Psixologiyaliq konfliktologiya uzb
Download 169.41 Kb. Pdf ko'rish
|
Psixologiyaliq konfliktologiya uzb
Nazorat savollari
1. Konfliktning oldini olish usullari qanday? 2. Konfliktda profilaktik faoliyat turlari? 3. Shaxsiy konfliktlar muommasi haqida gapirib Bering. 3. Hozirgi zamon menejmenti muammolari. Mavzuni chuqur o`rganish uchun manbalar 1. Antsupov A. Ya., Shipilov A. I. Konfliktologiya: Uchebnik dlya vuzov. - M.: YuNITI, 1999. - Razd. I, III. 2. Zdravomislov A. G. Sotsiologiya konflikta.M.: Aspekt Progress, 1996. - Gl. I, II, III. 3. Konfliktologiya / Pod red. A. S. Karmina. — SPb.: Lan`, 1999. — Gl.1. 7-ma`ruza Mavzu: Konfliktlarni bartaraf etish Reja: 1. Konfliktdan chiqish taktikasi 2. Konfliktning oldini olishning yo`nalishlari 3. Konfliktni hal etishning universal vositalari Tayanch tushunchalar: Konfliktdan chiqish taktikasi, konfliktning oldini olishning yo`nalishlari, konfliktni hal etishning universal vositalari haqidakonfliktni bartaraf etish yo`llari haqida. 7.1.Konfliktdan chiqish taktikasi Buni nimadan boshlash kerak? Buni konfliktning sababini aniqlashdan boshlaymiz. Bu erda muammo nimada, bu erda muammo aniq sabablarning tezda o`zgarib ketishi, ya`ni konflikt chiqaruvchini yomon tarafdan ko`rsatishi mumkin. Shu bilan bir qatorda cho`zilib ketgan konflikt yangidan-yangi qatnashchilarni o`z domiga tortadi, ularning qarama-qarshi qarashlarining qatori kengaya boradi va bu erda ob`ektiv tarzda asosiy sababni aniqlashtirishga qiyinchilik tug`diradi. Konfliktlarning echimini topishda tajribalar shuni ko`rsatadiki, bu erda konflikt formulalarini bilish kata yordam beradi. Konfliktning birinchi formulasi. Konfliktli holat + Intsident = Konflikt Ijtimoiylashuv eng avvalo odamlar o`rtasidagi muloqot va hamkorlikda turli faoliyatni amalga oshirish jarayonini nazarda tutadi. Tashqaridan shaxsga ko`rsatilayotgan ta`sir oddiy, 20 mexanik tarzda o`zlashtirilmay, u har bir shaxsning ichki ruhiyati, dunyoni aks ettirish xususiyatlari nuqtai nazaridan turlicha sub`ektiv tarzda idroq etiladi. Shuning uchun ham bir hil ijtimoiy muhit va bir xil ta`sirlar odamlar tomonidan turlicha harakatlarni keltirib chiqaradi. Masalan, 10-15 ta o`quvchidan iborat akademik litsey o`quvchilarini olaylik. Ularning bilimni, ilmiy idroq qilishlari, ulardan ota – onalarining kutishlari, o`qituvchilarning berayotgan darslari va unda etkazilayotgan ma`lumotlar, manbalar va boshqa qator omillar bir hilday. Lekin biribir ana shu 15 o`quvchining har biri shu ta`sirlarni o`zicha, o`ziga xrs tarzda qabul qiladi va bu ularning ishdagi yutuqlari, o`quv ko`rsatgichlari va iqtidorida aks etadi. Bu o`sha biz yuqorida ta`qidlagan ijtimoiylashuv va individualizatsiya jarayonlarining o`zaro bog`liq va o`zaro qarama- qarshi jarayonlar ekanligidan darak beradi. Ijtimoiylashuv jarayonlarining ro`y beradigan shart – sharoitlarini ijtimoiy institutlar deb ataymiz. Bunday institutlarda oiladan boshlab, mahalla, rasmiy davlat muassasalari (bog`cha, maktab, maxsus ta`lim o`choqlari, oliygohlar, mehnat jamoalari) hamda norasmiy uyushmalar, nodavlat tashkilotlari kiradi. Download 169.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling