Psixologiyaning tadqiqot metodlari Kuzatish metodi


Biografiya (tarjimai hol) metodi


Download 81.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana21.11.2023
Hajmi81.15 Kb.
#1791601
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Psixologiyaning tadqiqot metodlari

Biografiya (tarjimai hol) metodi. Inson psixikasini tadqiq etish uchun uning 
hayoti, faoliyati, ijodiyoti to’g’risidagi og’zaki va yozma ma’lumotlar muhim 
ahamiyatga ega. Bu borada kishilarning tarjimai holi, kundaligi, xatlari, esdaliklari, 
o’zgalar ijodiga bergan baholari, tanbehlari, taqrizlari alohida o’rin egallaydi. Shu 
bilan birga o’zgalar tomonidan to’plangan tarjimai hol haqidagi materiallar: 
esdaliklari, uzgalar ijodiga bergan baholari, tanbehlari, taqrizlari alohida o’rin 
egallaydi. Shu bilan birga o’zgalar tomonidan to’plangan tarjimai hol haqidagi 
materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar,tavsiflar, baholar, magnitafon ovozlari, 
fotolavhalar, hujjatli filьmlar, taqrizlar, o’rganilayotgan shaxsnito’laroq tasavvur 
etishga xizmat qiladi. 
Tarjimai hol ma’lumotlari inson psixikasidagi o’zgarishlarni kuzatishda, 
uning suhbat va tajriba metodlari bilan o’rganib bo’lmaydigan jihatlarni ochishga 
yordam beradi. Masalan, mazkur ma’lumotlartorqali ijodiy hayol bilan bog’liq 
jarayonlar: sheriat, musiqa, nafosat, tasviriy san’at, texnik ijodiyotning nozik 
turlari va kashfiyotdagi tafakkurning o’ziga xosligini, shaxsning ma’naviyat, 
qadriyat, qobliyati, iqtidor, iste’dod singari fazilatlarni o’rganish mumkin. Inson 
ongining hissasi, namoyon bo’lishi, rivojlanishi, o’ziga xos va ijtimoiy 
xususiyatlari atoqli odamlar bildirgan mulohazalarda o’z ifodasini topadi. 
Allomalar to’g’risidagi ma’ldumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining 
ta’rifu tavsiflari orqali avloddan avlodga o’tadi.
Biografik ma’lumotlar odamlarning o’zini o’zi tarbiyalashi, nazorat qilishi, 
iroda etishi, o’zining uslubini yaratishi, kamolot cho’qqisiga erishishi jarayonida 
na’muna vazifasini o’taydi.
Anketa metodi. Umumiy psixologiya fanida eng qo’llaniladigan metodlardan 
biridir. Uning yordamida turli yoshdagi va kasbdagi odamlarning psixologik 
xususiyatlarini, narsa va hodisalarga munosabati o’rganiladi. 
Anketa, odatda, uch xil tuziladi. Ularning birinchi xili anglashilgan 
mottivlarni aniqlashga mo’ljallangan savollarni aniqlashga mo’ljallangan 
savollardan tuziladi. Ikkinsi hilida xar bir savolning bir nechtadan tayyor javoblari 
beriladi. Uchinchi xil anketada sinaluvchiga yozilgan to’g’ri javoblarni ballar bilan 
baholash tavsiya etiladi va shakalali anketa deb ataladi. Anketadan turli yoshdagi 
va kasbdagi odamlarning layoqatlarin, muayyan sohaga qiziqishlari va 
qobiliyatilarini, o’ziga, tengdoshlariga, hamkasblariga, katta va kichiklarga 
munosabatlarinitaniqlash maqsadida keng ko’lamda foydalaniladi. Tarqatilgan 
anketalar yig’ishtiriladi va elektron hisoblash mashinalarida hisoblab chiqiladi
atroflicha miqdoriy tahlil qilinadi, so’ngra tadqiqotga yakun yaasalib, ilmiy va 
amaliy yo’zsinda xulosalar chiqariladi. Anketa metodi inson psixologiyasini 


o’rganish uchun boy material to’plash imkonini beradi. Lekin unda olinadigan 
ma’lumotlar doimo zolisona xususiyatiga ega bo’lavermaydi.

Download 81.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling