, oliy nerv faoliyatining umumiy qonuniyatlari hayvonlarning faol hatti-harakatida namoyon bo’ladi. Miya naychalarini elektr yordamida qo’zg’atish bilan bir qatorda unda eksperiment o’tkazuvchining aralashuvisiz, beixtiyor ravishda hosil bo’ladigan biotoklarni yozib olish metodi ham qo’llaniladi. Bu tajribalar miyaning elektr aktivligi bir xil emasligini ko’rsatdi. Biotoklar yozuvining xarakteriga qarab odamning psixik holatidagi o’zgarishlar haqida xulosa chiqarish mumkin. Miyada hosil bo’ladigan to’lqinlar turli chastotadagi elektromagnit tebranishlariga o’xshaydi. Ularning eng sekinlari kishi tinch-osoyishta paytida, ko’zlarini yumib o’tirgan, betoqat bo’lmasdan va diqqat-e’tibori bo’shashgan holatida kuzatiladi. Lekin bunday holatda bo’lgan kishi biron-bir topshiriq berilsa bormi, uning biotoklari darhol o’zgara boshlaydi va unda to’lqinlar tezligi ancha oshganligini ko’rsatadigan izlar paydo bo’ladi. Miyada elektro-ensefalogramma ko’rinishidagi kuchaytirgich yordamida yozib olish mumkin bo’lgan elektr toklari paydo bo’lishining kashf etilishi psixologlar uchun ahamiyatli. Odamdagi psixik jarayonlarning miyaga oid mexanizmlari bilan hayvonlar psixikasi mexanizmlari o’rtasida o’xshashlik bo’lishiga qaramay, odam bilan hayvonning psixik faoliyati o’rtasidagi tafovutlar faqat miqdor xarakterga emas, balki sifat xarakteriga ham egadir. Odamning psixik hayotida katta yarim sharlar qobig’i sirtining 30% ni egallaydigan peshona qismlari alohida rol o’ynaydi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling