Psixologiyaning tadqiqot metodlari Kuzatish metodi


Laboratoriya (kolinika) metodi


Download 81.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana21.11.2023
Hajmi81.15 Kb.
#1791601
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Psixologiyaning tadqiqot metodlari

Laboratoriya (kolinika) metodi. Ko’pincha individual (goho guruh va 
jamoa) shaklida sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asboblar, yo’l-
yo’riqlar, tavsiyalar, ko’rsatma va ilovalardan foydalanadigan asboblar, murakkab 
elektron hisoblash mashinalari (displey)lar, qurilmalar, moslama va jihozlar 
mavjud. Ko’pincha detektorlar, elektron va radio o’lchagichlar sekundamir, 
refleksometr, xronarefleksometr, lyuksmetr, anomatoskob, taxistoskop, audiometr, 
eksesteziometr, 
elektromognograma, 
elektroensefalogramma 
kabilardan 
foydalaniladi.
Laboratoriya metodi yordami bilan diqqatning sifatlari, sezgi, idrok, xotira va 
tafakkurning xususiyatlari, emotsional hamda irodaviy va aqliy zo’riqish singari 
murakkab psixik holatlartekshiriladi. Ko’pincha laboratoriya sharoitida kishilar 
(uchuvchi, shavyor, operator, elektronchilar) va kutilmagan tasodifiy vaziyatlari 
(halokat, portlash, izdan chiqish, shovqin ko’tarilishi)ning modellari yaratiladi. 
Asboblarning ko’rsatilishi bo’yicha o’zgarishlar, rivojlanish dinamikasi, jismoniy 
va aqliy toliqish, emotsional irodaviy, asabiy zo’riqish, jiddiylik, tanglik qanday 
sodir bo’layotganligini ifodaviy ma’lumotlar olinadi.
Tajriba (eksperiment) aniqlovchi, tarkib toptiruvchi (tarbiyalovchi) va 
tekshirish (nazorat) qismlarga bo’linadi. Eksperimentning aniqlovchi qismida 
psixik xususiyat, jarayon yoki holat, o’yin, mehnat, o’qish kabi faoliyatlar tadqiq 
qilinadi. Tadqiqot ob’ektining aynan shu paytdagi holati, imkoniyati aniqlanadi
lekin tekshiruvchi sinaluvchiga sub’ektiv taxsir o’tkazmaydi. Shu pallada 
sinaluvchiga, xatto yo’lovchi savollar ham bermaslik eksperimentningg prinsipi 
hisoblanadi.
Tarkib 
toptiruvchi 
(shakllantiruvchi) 
eksperimentda 
(tajribada) 
sinaluvchilarda biror fazilatni shakllantirish,shuningdek, ularga maqsadga muvofiq 
muayyan malaka, yo’l yurish va usulni o’rgatish rejalashtiriladi. Eksperiment 
yakka, guruh va jamoa tarzida o’tkazilishi mumkin. Buning uchun tajriba 
materialining hajmi, ko’lami, qancha vaqtga mo’ljallanganligini, nimalar 
o’rgatilishi, sinaluvchilarni qancha vaqtga mo’ljallanganligi, nimalar o’rgatilishi, 
sinaluvchilarni psixologik jihatdan tayyorlash oldindan belgilab qo’yilishi shart. 
Tekshirish yoki nazorat eksperimentida (tajribasida) tarkib toptiruvchi 
(shakllantirauvchi) bosqichda shakllantiruvchi usul, vosita, yo’l-yo’riq, ko’nikma, 
malaka va shaxs fazilatlarining darajasining barqarorligini aniqlash, topshiriqlar 
beriladi. Tekshirish (nazorat) tajribasi orqali tarkib toptiruvchi sinaluvchiga 
mutlaqo yordam berishi mumkin emas, aks holda tadqiqot o’tkazish prinsipi 
buziladi. 
Aniqlovchi, tarkib toptiruvchi va tekshiruvchi (nazorat) tajribalarda yig’ilgan 
ma’lumotlar, miqdorlar matematik statistik metodlardan foydalangan holda ishlab 
(hisoblab) chiqiladi, shuningdek, miqdoriy tahlil o’tqazishga tayyorgarlik ko’riladi. 
Statistik metodlar yordamida insonning bilish jarayonlari (sezgi, idrok, tasavvur


xotira, tafakkur, hayol) bilan uning individual tipologik xususiyatlari o’rtasidagi 
o’zaro bog’liqligi va ta’xsiri (koppelyaksiyasi) bilish jarayonlarining his-tuyg’u 
bilan boshqarilishi, aql-zakovat omillarini tahlil qilish amalga oshiriladi.
Hozir injener psixologlar matematiklar bilan hamkorlikda inson psixikasining 
modelini yaratish ustida tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar, shuningdek, mediklar, 
fiziologlar, kibernetiklar psixikani dasturlashtirishni nihoyasiga etkazmoqdalar. 
Ishlab chiqarishdagi “sun’iy intellektlar”, robotlar, EHMlar ana shu izlanishlarning 
dastlabki samarasi hisoblanadi.

Download 81.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling